11-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim


Download 133 Kb.
bet5/10
Sana14.03.2023
Hajmi133 Kb.
#1266785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim :


  • o‘quvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigit-qizning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;

  • yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror toptirish;

  • milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;

  • shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish.

Amalda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O‘g‘il va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘g‘il-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Sinfdan tashqari ishlar mazmuniga ko‘ra turlari


Jamoat tashkilotlari o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil turda: ommaviy, to‘garak va individual hollarda tashkil qilinadi.
Ommaviy sinfdan tashqari ishlar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko‘riklar, quvnoqlar va topqirlar to‘garagi, sayr, sinf va maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari va hokazolar. Bunga quyidagi, 1-sentyabr, 8-mart, 9-may, 1-oktyabr, 21- mart va boshqalarga bag‘ishlangan adabiy-badiiy yig‘ilishlarni misol qilsak bo‘ladi.
To‘garak ishlari: maktabdagi har bir to‘garak o‘zining doimiy ish kunlari va soatlariga ega bo‘lishi lozim. To‘garakda qat’iy intizom bo‘lishi: to‘garak a’zolari mashg‘ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to‘garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, to‘garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling