11-mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 339.74 Kb.
bet14/31
Sana16.06.2023
Hajmi339.74 Kb.
#1510644
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
11-mavzu. (1)

BAYONNOMA (majlis bayoni)

Majlis bayoni - bayonnomalarni rasmiylashtirish ham barcha rasmiy idoralar hayotidagi ish yuritishning muhim qismlaridan hisoblanadi. Chunki turli tashkilot va muassasalar jamoalari faoliyatiga oid ko‘plab masalalar yig‘ilishlarda, demokratik yo‘l bilan hal bo‘ladi va ularni hal qilishga oid qabul qilingan qarorlar hayotga tatbiq etilishi uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Ana shu rasmiylashtirilgan hujjat bayonnoma sanaladi.


Bayonnomada turli yig‘ilishlardagi chiqishlar va qarorlar g‘oyatda siqiq va rasmiy tilda yozilgan hujjatdir. Shu hujjat asosida jamoaning faoliyati olib boriladi va nazorat qilinadi.
Bayonnomada uni rasmiylashtirayotgan tashkilot va muassasaning nomi, Bayonnoma degan so‘z, yig‘ilish raqami, sanasi va joyi, qatnashuvchilar, kun tartibi, uning muhokamasi tafsiloti (asosiy ma’ruzachi va so‘zga chiquvchilar), qabul qilingan qarorlar, majlisga raislik va kotiblik qilganlarning imzosi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Agar zarur bo‘lsa, uning oxirida ilova ham berilishi mumkin. Namuna:


Alisher Navoiy nomidagi SamDU o‘zbek tilshunosligi
kafedrasining 2002 yil 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi
BAYONNOMASI


Qatnashdilar: kafedra mudiri prof. Karimov S.A., prof O‘rinboyev B.O‘., prof. Yo‘ldoshev B., prof. v/b Abdurahmonov N., dos. A’zamov S., dos.Hamdamov J., dos. Aliqulov Z., dos.Usmonov Q., dos.Qurbonov T., f.f.n. Eltazarov J., f.f.n. G‘afforov A., f.f.n. Jo‘rayev T., f.f.n. Suvonova R., o‘qituvchilar Pardayev Z., Maxmadiyev Sh., katta laborant Berdiqulova M.


K u n t a r t i b i


1. Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida.
Eshitildi: kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov gapirdi. - Hurmatli kafedra a’zolari! Universitet qoshidagi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan komissiya 2002-2003 o‘quv yilida da’vogar talabalarni tegishli tartibda imtihondan o‘tkazib, fakultet bo‘yicha iqtidorli deb hisoblangan talabalarni ma’lum qildi. Biz yaqinda dekanatdan ana shu talabalar ro‘yxatini oldik. Mana ushbu ro‘yxat:




F.I.Sh


Kurs, guruh

Raven test natijasi

Ilmiy rahbari

1

Komilova Dildor

2-01

+47/13

prof. Karimov S.

2

Narziyeva Ma’mura

2-01

+47/13

prof. Yo‘ldoshev B.

3

Nasimova Zulayxo

2-01

+47/12

prof. O‘rinboyev B.

4

Shodiyeva Ozoda

2-01

+50/10

dos. Usmonov Q.

5

Xoliqulova Shohista

2-01

+46/14

dos. Qurbonov T.

6

Zulfiqorova Mahbuba

3-02




dos. Aliqulov Z.

Biz bundan keyingi iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatimizni ana shu ro‘yxat asosida olib borishimiz lozim. Demak ularga ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir talaba bilan individual tartibda ish olib borishi, ularda ilmiy ish olib borishga rag‘bat uyg‘otishi lozim. Ayni paytda, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarur.
Aytilganlardan kelib chiqib, kafedra
q a r o r q i l a d i:
1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash berilgan ro‘yxat asosida olib borilsin.
2. Har bir talabaning ilmiy rahbariga ular bilan shug‘ullanishni qat’iy reja asosida olib borish va o‘zbek tilshunosligi faniga rag‘bat uyg‘otish vazifasi yuklatilsin.
3. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarurligi uqtirib o‘tilsin.
4. Iqtidorli talabalarning kafedra ilmiy hayotida faol ishtirok etish va turli nashrlarda maqolalar bilan qatnashish uchun sharoit yaratish har bir o‘qituvchining pedagogik burchi deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish A.A.Fafforov zimmasiga yuklatilsin.
II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida.
Eshitildi: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz.
O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar.
Q a r o r q i l i n d i:
1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
IV. Har xil masalalar.
4.1. Tayyor o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.

Download 339.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling