Ma’ruza №7 Integratsiya. Stratlash. Sistema elementlarining cheklangan imkoniyatlari. Mavjud resusrlardan eng yaxshi tarzda foydalanish. Moslanuvchanlik va ishonchlilik
Download 175.54 Kb. Pdf ko'rish
|
3 savolga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integratsiya.
Ma’ruza №7 Integratsiya. Stratlash. Sistema elementlarining cheklangan imkoniyatlari. Mavjud resusrlardan eng yaxshi tarzda foydalanish. Moslanuvchanlik va ishonchlilik. Pog‘onali sistemalar muhokama qilinganda, ular nima uchun tabiatda keng tarqalgan yoki sistemalarni loyihalashda nima uchun aynan shunday tuzilma berish kerak, degan savollar tug‘iladi. Ko‘ppog‘onali sistemalarning o‘z-o‘zidan ayon, kamchiligi ulardagi jarayonlarning murakkabligi va boshqarish ham og‘ir ekanligidan iborat. Hatto ishlash jarayonini tahlil etish ham oson kechmaydi, tashqaridan ta’sir o‘tkazish ham yengil emas. Birpog‘onali yondashuv asosida yangi sistemalarni loyihalash uchun yetarlicha bilim va tajriba bor. Ko‘ppog‘onali sistemalar uchun butkul yangicha ishlanmalar kerak. Biroq, bunday holda savol tug‘iladi: ko‘ppog‘onali yondashuv to‘liq integrallashgan va markazlashgan yondashuvga qaraganda qandaydir afzalliklarga egami? Ushbu bobda biz mana shu savolga javob berishga (hech bo‘lmaganda sifat shaklida) harakat qildik. Ko‘ppog‘onali yondashuv foydasiga qator dalillar keltirish zarur. Integratsiya. Pog‘onalarni tartibga solish, ko‘pincha, mavjud sistema ishining samaradorligini oshirish maqsadida tuzilmasini ham o‘zgartirish bilan bog‘lanib ketadi. Sanoat kompleksida birlashgan (integrallashgan) boshqarish sistemasini hosil qilishga qator iqtisodiy, texnik va ijtimoiy cheklovlar to‘sqinlik qiladi, shuning uchun kompleksni tubdan qayta qurish kamdan-kam bo‘ladigan hodisadir. Shuning uchun, amalda, quyi pog‘onada ish jarayonlari va boshqarishning mavjud rostlash sistemasiga asoslanishga to‘g‘ri keladi va yuqoriroq darajadagi boshqarish sistemasini qo‘shish bilan kifoyalanadi. Mana shuni butun boshqaruv sistemasining integrallashuvi deya talqin qilinadi. Bunday holatda vaziyat texnologik jarayonni va uning boshqaruv sistemalarini alohida-alohida loyihalashga o‘xshab ketadi. Hozirgi vaqtda tushunarli- ki, hammasini yaxlit loyihalash kerak, avval jarayonni bitirib, keyin boshqaruvni qo‘shib qo‘yish to‘g‘ri ish emas. Texnologik jarayonni loyihalashda boshqaruvchi podsistemalarni unutmaslik lozimligiga tegishli ko‘plab misollar keltirish mumkinligiga qaramay, bunaqa ayirmachilikni lozim ko‘rmaydigan umumsistemali yondashuv amalga oshmay qoladigan holatlar ham uchrab turadi. Shunga o‘xshash, integrallashgan boshqaruv sistemasini loyihalashda quyi pog‘onadagi jarayon va boshqaruvdan boshlanadi va shunday mo‘ljal qilinadi-ki, o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan podsistemalarni muvofiqlashtirish sistemani asta-sekin kengroq tarzda qamrab olib, yuqori pog‘onalarning maqsadlariga erishishga yordam bersin. Stratlash. Murakkab sistemalarning bayoni yoki modelini, ko‘pincha, stratlash asosida ham hosil qilish mumkin. Bunda fizik podsistemalar boshqarish, iqtisodiyot va shu kabi jihatlar ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, global masala (yaratilayotgan sistema shu masalani amalga oshirish uchun mo‘ljallanayapti) zaruriy ishlar va mayda masalalar pog‘onalarini belgilash yo‘li bilan muayyan holatga keltiriladi. Download 175.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling