11-mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 339.74 Kb.
bet12/31
Sana16.06.2023
Hajmi339.74 Kb.
#1510644
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
11-mavzu. (1)

Tijorat yozishmalari
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.
Hujjatlarning qo’llanilish o’rinlari
Hujjatlarni tayyorlash borasida bugingi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko’ra boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlari (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to’liq ro’yxati quyidagicha:
1. O'zbekiston Respublikasining gerbi.
2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi.
3. Mukofot tasviri.
4. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6. Tarkibiy tarmoqning nomi.
7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, bankdagi hisob-kitob raqami.
8. Matn sarlavhasi.
9. Sana.
10. Shartli raqam.
11. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13. Hujjatni oluvchi.
14. Tasdiqlash ustxati.
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn
19. Ilova mavjudligi haqida qayd.
20. Imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqida qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatlar bajarilganligi va uni hujjatlar yig'majildiga yo'naltirilganligi haqidagi qayd.
27. Axborot mashinaga ko'chirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjatlar kelib tushganligi haqidagi qayd.
Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o’z ichiga olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta’minlash darajasida qo’llandi. Shu narsa ham muhimki, ayni qismlarning hujjatda joylashishida qat’iy tartib, mavjud, ular joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhimdir.
Mazkur 28ta zaruriy qismlarning o’ntachasi nisbatan ko’p qo’llanadi, shuning uchun asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjatda imzo qo’yuvchi shaxs), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqida qayd.

Download 339.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling