11-mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari
Download 339.74 Kb.
|
11-mavzu. (1)
Eshitildi: ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri prof.S.A. Karimov gapirib, kafedra a’zosi dos. J.Hamdamov o‘quv rejasida ko‘rsatilgan «O‘zbek tili tarixi» faniga doir to‘rt qismdan iborat o‘quv qo‘llanmasining birinchi qismini tayyorlab, 1999 yilda nashr qildirganligini ma’lum qildi. Bu o‘quv qo‘llanmasi kam nusxada (100 dona) chop etilgani sababli o‘sha yildayoq tarqalib ketdi, nodir nashrga aylanib qoldi. Hozir talabalar orasida ushbu o‘quv qo‘llanmasiga ehtiyoj katta. Ularning ehtiyojini qondirish maqsadida muallif qo‘llanmani qaytadan ko‘rib chiqib, o‘zgartirishlar kiritgan, ayrim joylarni yangi materiallar bilan to‘ldirib, uning ikkinchi nashrini tayyorladi. Universitetimiz talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmani qayta nashr etish zarur deb hisoblayman.
Taklifni kafedra a’zolari prof. B.O‘rinboyev, prof. B. Yo‘ldoshev va prof. v/b N. Abdurahmonovlar o‘z chiqishlarida qo‘llab – quvvatladilar. Q a r o r q i l i n d i: 1. J. Hamdamov tomonidan tayyorlangan «O‘zbek tili tarixi» o‘quv qo‘llanmasining qayta ishlangan, to‘ldirilgan nusxasi nashrga tavsiya etilsin; 2. Universitet o‘quv-uslubiy kengashidan ushbu qarorni qo‘llab quvvatlash so‘ralsin. Kafedra mudiri prof. KARIMOV S.A. Kotiba BERDIQULOVA M.X. Har bir tashkilot yoki muassasada, ularning bo‘lim va tarmoqlarida yig‘ilishlar muntazam ravishda bo‘lib turganligi uchun ular tartib raqami bilan rasmiylashtiriladi. Zaruriyat yuzasidan majlis bayonnomasidan ko‘chirmalar berilishi ham mumkin. Ko‘chirma mazmuni ham aynan bayonnomaning o‘zi bo‘ladi. Farqi shundaki, Bayonnoma so‘zi o‘rniga Bayonnomadan ko‘chirma yoziladi. Qaysi masala bo‘yicha ko‘chirma olish lozim bo‘lsa, faqat o‘sha qism olinadi va oxirida ko‘chirmaning asliga to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi. Masalan: Alisher Navoiy nomidagi SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2002 yil 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi bayonnomasidan KO‘CHIRMA II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida. ESHITILDI: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar: B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz. O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar. Q a r o r q i l i n d i: 1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. Ko‘chirma asliga to‘g‘ri Kotiba M.BERDIQULOVA Download 339.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling