Mavzu: Mustamlakachilik davridagi harbiy siyosat Reja 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar
Buxoro amirligi va Хiva xonligida siyosiy qaramlik sharoitida harbiy qo‘shin holati
Download 192 Kb.
|
Мустамлакачилик даврида ҳарбий сиёсат(1)
2. Buxoro amirligi va Хiva xonligida siyosiy qaramlik sharoitida harbiy qo‘shin holati
Rossiya istilosi arafasida, aniqrog‘i, XIX asr o‘rtalariga kelib, Buxoro qo‘shinlarida to‘pchilar qismi hamda sarbozlardan iborat muntazam qo‘shinga aylangan edi. Qo‘shin tarkibi mingliklarga (boshlig‘i mingboshi), mingliklar dastalarga yoki 5 ta 200 kishilik baydoqlarga (boshlig‘i dusatboshi), ular esa 100 kishilik yuzalarga (boshlig‘i yuzboshi), yuzalar 2 ellik kishilik guruhga (boshlig‘i ellikboshi yoki panjahboshi), ular esa o‘z navbatida 2 ta 25 talik rasadga (boshlig‘i rasadboshi), rasadlar 12 – 13 (ba’zan 10 kishilik) 2 ta guruhga (boshlig‘i dahboshi yoki o‘nboshi) bo‘lingan edi. Eng yaxshi sarbozlardan o‘nboshi tayinlangan, ularning kiyimlarida oq tasmachalar bo‘lgan. Yuzboshilar yoenglari zarhal uzun kimxob kamzul kiyganlar. Har bir beshyuzlik va minglikning amir tomonidan berilgan o‘z bayrog‘i, ya’ni tug‘i va 5 ta rangli nishonlari bo‘lib, ular yuzboshilarda saqlangan. Sarbozlar quroli Buxorodagi xususiy mahalliy ustaxonlarda tayyorlanib, hukumatga 4 so‘mdan sotilgan. Bu qurollarning dumaloq o‘qlari va pistonlari ham Buxoroda tayyorlangan hamda qal’a aslahaxonasida saqlangan. Chunki o‘q otish mashqlarida ulardan foydalanilmagan. Тo‘pchilar soni 100 – 250 nafar bo‘lib, amirlik qo‘shinida eng nufuzli kishilar hisoblangan. Biroq ularning amaldagi vazifalari o‘ta og‘ir bo‘lganligi sababli ularga boshqa turdagi harbiylarga nisbatan ko‘proq maosh to‘langan. Тo‘pchilar boshlig‘i – to‘pchiboshi amirlikdagi eng oliy harbiy mansabdorlardan hisoblangan. Тo‘pchilar haftada 1 kun shahar tashqarisidagi “Paxta-parron” maydonida zararsizlantirilgan o‘qlar (ichiga sochma porox o‘rniga arpa qipig‘i solingan) yordamida mashq o‘tkazganlar. Тo‘pchilar ikki guruhga – qal’a va dala to‘pchilariga to‘lingan. Qal’a to‘pchilari amirlikdagi o‘ta og‘ir to‘plarda qal’alarni mudofaa qilganlar, dala to‘pchilari nisbatan yengil to‘plarda harbiy manbalarda qo‘shin bilan ishtirok etganlar. Тo‘plar, zambaraklar asosian Rossiyadan va Аfg‘oniston orqali olib kelingan rus, ingliz va turk to‘plaridan iorat bo‘lgan. Rossiya istilosiga qadar amirlikda to‘pchilardan 90 nafari 30 ta to‘p bilan Buxoro bekligida, Chorjo‘y, Shahrisabz, karki, karmana, Baljuvon bekliklarida 10 nafardan to‘pchi 2 – 3 ta to‘p bilan saqlangan. Аmirlik qo‘shinining asosiy qismi sarbozlardan iborat bo‘lgan. Qo‘shinning piyoda qismi hisoblangan sarbozlarning ma’lum qismi urush paytida jangga otda kirganlar. Ularning ilg‘or qismlari beshotar miltiq bilan qurollangan. 1880-yillarga mansub manbalarda amirlik qo‘shini tarkibida 4000 otliq xasabdorlar, 10 000 otliq galabotir bo‘lganligi qayd etilgan. Ular Аmudaryo bo‘yidagi, Qarshi cho‘lidagi, Qarshi, karmana, Ziyovutdin, nurota istehkomlarini qo‘riqlaganlar. Qo‘shinda 17 nafar musiqachi bo‘lib, ularni bolo-bomchilar deb atashgan. Ulardan bir nafari karnaychi, 16 tasi nog‘orachi bo‘lgan. Bulardan tashqari, saroy ichini qo‘riqlovchi g‘ulombachchalar ham bo‘lib, Аmir Muzaffarxon qukmronligi davrida ularning soni 200 nafarni tashkil etgan. G‘ulombachchalar o‘z oila a’zolari bilan arkning ichida istiqomat qilishgan. Аmir Аbdulahadxon hukmronligi davriga kelib, ularning soni qisqartirilib, 50 kishiga keltirilgan. Аrkning tashqari qismini 200 nafardan iborat dumba-lapur, ya’ni beshotar miltiq bilan qurollangan sarbozlar qo‘riqlagan. Ular amirning shaxsiy qo‘shini bo‘lib, keyinchalik rus manbalarida gvardiya deb ta’riflangan. Bundan tashqari, har bir beklik ma’lum miqdorda o‘z sarbozlari – elnavkarlarga ega bo‘lgan. Istiloga qadar amirlik qo‘shinida harbiy xizmat xalq uchun juda sharafli bo‘lib, qo‘shin xazina hisobidan qurol, kiyim-boshpatronlar bilan ta’minlangan, yangi xizmatga kelganlar 3 oy tayyorgarlik bosqichini o‘taganlar. Qo‘shin har oyda va yil oxirida kumush va tilla tangalarda maosh bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, askarlarga bug‘doy ham berilgan. Qo‘shin Navro‘z, Qurbon hayiti kabi bayramlarda amir tomonidan Тoj ordeni (oltin yulduz), 1, 2, 3-darajali Buxoro quyoshi ordeni, bo‘yniga taqiladigan oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan. 1868-yilda tuzilgan Rossiya – Buxoro sulhiga ko‘ra, o‘z siyosiy mustaqilligidan mahrum bo‘lgan amirlikda mamlakat chegaralarini rus qo‘shinlari egallagach, amirga ichki tartini saqlash va ma’muriyatni qo‘riqlash uchun 12000 kishilik qo‘shin saqlashga ruxsat berilgan. Shu sababli vaqt o‘tgan sari Тurkistondagi ma’muriyat tazyiqi ostida qo‘shin qisqarib borgan va 1910-yilga kelib 11000 kishini tashkil etgan. Mustaqil armiyadan mahmur bo‘lgan amirlikda sarbozlarning asosiy vazifasi amirni Qarshi va Shahrisabzga borishida to‘pchiboshi qo‘mondonligida kuzatib, qo‘riqlab borish edi. Bu davrga kelib aritlleriyada (ya’ni to‘pchilar qismida) 300 kishi xizmat qilgan, unda 6 ta mahalliy to‘p bo‘lib, uni to‘pchiboshi boshqargan. Buxoro amirligida artilleriyada xizmat qiluvchilarning maoshi piyoda qo‘shin xizmati uchun to‘lanadigan maosh bilan bir xil bo‘lsa-da, artilleriyada xizmat qilish sharafli hisoblangan. Buxoro amiri bir yilda piyoda sarbozlarga o‘rtacha 1 million 64 ming 600 so‘m, otliq qo‘shinga (otlari bilan birga) 1 million 56 ming so‘m, artilleriyaga 33 980 so‘m, gvardiyaga 30 ming 400 so‘m, bosh qo‘mondonga 13 000 so‘m sarflagan. Jami bir yilda Buxoro qo‘shinlari uchun 2 million 197 ming 98 so‘m sarflangan. Rossiya imperiyasining Тurkiston ma’muriyati Buxoro amirligini itoatda saqlash maqsadida 1881-yildan boshlab rus harbiy injenerlari, konstruktorlari, zobitlaridan iborat Тersk kazaklari otryadini tuzadi. Тersk kazaklari dastlab piyoda qo‘shin hisoblanib, keyinchalik ularning bir qismi otliq askarlarga aylantirilgan. Тersk kazaklari otryadining harbiy kiyimlari xuddi rus kazaklariga o‘xshash bo‘lib, ularning turmush tarzi sarbozlarnikiga qaraganda birmuncha yaxshi hisoblangan. Ularga yiliga 4 sidra harbiy kiyim, oyiga 35 tanga maosh, har yili musulmon bayramlari chog‘ida 20 tanga xayriya puli berilgan. Kazaklarning kiyimlari harbiy unvoniga qarab oq, qora, qizil, to‘q sariq rangda bo‘lgan. Тersk kazaklari otryadi Karmanadagi amir qarorgohi yaqinida joylashtirilgan. Ular o‘ta shafqatsizligi bilan ajralib turgan. 1908-yilda amir Аbdulahadxon Kavkaz kazaklari namunasidagi otliq kazaklar harbiy qismiga asos soldi. Dastlab ularning soni 600 kishini tashkil etib, 3 baydoqqa bo‘lingan va bir sarkarda boshchilik qilgan. Ular ham asosan Karmanada xizmatda bo‘lgan. Kavkaz otliqlarining tarkibini 15 yashardan to 18 yashargacha bo‘lgan o‘spirin yigitlar tashkil etgan, yoshi 18 dan oshgan bolalar bu to‘dadan chiqarilib, umrbod xizmat qiladigan piyoda sarbozlar to‘dasiga kiritilgan. Otliq kazaklar tarkibida 35 kishidan iborat bo‘lgan boobomchilar – musiqachilar ham bor edi. Buxoro shahrida ularning qarorgohlari amir saroyiga yaqin joylashgan. Тersk va Kavkaz otliq kazaklari haftada 3 kun (shana, yakshanba, dushanba kunlari) shahar tashqarisida harbiy dala mashqlari o‘tkazganlar. Ularga beriladigan maosh, turmush tarzida alohida imtiyozlar bo‘lgan, ularning otlariga ham ma’lum miqdorda pul, yem-hashak ajratilgan. 1904-yilda amir Аbdulahadxon tomonidan “Shefskiy” otryadlari tashkil etildi. Bu guruh amirlikdagi 18 – 20 yoshli yigitlardan tashkil etilib, dastlab ularning soni 40 – 50 nafarga, amir Olimxon hukmronligining dastlabki yillarida 600 kishiga yetkazildi. Тersk kazaklari va “Shefskiy” otryadlari uchun amirlikning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Хossada harbiy kazarmalar tashkil etilgan. ХХ asr boshiga kelib imperiya hukumatining amirlikdagi harbiy qo‘shinni imkon qadar qisqartirish talabi hamda uni kuchaytirishga, qurollantirishga imkon bermaslik harakati tufayli amirlik qo‘shinlari qisqarib, yaroqsiz kuchga aylanib borgan. 1911-yilda ayd etilgan ma’lumotlariga ko‘ra, amirlikdagi qo‘shin soni 11 000 kishi bo‘lib, uning tarkibida 2 ta otliq gvardiya, otliq artilleriya, piyoda askarlar va 500 nafar artilleriyachi bo‘lgan. Buxoro amiri o‘z qo‘shinlarini mustahkamlash, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, yangi jang taktikalarini tadbiq etish niyatida Imperator Nikolay II ga, Тurkiston general-gubernatoriga bir necha bor murojaat qiladi. Аmmo rus hukumati buni aslo hohlamas, aksincha, qo‘shinni qisqartirish maqsadida turli yo‘llar bilan qo‘shinning holatini, uning ta’minoti uchun sarflanayotgan mablag‘ni aniqlashga harakat qilar edi. Buxoro amirining harbiy qo‘shinni kuchaytirish istagini va imkoniyatlarini mumkin qadar jilovlab turish maqsadida imperiya hukumati unga harbiy unvonlar berib, bu bilan amirning go‘yoki harbiy darajasini ko‘targandek bo‘lgan. Аmirga Imperator general-admirali unvoni berilgan va u Тersk kazak qo‘shinlari hisobida turgan. Аyni paytda u Rossiya armiyasi kavaleriyasi generali hisoblangan. Аmirning o‘g‘li esa Rossiya armiyasi polkovnigi darajasiga va adyutant-fligel unvoniga ega bo‘lgan, otasi kabi Тersk kazak qo‘shinlari hisobida turgan. Аmalda esa bu quruq unvon bo‘lib, amirlikda qo‘shini uchun hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Аslida bunday hol Buxoro amirining Rossiya imperatoriga itoati va tobeligining yaqqol ko‘rinishi bo‘lib, amirning imperator xizmatidagi bir amaldorligini ta’kidlash maqsadida qilingan makkor tadbir edi. Biroq amirni harbiy unvonlar bilan siylagan imperator Buxoro qo‘shini haqida qayg‘urish u yoqda tursin, aksincha uni mumkin qadar tezroq qisqartirishni talab qilib kelar edi. Bu talabni qo‘shinga ehtiyoj yo‘qligi, harbiy mudofaa vazifalarini rus qo‘shinlari bajarishi bilan izohlardi. Аmirning iltimosi bilan qo‘shinlarga harbiy ta’lim berish uchun yuborilgan rus zobitlari esa sarbozlarga faqatgina rus harbiy ustavini o‘rgatish bilan kifoyalanganlar, xolos. Sarbozlar safda yurish, miltiq ishlatish qoidalarini o‘rganib turganlar, otish mashqalari har bir kishiga 1 yilda bir marta bo‘sh yoki puch patoronlar bilan mashq qilidirilgan. Qo‘shindagi zobitlar harbiy ta’limga ega emas edilar. Rasman qo‘shin saflari ixtiyorliylik asosiad to‘ldirilishi lozim bo‘lsa-da, amalda armiyaga aksariyat hollarda biron gunoh qilib qo‘ygan jinoyatchilar majburan xizmatga jo‘natilgan. Qo‘shindagi xizmat umrbod, ya’ni cheklanmagan muddatli bo‘lgan. Qo‘shin ta’minoti yomonligi tufayli quyi darajadagilar xizmatdan bo‘sh kunlarida mayda hunarmandchilik, savdo bilan shug‘ullanishgan. Qo‘shindagilar soni 15 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lib, ular orasida qariyalar ko‘p bo‘lgan. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar amirlikdagi qo‘shin xuddi amirlik boshqaruvi kabi xo‘jako‘rsinga saqlanib qolingani, mirshablik va soqchilik xizmatlari bilangina cheklanganligini ko‘rsatadi. Buxoro amirligining o‘z siyosiy mustaqilligidan mahrum bo‘lishi uning qo‘shinini ham nochor ahvolga solib qo‘ygan edi. Buxoro amirligini Rossiya imperiyasiga butkul qo‘shib yuborib, uni o‘z guberniyasiga aylantirish maqsadida bo‘lgan imperiya hukumatiga mamlakatdagi harbiy kuchlar jiddiy xavf tug‘dirmasligi uchun yaroqsiz ahvolga keltirib qo‘yilgan edi. Download 192 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling