3-bob. Milliy boylik, aholi va mehnat resurslari
Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari
Download 22.8 Kb.
|
3-bob
3.4. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari. Milliy boylik – iqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug’ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko’rsatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSH da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan. Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur. Unga binoan, milliy boylik deganda ma’lum bir sanaga institutsional birliklar, ya’ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo’lgan kapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi. Ma’lumki iqtisodiy aktivlar – iqtisodiy ob’ekt bo’lib, ular institutsional birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat – bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo’ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar – aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT – 93 dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati – milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi. “Aktivlar va passivlar balansi-institutsional birliklar yoki institutsional birliklar guruhlarining mulki bo’lgan aktivlar qiymati haqidagi, ular majburiyatlarining qiymati haqidagi aniq vaqti sanasi uchun tuzilgan hisobotdir. Aktivlar iqtisodiy mulki bo’lgan birliklarning aktivlar va passivlar balansida akivlar o’z ifodasini topadi. Kapitalning sof qiymati institutsional birlik yoki institutsional sektorning barcha aktivlar qiymatidan ularning majburiyatlari qiymatini ayirish yo’li bilan aniqlanadi. Aktivlar va passivlar balansi ishlab chiqarish, daromadlardan foydalanish va taqsimlovchi schotlarining oxirgi natijalarini ifodalab ushbu ketma-ketlikni yakunlaydi. Aktivlar va passivlar balansi iqtisodchilarga sektorning moliyaviy holatini baholash imkonini byeradi, markaziy bankka esa xavf-xatar (risk) darajasining tahlilini amalga oshirish imkonini yaratadi. Aktivlar va passivlar balansi moddalarini baholash uchun asosiy manba fond birjasidagi bozordir. Bozorda haqiqatan ham muomalada bo’lgan aktivlar bahosi haqidagi kuzatish ma’lumotlari savdo opyeratsiyalarining predmeti bo’lmagan shunga o’xshash aktivlarni baholash uchun foydalaniladi. Masalan, fond birjasining ma’lumotlari birjaga kiritilmagan aktivlarni ularning kamroq raqobatbardoshligiga qandaydir to’g’rilash kiritib baholashda qo’llaniladi. Xuddi shunday baholash sug’urta aktivlari uchun yoki boshqa maqsadlar uchun aktivlar baholarini kuzatishga asoslangan bo’lib, aktivlar va passivlar balansi moddalarini qiymat ko’rinishida baholash uchun foydalaniladi. Bozor baholarining o’zgarishi sababli ko’pgina nomoliyaviy aktivlarning qiymati har yili o’zgaradi. Shu davrning o’zida asosiy fondlarni sotib olish dastlabki xarajatlari asosiy kapital iste’moliga kamayadi yoki aktivlarning xizmat muddati davomida qiymatini pasayishining boshqa shakllari kuzatiladi. Aktivlar qiymati ularning xizmat muddati davrining aniq sanalarida joriy baholarda xuddi shunday aktivni sotib olish qiymatidan uning qiymatini pasaytiruvchi yig’ilgan summani ayirish yo’li bilan hisoblanadi. Bu qiymat shaklidagi baholash ayrim xollarda qoldiq qayta tiklash qiymati deyiladi. Foydalanilayotgan aktivlarning ishonchli bevosita kuztilayotgan baholari mavjud bo’lmaganda ushbu baholash agar aktivni sotish kerak bo’lsa uning bozor bahosi qanday bo’lishi mumkinligi haqida aniq tasavvur beradi. Chet el valyutasida qayd etilgan aktivlar va majburiyatlar aktivlar va passivlar balansi tuzilgan sanadagi milliy valyutaga almashtirish bozor kurslari bo’yicha konvertirlanishi kyerak. Bu kurs valyutali bitimlar uchun sotib olish va sotish kurslarining o’rtacha kursi bo’lishi kerak. Asosiy fondlar aktivlar uchun bozorda amal qilayotgan, ularning texnik holati va foydalanilgan muddatini hisobga olingan holdagi baholarda baholanishi kerak. Asosiy kapital iste’molini baholash aktivlarni sotishda yoki ularni hisobdan chiqarishda mulk huquqlarini topshirish bilan bog’liq bo’lgan xaridorlar xarajatlari qiymatini pasaytirishga asoslanishi kerak. Moddiy aylanma vositalar aktivlar va passivlar balansi tuzilgan sanadagi amal qilayotgan baholarda baholanishi kerak. MHTda xomashyo va matyerial moddiy aylanma vositalar xaridorlar bahosida tayyor mahsulot va tugallangan ishlab chiqarish asosiy baholarda baholanadi. San’at asarlari, antikvarlar, qimmatbaho toshlar va metallar, zargarlik buyumlari ularni qiymatning jamg’arilgan zaxiralari bo’lmish birlamchi rolini hisobga olgan holda joriy qiymatda baholanadi. Aktivlar va passivlar balansida tabiiy resurslar tarkibida ko’rsatiladigan yyerning qiymati undagi imoratlarning qiymatini hisobga olmagan holda hisoblanadi. Imoratlar asosiy fondlar tarkibida alohida hisobga olinadi. Yerning joriy bozor bahosi uning joylashishi va undan foydalanishga bog’liq holda anchagina o’zgaradi. Odatda yyerning qiymati undagi imoratlar va qurilishlarning qayta tiklash qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Aktivlar va passivlar balansida gudvill va marketing aktivlari korxona boshqa qo’lga o’tganda yoki marketing aktivi sotilganda moliya schyotida aktivning qoldiq qiymati bilan ifodalanadi”1. BMT ning MHT-93 dagi kontseptsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo’yicha mulkiy holatni – boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko’rsatkichlarini solishtirishi natijasida, sof aktivlar – milliy boylikning hajmini o’zgarishi (mutlaq va nisbiy) ni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy statistikada sof aktivlar – milliy boylikni hajmini hisoblashda moliyaviy aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi. 1 Download 22.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling