3-bob. Milliy boylik, aholi va mehnat resurslari


Download 22.8 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1347547
  1   2   3   4
Bog'liq
3-bob


3-BOB. MILLIY BOYLIK, AHOLI VA MEHNAT RESURSLARI.


3.1. Milliy boylik tushunchasi uning tarkibi.
3.2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari.
3.3. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
3.4. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari.


3.1. Milliy boylik tushunchasi uning tarkibi. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak , boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo'ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o'z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne'matlar , yaratilgan san'at asarlari , intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi . Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat o'lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko'ra ancha qiyin , jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o'lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi . Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo'ladi . Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo'ladi . U kishilarning ko'plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi . Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin : 1. Moddiy buyumlashgan boylik .
2. Nomoddiy boylik .
3. Tabiiy boylik .
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi . Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig'indisi sifatida tasavvur qilish noto'g'ri bo'lur edi . Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib , qaytadan yangilanib turadi ( ishlab chiqarish vositalari , iste'mol buyumlari ) . Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o'rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg'arilib boriladi . Demak , qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart - sharoiti hisoblanadi . Buning ma'nosi shuki , bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko'payishi ro'y beradi . Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart - sharoiti , uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi . Bunda ishlab chiqarishning o'sish sur'ati va miq , si milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog'liq bo'ladi . Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa - da , har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi . Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi . Tabiiy boylikning . vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog'liq emas , u tabiat qonunlari asosida ro'y beradi . Foydali qazilma boyliklar , o'rmonlar , suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi . Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo'lib , shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi . Buning ma'nosi shuki , tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi . Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi .



Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling