11. Mavzu. Subtropik mintaqa tuproqlari geografiyasi reja subtropik mintaqaning tabiiy iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari
Subtropik sernam - o‘rmon oblasti
Download 138.01 Kb. Pdf ko'rish
|
11 mavzu (1)
Subtropik sernam - o‘rmon oblasti
Ushbu oblast materiklaming sharqiy gumid hududlarini egallagan boiib, yiliga 1000 mm dan 2500 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosan Shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerikada AQSHning janubi-sharqiy shtatlarida va Sharqiy Osiyoda Xitoyning janubisharqiy viloyatlarida, Tayvan orolida, Yaponiyaning janubida, shuningdek, Kaspiy dengizining janubi-g‘arbiy sohilidagi Lenkoran (Ozarbayjon) shahri atroflarida tarqalgan. Janubiy yarim sharda janubiy Amerikada, ya’ni Braziliyaning janubi, Urugvay, Paragvay, Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyaning shimoliy qismlarini qamragan. Tuproq qoplamida qizil va sariq tuproqlar asosiy o‘rinni egallasa-da, Janubiy yarim shaming nisbatan namgarchilik kam boigan (800-1000 mm) hududlarida qizg ‘ish qora tuproqlar ham tarqalgan. Qizil va sariq tuproqlar tarqalgan hududlarda asosan avgitporfiritli tub jinslar ko‘p tarqalgan. Bular yuzasida qizil tusli elyuviy, delyuviy, prolyuviy va allyuviy yotqiziqlari to‘plangan boiadi. Tahlillar ona jins tarkibida temir oksidlari ko‘p va kaolinitlar yo‘qligini ko‘rsatadi (Bahodirov, Rasulov, 1975, 309-b.). Qizil tuproqlar asosan andezitli otqindi jinslaming ferrolitli nurash po‘stlari va ulaming qayta yotqizilishidan shakllanadi. Sariq tuproqlar esa asosan parchalanishi qadimgi dengiz terrasalari va ularga tutashgan tog’ yonbagirlarida elyuvial loyli slanets va loylarda shakllangan. Ularning qizil tuproqlardan asosiy farqi ferralitning kamligi hamda cho‘kindi jinslarda paydo boiishdir. Qizil va sariq tuproqlar uchun suv bilan yuvilish tartibi va kislotali reaksiya xarakterlidir. Ulaming ustki qatlamida gumus miqdori uncha ko‘p emas hamda qatlam unchalik qalin bo‘lmaydi. Qizg‘ish qora tuproqlaming gumus qatlami qalin (50-60 sm), gumus miqdori esa 10 % va undan ham ortadi. Bu tuproqlar asosan sernam iqlimli o‘rmonlarda paydo bo‘lgan. Janubiy Amerika qizil tuproqlari igna bargli va igna bargli aralash o‘rmonlar ostini egallagan, qizg‘ish qora tuproqlar esa baland bo‘yli o‘t o‘simliklari bilan band bo‘lgan subtropik pampalarda shakllangan. Avstraliyaning ushbu oblasti uchun togii relyef xarakterli va tuproq qoplamida sariq va sarg ‘ish - qo ‘ng (ir tuproqlar ustuvor. Download 138.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling