11 Mavzu: Rudani shpurlar hamda skvajinalar bilan massivdan ajratish


Download 0.68 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1560265
  1   2   3   4
Bog'liq
11 Mavzu


11 Mavzu: Rudani shpurlar hamda skvajinalar bilan massivdan ajratish


Shpurlar yordamida rudani massivdan ajratish. Shpurlar yordamida rudani massivdan ajratish deb portlovchi modda zaryadini shpurlarga joylashtirib, rudani massivdan portlatish yо‘li bilan ajratishga aytiladi. Rudani massivdan shpurlar bilan ajratish porox ixtiro etilgandan keyim qо‘llanila boshladi. Hozirgi vaqtda shpurlar qо‘l, teleskopli va tirgak kolonkada о‘rnatilgan perforatorlari bilan burg‘ilanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida yuqori unumdorli gidravlik perforatorlar keng tarqalmoqda. Shpurlar bilan rudani massivdan ajratish usuli ruda tanasi qalinligi 8 m gacha, chegaraviy pshiqligi 40 dan 200 MP gacha bо‘lgan rudalarni qazib olishda qо‘llaniladi. Bu usulning afzalliklari quyidagilardan iborat: ruda massivdan yuqori aniqlikda ajratilishi (ruda sifatsizlanishi va yо‘qotilishi nuqtai nazaridan); nogabarit bо‘laklarning chiqmasligi – sifatli maydalanishi; atrof tog‘ jinsi massiviga seysmik ta’sirning kamligi. Shuningdek bu usulning kamchiliklari ham mavjud bо‘lib ular quyidagilar: mehnat unumdorligining pastligi (20–40 t/smena) ; portlovchi moddaning solishtirma sarfi yuqoriligi; mehnat sharoiti og‘irligining hisobiga ishchilarda kasbiy kasalliklarining paydo bо‘lishi (silikoz, vibratsiya, eshitish qobiliyatining pasayishi).
Asosiysi kon lahimlarni о‘tish bilan solishtirganda rudani shpurlar bilan massivdan ajratishning о‘ziga xos jihati eng kamida ikki ochilgan yuza mavjudligi hisoblanadi. Ochilgan yuzaning birida shpurlar burg‘ilanadi va portlatish ikkinchi ochilgan yuza tomonga yо‘naltiriladi (shpurlar shu ochilgan yuzaga parallel burg‘ilanadi, bu esa о‘yyub oluvchi shpurlarni alohida burg‘ilashga va (seriyali) portlatishga zaruriyat qoldirmaydi).
Yupqa, gorizontal va yotiq foydali qazilma konlarni vertikal yо‘nalishi bо‘yicha qatlamlarga ajratmasdan qazib olish amalga oshiriladi. Boshqa holatlarda rudani massivdan shpurlar bilan ajratib olish gorizontal va sal qiya qatlamlar bilan bajariladi. Shpurlar bilan rudani massivdan ajratishning asosiy sxemalari 73-rasmda keltirilgan.
72-rasm. Massivdagi rudini shpurlar bilan ajratib olish sxemasi: a-gorizontal shpurlar yordamida pasayib boruvchi qatlamlardan rudani ajratib olish; b-vertikal shpurlar yordamida pasayib boruvchi qatlamlardan rudani ajratib olish; v-gorizontal shpurlar yordamida yuqorilab boruvchi qatlamlardan rudani ajratib olish; g-vertikal shpurlar yordamida yuqorilab boruvchi qatlamlardan rudani ajratib olish; d-shift pog‘onalardan rudani ajratib olish.
Juda turg‘un ruda tanalarida yuqorilab boruvchi qatlamlardan rudani ajratib olish ishlari amalga oshiriladi. Turg‘un bо‘lmagan ruda tanalarida esa pasayib boruvchi qatlamlardan rudani ajratib olish sxemasi qо‘llaniladi.
Rudani massivdan shpurlar bilan ajratib olish quyidagi qazib olish tizimlarida keng qо‘llaniladi: bо‘shliqni tо‘ldirib qazib olish tizimlarida; rudani magazinlab qazib olish tizimlarida; qatlamni qulatib qazib olish tizimlarida; yoppasiga qazib olish tizimlarida; ochiq bо‘shliqli qazib olish tizimlarining bazilarida va boshqalar.
Shpurlarni qо‘lda zaryadlashda yoki zaryadlashni mexaniatsiyalashtirishda zaryadlash mashinalarining smenalik ish unumdordigi, shpurlarni zaryadlashga sarflanadigan vaqt, bir tonna rudaga nisbatan portlatuvchining ishlab chiqarish meyori, skreper uskunasi va yuklash–yetkazish mashinasining smenalik unumdorligi, rudani skreper uskunalari yoki yuklash–yetqazish mashinalari bilan yetqazish ishlarining mehnat hajmi, bir tonna rudaga nisbatan skreper uskunasi mashinisti va yuklash–yetqazish mashinasi haydovchisining ishlab chiqarish meyori aniqlash yuqoridagi mavzularda qayd etilgan formulalar yordamida amalga oshiriladi.
Rudani skvajinalar bilan massivdan ajratish. Qalin, darzliklari va qatlamlari juda kо‘p bо‘lmagan, chegaraviy pshiqligi 30 MPa dan 200 MPa gacha bо‘lgan ruda tanalarini qazib olishda ruddani massivdan skvajinalar bilan ajratish olish keng qо‘llaniladi. Rudani massivdan skvajina zaryadlari bilan ajratishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: yuqori mehnat unumdorligi, 150-400 t/smena; ishlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash mumkinligi; havfsiz va sog‘lom ish sharoitlarining mavjudligi. Shuningdek bu usul bir qancha kamchiliklardan iborat: massivdan rudani ajratishning ruda tanasi chegarasi bо‘yicha aniq emasligi; ruda maydalanishining bir tekis emasligi va negabaritlar miqdori kо‘pligi, katta seysmik ta’siri; rudaning katta miqdorda yо‘qotilishi va sifatsizlanishi. Massivda skvajinalar quyidagi sxemalar bо‘yicha joylashishi mumkin: parallel, yelpig‘ichsimon, yelpig‘ichsimon dastali va parallel dastali (76- rasm).
Skvajinalarning parallel joylashish sxemasi ruda pshiqligi 100–200 MPa bо‘lganda qо‘llaniladi va quyidagi afzalliklarga ega: о‘zaro parallel joylashgan skvajinalarning umumiy uzunligining eng kam bо‘lishi (boshqa sxemalarga nisbatan); massivda zaryadning bir tekis taqsimlanishi va maydalanishining bir tekisligi. Kamchilliklari: burg‘ilash lahimlari kо‘p miqdorda о‘tilishi; burg‘ilash dastgohining kо‘p marta qayta о‘rnatilishi.

76-rasm. Skvajinalarni joylashtirish sxemasi: a-paralel sxema; b-yelpig‘ichsimon sxema; v-yelpig‘ichsimon dastali sxema; g-parallel dastali sxema.


Skvajinalarni yelpig‘ichsimon sxemada joylashtirish ruda pshiqligi 30–200 MPa bо‘lganda qо‘llaniladi va quyidagicha afzalliklarga ega: burg‘ilash lahimlari qisqa uzunlikda о‘tilishi; burg‘ilash dastgohini qayta о‘rnatishlar soni kamligi; skvajinalarning umumiy uzunligi boshqa joylashtirish sxemalariga nisbatan kamligi. Kamchiliklari: zaryadning massivda bir tekis taqsimlanmaganligi va rudaning maydalanishi bir tekis emasligi, nogabarit bо‘laklarning kо‘proq chiqishi.
Skvajinlarni yelpig‘ichsimon dastali sxemada joylashtirish rudaning pshiqligi 30–200 MPa bо‘lganda qо‘llaniladi va quyidagi afzalliklarga ega: burg‘ilash lahimlari kam miqdorda о‘tilishi; burg‘ilash dastgohini qayta о‘rnatishlar soni kamligi. Kamchiliklari: skvajinalar umumiy uzunligi boshqa sxemalarga nisbatan kо‘pligi; massivda zaryadlar bir tekis taqsimlanmaganligi va rudani maydalanishining bir xil emasligi.
Skvajinalarni parallel–dasta sxemasida joylashtirish ruda pshiqligi 100–200 MPa bо‘lganda qо‘llaniladi va quyidagi afzalliklarga ega: boshqa sxemalarga nisbatan skvajinalar umumiy uzunligi kamligi. Kamchiliklari: burg‘ilash lahimlari kо‘p miqdorda о‘tilishi (kо‘p uzunlikda о‘tiladi); burg‘ilash stanogini kо‘p marta qayta о‘rnatilishi; massivda zaryadlar taqsimlanishi va ruda maydalanishi bir tekis bо‘lmasligi.
Rudani massivdan skvajinalar bilan ajratish ishlari kov joydagi ochilgan yuza tekisligiga bog‘liq ravishda tik, qiya yoki gorizontal qatlamlar bо‘yicha olib boriladi. Skvajinalar qatlam tekisligiga parallel yoki yelpig‘ichsimon joylashtiriladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling