11 Mavzu: Rudani shpurlar hamda skvajinalar bilan massivdan ajratish


Download 0.68 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1560265
1   2   3   4
Bog'liq
11 Mavzu

Murakab joylashgan qatlamlarda

Foydali qazilma konlarini qazib olishda kon-geologik sharoitlarning keskin о‘zgarishiga bog‘liq bо‘lgan holatlarda

Burg‘ilash yо‘nalishi bо‘yicha skvajinalar gorizontal, vertikal pastdan yuqoriga qarab va vertikal yuqoridan pastga qarab joylashtiriladi. Skvajinalarning gorizontal joylashishi ruda mustaxkamligi о‘rtacha va о‘rtachadan yuqori hamda turg‘un bо‘lganda qо‘llaniladi. Gorizontal yо‘nalish bо‘yicha burg‘ilangan skvajinalarning afzalligi – shipda qoldiriladigan selikning tо‘g‘ri chegaralanishi. Kamchiliklari – bularda burg‘ilash stanoklarining joyini almashtirish ishlarining murakkabligi, о‘zi yurar burg‘ilash dasgohlarini qо‘llash imkoni yо‘qligi.
Skvajinalarning pastdan yuqoriga qarab vertikal joylashtirish noturg‘in bо‘lgan ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi va quyidagi afzalliklarga ega: burg‘ilash dasgohining joyini о‘zgartirish nisbatan qulayroq, о‘zi yurar burg‘ilash dasgohlarini qо‘llash imkoniyatlari mavjud. Kamchiligi: Shipda qoldiriladigan seliklarni tо‘g‘ri chegaralash imkoniyati yо‘qligi.
Skvajinalarni yuqoridan pastga qarab vertikal joylashtirish mustaxkamligi о‘rtacha va о‘rtachadan yuqori, turg‘un bо‘lgan ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi va quyidagi afzalliklarga ega: burg‘ilash dasgohining joyini о‘zgartirish nisbatan qulayroq, о‘zi yurar burg‘ilash dasgohlarini qо‘llash imkoniyatlari mavjud, shipda qoldiriladigan seliklarni tо‘g‘ri chegaralash imkoniyati mavjudligi. Kamchiliklari: burg‘ilash tezligining pastligi.
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling