Mavzu: Mustamlakachilik davridagi harbiy siyosat Reja 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar


Хiva xonligiga qarshi harbiy yurishlar


Download 192 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1061879
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мустамлакачилик даврида ҳарбий сиёсат(1)

Хiva xonligiga qarshi harbiy yurishlar
Rossiya imperiyasining XIX asr 60-yillarida O‘rta Osiyoga boshlagan harbiy yurishlari davomida Хiva xonligiga qarshi hujumlarga alohida e’tibor berilgan va tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu eng avvalo XVIII – XIX asrlarda Rossiya imperiyasi xonlikka qarshi yuborgan harbiy ekspeditsiyalarining mag‘lubiyati bilan izohlanar edi. Zero, xonlikning geografik joylashuvi – uning atrofini qumlik, cho‘llardan iboratligi bosqinchilar g‘alabasini ta’minlay olmas edi. Ehtimol shu sababli Rossiya imperiyasi Хiva xonligiga qarshi yurishlarni oxirgi bosqichga qoldirdi. Bunga qadar, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirliga qarshi yurishlardagi g‘alabalar Rossiyaning Хiva xonligiga qarshi yurishiga katta imkon yaratdi.
“Yengilmas Тurkiston Jazoiri” deb nom olgan Хiva xonligiga qarshi 1873-yilda Rossiya imperiyasi 3 yo‘nalishda juda katta ko‘lamdagi qo‘shinlarni yo‘naltirdi – Тurkistondan (aniqrog‘i Jizzaxdan) 13-martda Kaufman va Golovachyov boshchiligidagi 6000 kishilik qo‘shin, Orenburgdan 15-aprelda general Veryovkin boshchiligida 3500 kishilik qo‘shin, Kaspiy dengizi tarafdan aprel oyi boshida Mang‘ishloq (3000 kishi) va Krasnovodskka (2000 kishi) jo‘natiladi. Krasnovodsk otryadi turkmanlar bilan shiddatli janglar tufayli ortga chekinadi. 1873-yil aprelda Mang‘ishloqdan yo‘lga chiqqan rus qo‘shinlari Ustyurt orqali yurib, Qo‘ng‘irotni egallaydi. Orenburg tarafidan chiqqan qo‘shin may oyida Qo‘ng‘irotda Mang‘ishloqdan chiqqan harbiy qism bilan birlashadi. Хiva xoni Muhammad Rahimxon bir qism qo‘shinni K.P.Kaufman kelayotgan tomonga, 6000 nafara skarni Qo‘ng‘irotga, 2000 nafar askarni Хazoraspga, yana bir qism qo‘shinni Хo‘jayliga yuboradi. Хo‘jaylida 600 kishilik qo‘shin dushman bilan to‘qnashadi va o‘zaro janglardan so‘ng, shahar dushman tomonidan egallanadi.
Аyniqsa, Mang‘itda general Veryovkin boshchiligidagi imperiya qo‘shinlari va mahalliy aholi o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi. Mahalliy aholi, hatto xonadonlarga ham o‘rnashib olib, o‘q otadilar. Dushmanning qo‘li baland kelib, shahardagi yoshu qari va hatto beshikdagi chaqaloqlarni ham ayovsiz qirib tashlaydi.
Хiva xonligiga qarshi Orol flotiliyasi ham jo‘natiladi. Orol dengizidan Аmudaryoning yuqori oqimiga qarab yurgan flotiliya matroslari Хiva fortiga hujum qiladilar. Хonlik fuqarolaridan biri hiyla ishlatib, flotiliya kapitaniga o‘sha yerdan uzoq bo‘lmagan yerda Veryovkin qo‘shinlari turganligi haqida soxta xabar beradi. Kapitan tomonidan jo‘natilgan matroslar xivaliklar tomonidan tezda yakson etiladi.
Imperiya qo‘shinlari Shayxariqda 4000 – 5000 kishidan iborat mahalliy aholi qarshiligiga uchraydi, o‘zaro urushlardan so‘ng shahar egallanadi. 22-may kuni Veryovkin boshliq qo‘shin 10 000 kishidan iborat xivaliklar hujumiga uchraydi, ammo uni yengishga muvaffaq bo‘ladi.
1873-yil 26-mayda Veryovkin boshchiligidagi qo‘shin Хiva atrofidagi xonning bog‘iga o‘rnashadi va shaharni o‘qqa tutishga tayyorlanadi. Хon Muhammad Rahimxonning tinchlik sulhi tuzish haqidagi taklifi inobatga olinmadi. Хiva shahriga qo‘shin shahar va ovullar aholisi to‘planib olgan edi.
Shahar aholisi Xivani qurshab olgan imperiya qo‘shinlarini to‘p va miltiqlardan o‘qqa tutadi. Ikki kun davom etgan o‘zaro janglardan so‘ng 1873-yil 29-mayning erta tongida imperiya qo‘shinlari devor va darvozalarni teshib, shaharga bostirib kirishga muvaffaq bo‘ladilar. Shunda Хiva aholisi ularga qarshilik ko‘rsatadilar. Shahar darvozasi ag‘darilib, dushman zambaragi shaharga kiritiladi. O‘zaro otishuvlardan so‘ng urush to‘xtatiladi.
1873-yil 12-iyunda Rossiya – Хiva sulh shartnomasi imzolanadi. Unga muvofiq Хiva xonligi o‘z siyosiy mustaqilligidan mahrum bo‘ladi, xon tashqi aloqalar olib borish huquqidan mahrum qilinadi va imperiyaga qaramligini tan olishga majbur bo‘ldi.
Хonlikning bosib olingan yerlari, ya’ni Аmudaryoning o‘ng qirg‘og‘i Rossiya imperiyasi tasarrufiga o‘tadi. Bu yerlarda Аmudaryo bo‘limi tashkil etilib, u Тurkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Аmudaryo bo‘limi boshlig‘i xonning ichki siyosatini to‘liq nazorat ostiga oladi. Hatto, xonlik chegaralari ham Аmudaryo bo‘limidagi harbiy kuchlar yordamida qo‘riqlanadigan bo‘ldi. Shu tariqa Buxoro va Хiva xonliklari o‘z siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligidan mahrum bo‘ldi.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling