11. Mavzu. Subtropik mintaqa tuproqlari geografiyasi reja subtropik mintaqaning tabiiy iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari


Download 138.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1526913
  1   2   3   4
Bog'liq
11 mavzu (1)



11. MAVZU. Subtropik mintaqa tuproqlari geografiyasi 
REJA 
 
1. 
Subtropik mintaqaning tabiiy - iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari 
2. 
Subtropik sernam - o‘rmon oblasti 
3. 
Subtropik kserofit - o‘rmon va buta - dasht oblasti 
Yer shari tuproq qoplamining 20 % li subtropik mintaqada joylashgan. Mintaqa umumiy 
maydonining 29 % ini togii hududlar ishg‘ol etgan. Unga tutash mo‘tadil va tropik mintaqalardan 
subtropik mintaqaga o‘tish, iqlim va butun tabiatning asta - sekin miqdoriy o‘zgarishi bilan 
bormasdan, yozda tropik havo, qishda esa moiadil havo hukmronligining almashinishi asosida ro‘y 
beradi.
Subtropik iqlimning mohiyati ham ana shundan iborat. Subtropik mintaqa tabiatining 
xarakteri yana ko‘p jihatdan iqlimdan tashqari litosferaning holati, ya’ni yer po‘sti yoriqlariga ham 
bog’liqdir.
Mintaqaning g‘arbiy qismida o‘rta dengiz tipiga xos iqlim oblasti shakllangan bo‘lib, 
yog’in (900 mm atrofida) asosan qishda yog‘adi, yoz juda qurg‘oqchil, namlanish 59 % dan 
oshmaydi. Materiklarning ichkarisiga tomon qurg‘oqchilik ortadi va quruq subtropik iqlim oblasti 
shakllanadi. Subtropiklaming sharqiy okean bo‘yi hududlarida yogin ko‘p va yil bo‘yi 
yoqqanligidan bir xilda nam subtropik iqlim oblasti vujudga kelgan.
Subtropik mintaqada havoning o‘rtacha harorati 14 °C? yozda tropik havo 26 °C gacha 
isisa, qishki mo‘tadil havo harorati 5-6 °C, hatto 0 °C ga tushib, qor yog‘adi.
Mintaqada 10 °C dan yuqori boigan o'rtacha sutkalik havo harorati yig’ indisi 4000-8000°, 
vegetatsiya davri 200 kundan 365 kungacha davom etishi mumkin. Issiqlik resursi qishloq xo‘jalik 
ekinlaridan yiliga ikki marta hosil olishga imkon yaratadi. Tuproq hosil boiishi asosan sial 
karbonatli va sho‘rlangan nurash po‘stida ro‘y beradi. Tuproqlaming gorizontal zonalligi 
cheklangan tarzda namoyon boisa-da, fatsial xususiyatlar yaxshi aks etgan. Subtropiklarda asosan 
namlanishga bog’liq tarzda, okean sohillaridan quruqlikning ichkarisiga tomon landshaftlar va 
tuproqlaming almashinuvi sodir boiadi.
Subtropik mintaqada uch guruh tuproq oblastlari farqlanadi: l)qizil va sariq tuproqli sernam 
o‘rmon (subtropik semam o'rmon) oblasti, 2) jigarrang va sur jigarrang tuproqli kserofit - o‘rmon 
va buta - dasht (subtropik kserofit - o‘rmon va kserofit - dasht) oblasti, 3) bo‘z va turli cho’l 
tuproqli chala cho’l va cho’l (subtropik chala cho’l va cho’l) oblasti.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling