11-Mavzu. «Ta’lim muassasalarida chaqiriqqacha harbiy ta’lim oʻquv moddiy ba’zasining qurilishi»
Download 10.85 Kb.
|
11-1 ajt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. Harbiy xonani tashkil qilish va jihozlash talablari
- Safdagi tayyorgarlik.
- Tayanch iboralar : komponent, funksiya, psixika, subyekt, eruditsiya. Nazorat savollari
11-Mavzu. «Ta’lim muassasalarida chaqiriqqacha harbiy ta’lim oʻquv moddiy ba’zasining qurilishi» 11.1.Oʻquv shaharchasining jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatga tayyorlashning bir qismini tashkil qilib Vatanimiz mudofaa kuchini mustahkamlashga qaratilgan harbiy ta’limda oʻquv va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishga moʻljallangan baza katta ahamiyatga ega. Oʻquvchi yoshlarning qurolsiz, tirsiz, quroldan foydalanishga, nishonga olib oʻq uzishga oʻrgatish mumkin emas. Yangi oʻquv dasturiga binoan har bir maktabga quyidagi oʻquv obyektlari boʻlishi kerak: - harbiy tayyorgarlik xonasi; - oʻquv qurol va oʻqlarni saqlash xonasi; - merganlik tiri; - taktik tayyorgarlik va fuqaro mudofaasi boʻyicha maydonchalar; - safdagi tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazish, oʻq otish uslub va qoidalarini oʻrgatish maydonchalari; - oʻquv qurollarini tozalash, moylashga navbatchining vazifalari oʻrgatish joyi; - oʻquv qurollari va harbiy mulk; - oʻquv koʻrgazmalar va mexanik vositalar; - tibbiy muassasalarda harbiy tibbiy tayyorgarlik xonasi. Bu shaharchaning tashkil qilishning asosiy maqsadini taktik tayyorgarlik boʻlimida koʻrsatilgan amaliy masalalarni hal qilishdir. 1. Jangda harakatlanish usullarini mashq qilish, yadro portlash vaqtidagi harakatlar, degazatsiya, dezaktivatsiya. 2. Hujum qilayotgan dushmanning oʻrni. 3. Granata otishning oʻrni, masofasi. 4.Tank konturini joylashtirish va granatalar qoʻllash. 5.Okoplarni qazish, maskirovka qilish. 6. Oʻq otishda mashq qilish. 7. Blindaj. 8. Hujum usullarini mashq qildirish joylari. 9. Radiatsion va kimyoviy priborlarni ishga tayyorlash joyi. Otish uslub va qoidalarini amaliy oʻrganish maydonchasi oʻquv joylarini kompleksidan iborat. Yotib-tiralib, qoʻldan, tizzadan va turib pana joydan otishga oʻrganish, nishongacha masofani aniqlash va kuzatish, oʻquv granatalarini otishga oʻrgatish, avtomatni qismlarga ajratish va yigʻish, oʻq magazinlarini toʻgʻrilash. Otishga oʻrgatish joylari maktab hovlisida sport kompleksidan foydalangan holda tashkil qilinishi mumkin. Masalan: futbol maydonchasi oʻt bilan qoplangan boʻlib, faqat tayanch buyumlar kerak boʻladi. Kuzatish joylarida okop qazib, uni berkitib, yopib nishonga olish uchun moslash kerak. Granatalarni otishga mashq qildirish joyi 20 x 50 m maydonni tashkil qiladi. Maydonchada granata otishga moʻljallangan nishon 1,2 - 3 m diametrli aylanalar yoki bayroqchalar boʻlishi kerak. Maktab futbol maydoni, yugurish yoʻllaridan ham foydalanish mumkin. Okop joyini maxsus yogʻochlar bilan belgilab olish kerak. Granata otayotganda: quyosh koʻzga toʻgʻri tushmasligi kerak; granata otilayotgan tomonning past-balandligi 50 m dan oshmasligi kerak. Granata otishni boshlangʻich nuqtasi kamida 70-100 m odamlardan narida boʻlishi kerak. Safdagi tayyorgarlik mashqlarini olib borish maydonchasi yaxshi jihozlangan va mashgʻulotga tayyorlangan boʻlishi kerak; Yerning qoplamasi qattiq boʻlishi kerak; Maydonchada kerakli va koʻzga tashlanadigan belgilar boʻlishi kerak; Koʻrgazmali agitatsiya, oʻquv-koʻrgazmalari boʻlishi kerak; Maydonchada 10-12 oʻquvchi mashgʻulot olib borishi uchun joy yetarli boʻlishi kerak. 11.2. Harbiy xonani tashkil qilish va jihozlash talablari Harbiy xona yoshlarni chaqiriqdan oldingi tayyorgarlikni nazariy va amaliy masalalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Xona yorugʻ boʻlib, unda har bir oʻquvchiga stul va har bir oʻquvchiga ikki oʻrinli stollar boʻlishi instruktor uchun stol va sinf taxtasi boʻlishi shart. Sinf taxtasining tepasida Vatan himoyasi har bir fuqaroning burchi, oʻng tomonda esa Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan olingan soʻzlar. Har bir xonada stend, maket, texnik vositalar, stol va koʻrgazmani namoyish qilish uchun taglik, har bir stolga qurolni qismlarga ajratish va qayta yigʻish davrida ishlatiladigan taglik, koʻrsatkich va rangli burchaklar boʻlishi kerak. Oʻquvchilarning stoli harbiy monada 3 qator qilib joylashtirilishi va devordan 60 sm narida boʻlishi kerak. Safdagi tayyorgarlik. - harbiy kuchlarning safdagi tayyorgarligi. - Harbiy Nizomni oʻrash. - Qisqacha mazmuni. - 1-moddaning mazmuni. - 25-moddaning mazmuni. Harbiy topografiya. - Kompas, quyosh,yulduzlar boʻyicha tomonlarni aniqlash. - Azimoʻt boʻyicha harakat qilish. Fuqaro muhofazasi. - Yadro portilishining zararlanish faktori. - F.M. Signallari. Tayanch iboralar: komponent, funksiya, psixika, subyekt, eruditsiya. Nazorat savollari: 1. Oʻquv shaharchasining jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar haqida nmalarni bilasiz? 2. Yangi oʻquv dasturiga binoan har bir maktabga qanday oʻquv obyektlari boʻlishi kerak? 3. Oʻquv shaharchasining jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar haqida nmalarni bilasiz? 4. Harbiy xonani tashkil qilish va jihozlash talablari haqida tushuncha bering. Download 10.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling