11-Mavzu: Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Presslash orqali tabletkani qobiq bilan qoplash. Mashg’ulot maqsadi


Download 3.69 Mb.
Sana02.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1739147
Bog'liq
Tarqatma 11-mavzu (2)


11-Mavzu: Tabletkalarni qobiq bilan qoplash. Presslash orqali tabletkani qobiq bilan qoplash.


Mashg’ulot maqsadi: Tabletkalarni qobiq bilan qoplashdan maqsad, qoplash usullari, qoplashda ishlatiladigan yordamchi moddalar, hamda qobiqlangan tabletkalar sifatini Baholashni o’zlashtirish. Drajelar, mikrotabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi, shuningdek mikrotabletkalarni tabletkalardan farqli tomonlari, afzallik va kamchiliklari to’g’risida umumiy tushunchalarga ega bo’lish.
Mavzuning ahamiyati: Tabletkalarni tashqi muhit ta'siridan saqlash, turg’unligini oshirish, qolaversa ularni oshqozondagi kislotali sharoitdan muhofaza qilish va ichakda erishini ta'minlashda tabletkalarni qobiq bilan qoplash katta amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir. Drajelar va mikrotabletkalar esa tabletkalardan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, ularni o’ziga xos tayyorlash usullari draje va mikrotabletkalarni ishlab chiqarishda bir qator qulaylik va imkoniyatlarni yaratib beradi.
Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.


Vaziyatli masalalar:

  1. Parda hosil qilib qoplashda quyidagi yordamchi moddalar ishlatildi: Tozalangan suv, Kraxmal, bug’doy uni va MKTs.

  2. Tabletkalar obakilash usulida qobiqlagandan so’ng ularning sirtida darz ketish kuzatildi.

  3. O’rtacha 0,1, 0,2 va 0,3 g og’irlikdagi tabletkalar parda hosil kilib koplangandan so’ng ularning og’irligi 0,2, 0,22 va 0,309 g ni tashkil etdi.










1-laboratoriya ishi
Tabletkalarni presslash usulida qoplash
Vazifa
1. Presslab qoplash uchun 100 g massa tayyorlang.
2. 10 ta tabletkani presslash usuli bilan qobiq bilan qoplang.
3. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
4. Qobiqlangan tabletkaning qobiq og‘irligini aniqlang.

Qoplash uchun quyidagi tarkib tavsiya etiladi:


Glyukoza - 33 g.


Qand - 33 g.
Kraxmal - 33 g.
Kalsiy stearat - 1 g.
Amarant - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
1. Qobiq bilan qoplash uchun granula.
2. Ikki tomoni qabariq tabletka.
Z. Press forma, gidropress va tarzion tarozi.
4. Parchalanishni aniqlash uchun ishlatiladigan asbob.
5. Sochiq va tibbiyot dokasi, tayyor mahsulotni solish uchun idish.
6. Hajmi 1 l bo‘lgan silindr, sekundomer.
7. Kalsiy stearat, sovun, 95 % li etil spirti va tozalangan suv.


Ishni bajarish tartibi.
Oldindan alohida-alohida maydalanib, teshigining diametri 100 mkm bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan glyukoza, qand, kraxmal va kalsiy stearatlar Chinni kosachada yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 0,1% amarant eritmasi saqlovchi 10% li kraxmal shilimshig‘i bilan bir me’yorda namlanadi. Bunda har 100 g aralashmaga 13 g kraxmal shilimshig‘i sarflanadi. Massa pergament qog‘oziga yupqa qilib yoyilib, namligi me’yorida bo‘lguncha 50-60°S haroratda, quritgich javonida quritiladi. Qurigan massa teshigining diametri 1000 mkm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. So‘ngra tabletka gidropress asbobi yordamida 1600-2000kg/sm2 bosim ostida presslanadi. Bunda bosim kuchi tenglama bo‘yicha hisoblanadi.
Avval ikki tomoni qabariq tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinadi. Tabletkaning og‘irligiga teng miqdorda qoplash uchun massa tortib olinib, yarmi qolip tagiga, qolgan yarmi esa tabletkaning ustidan solinadi. So‘ngra Yuqori puanson kiydirilib, ma’lum bosimgacha presslanadi. Bu usulda qobiqlash uchun ishlatiladigan qolipning diametri tabletkanikidan 2-3 mm ga katta bo‘lishi kerak.
Qobig‘ og‘irligi quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:



bu erda: m1 - qobig‘lanmagan tabletka massasi, g;


m2 - qobig‘langan tabletka massasi, g;
n - tabletkalar soni.


Tayyorlash jarayoni tasviri.

Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:



  1. Tabletkalar qanday maqsadlarda qobiq bilan qoplanadi?

  2. Presslash usulida qoplashni texnologik tasviri. U qanday dastgohda amalga oshiriladi.

  3. Obakilash usuli bilan qoplash texnologiyasi.

  4. Parda hosil qilish usuli bilan qoplash texnologiyasi.

  5. “Yolg’on qaynoq" yuzada qoplash usulida qobiq og’irligi qanday boshqariladi?

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling