Reja: Kirish. Yonģin chiqish,portlash xavfli bolgan ob'ektlar
Download 22.44 Kb.
|
Yong`in
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDANILGAN ADABIYOTLAR.
Mavzu.Yonģin chiqish ,portlash xavfli bõlgan ob'ektlardagi halokatlar. Reja: Kirish. 1. Yonģin chiqish ,portlash xavfli bolgan ob'ektlar. Asosiy qism. 1.Yong'inni keltirib chiqaruvchi sabablar 2.Transport avariyalari va halokatlari 3.Kommunal tizimlardagi avariya va halokatlar 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar Bugungi ishlab chiqarish, qayta ishlanuvchi va yonuvchan va portlovchi materiallar katta miqdorda ishlatiladi. Mavjud ishlab chiqarish liniyasi ishga yuqori tezlikda yo'naltirilgan. Borayotgan unumdorligi kabi harorat, bosim, oksidan va yoqilg'i komponentlar nisbati sifatida muhim parametrlar uchun chegaralar o'sishiga sabab bo'ladi. Shu munosabat bilan, korxonalar xodimlarining jiddiy jarohati yoki o'limga sabab, katta moddiy zararga sabab bo'ladi portlashlar va yong'in tahdid, zararli kuch oshirish. yirik avariyalar va ularning oqibatlarini tahlil o'zlari, balki uning atrofidagi turar-joy massivlarida korxonalar qurish o'zi bilan chegaralanib emas, deb. sababiyat texnik halokatlardan baholash Agar qurish paytida, shuningdek, ishlab chiqarish tizimlari foydalanishga, balki dizayni, sxemalar va rejalari tayyorlash uchun texnik rivojlantirish nafaqat, zarur profilaktik chora-tadbirlarni qabul qilish imkonini beradi. Bu doirasida yer portlash va yong'in xavfi sınıflandırılmalarına ishlatiladi. batafsil, bu tasnif ko'rib chiqaylik. Ishlab chiqarishda yong‘inni kelib chiqishiga, o‘pincha yong‘in yoki elektr xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi, elektr tarmoqlarini yaxshi himoyalanmaganligi, yonuvchi moddalarning saqlash qoidalarini buzilishi hamda olovga nisbatan ehtiyotsizlik qilish kabilar sabab bo‘ladi. Ba’zan yong‘inni yoki portlashni kelib chiqishiga, inshootni loyihalash vaqtida bo‘lajak sanoat korxonasini yonish va portlash xavfi bo‘yicha noto‘g‘ri toifalanishi, ya’ni unda ishlatiladigan xomashyoning yonish va portlash xususiyatlari aniq xisobga olinmaganligi ham sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonida yong‘in xavfsizligini to‘la ta’minlashda korxonalarni yong‘in xavfi bo‘yicha toifalanishi kifoya qilmaydi. Buning uchun ishlab chiqarishda yong‘in va portlashni keltirib chiqaruvchi xavfli omillarni mukammal o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi. Demak ishlab chiqarish tartiboti jarayonida yonish va portlash xavfi mavjudligini quyidagi tartibda aniqlash mumkin: . Korxonada ishlatiladigan yonuvchi va portlovchi moddalarning turlari va ularning miqdori aniqlanadi; 2. Ishlab chiqarish tartiboti va unda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning ishlatilish tartibi aniqlanadi; 3. Korxonadagi texnologik uskunalardan yonuvchi moddalarning oqib chiqishini mavjud sabablari va hajmi aniqlanadi; 4. Yondiruvchi va portlovchi manbalarni kelib chiqish sabablari aniqlanadi; 5. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in sabablarini va uning ehtimoliy yo‘nalishini, binoning loyihalanish uslubiga va yonishga moyil bo‘lgan pardozlov ashyolarining joylanishiga qarab aniqlanadi va hokazolar. Texnologik jarayonlarni yonish va portlash xavfini tahlil qilishda, odatda texnologik jarayonda qo‘llaniladigan tartibot uslubi va ishlab chiqarishni me’yoriy rejalari, hamda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar atroflicha keng o‘rgaaniladi. Texnologik tartibot uslubi va undagi me’yoriy qoidalarga binoan qaysi idish yoki uskunalarda qanday va qancha yonuvchi gaz, suyuqlik yoki boshqa moddalar borligi hamda ular qanday bosim ostida va haroratda ishlashi mumkinligi haqida aniq ko‘rsatmalar ifodali tarzda jarayonni boshqaruv pultida bayon etilgan bo‘lishi shart. Texnologik jarayonda ishlatiladigan gazlar havo bilan yoki kislorod bilan birikmagan holda ishlatiladi. Gazlar uskunadagi jumraklardan yoki texnik nosozliklar orqali chiqayotganda havo bilan birikishi mumkin. Bunday holatlarda yonuvchi gazning havo bilan aralashmasi tarkibidagi miqdori uning quyi yonish chegara miqdoridan kam, yoki yuqori yonish chegarasidan baland bo‘lishi shart. Ya’ni bu ikki chegara orasida bo‘lishi o‘ta xavfli hisoblanadi. Yonuvchi suyuq modda solinadigan idishlar xavfsizlik qoidasiga binoan oxirigacha to‘ldirilmaydi, ya’ni idishlarni shifti bilan suyuqlik satxi orasida keyinchalik gaz bug‘lari bilan to‘yinadigan havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘ladi. Idishning tepa qismida hosil bo‘ladigan portlovchi muhitning yuzaga kelishi, suyuqlik bug‘lari bilan to‘yingan havo aralashmasidagi yonuvchi bug‘ning miqdoriga va idishdagi suyuqlikning haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni suyuqlikni harorati uning quyi va yuqori yonish harorati chegaralari oralig‘ida bo‘lsa, xavfli muxit portlashga moyil bo‘ladi. Yonuvchi suyuq modda solinadigan idishlar xavfsizlik qoidasiga binoan oxirigacha to‘ldirilmaydi, ya’ni idishlarni shifti bilan suyuqlik satxi orasida keyinchalik gaz bug‘lari bilan to‘yinadigan havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘ladi. Idishning tepa qismida hosil bo‘ladigan portlovchi muhitning yuzaga kelishi, suyuqlik bug‘lari bilan to‘yingan havo aralashmasidagi yonuvchi bug‘ning miqdoriga va idishdagi suyuqlikning haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni suyuqlikni harorati uning quyi va yuqori yonish harorati chegaralari oralig‘ida bo‘lsa, xavfli muxit portlashga moyil bo‘ladi. Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan bunday sharoitlarda alangalanib yoki portlab yonishga quyidagi manbalar sabab bo‘lishi mumkin: yonib turgan olov, cho‘g‘lanib qizib turgan yonuvchi buyum, mexanik harakat yoki elektr tarmog‘ining qizishi natijasida hosil bo‘ladigan uchqunlar yoki moddalarning o‘zaro kimyoviy birikishi va boshqalar. Yong‘inga qarshi umumiy talab va qoidalar7 Qurilish maydonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda iqtisodiy samarador va texnik jihatdan asoslangan ilg‘or ishlab chiqarish usullarini hamda yong‘inni oldini olish va o‘chirishning zamonaviy vositalarini qo‘llash eng zarur omillar jumlasiga kiradi. Transport avariyalari va halokatlari: ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar; yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar); portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari; odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar; gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar. 2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar: atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar. 3. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar: texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va matyeriallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va tyermik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, Favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar; odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi. Enyergetika va kommunal tizimlardagi avariyalar: sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli enyergiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa enyergiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar va yong‘inlar; aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug‘ilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar; atmosfyera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar. 5. Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar. . Tabiiy tusdagi FVlar, ularning tasnifi va tavsifi Tabiiy tusdagi FVlar to’g’risida tushuncha, ularning tasnifi. Tabiiy favqulodda vaziyat - bu ma'lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar еtishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kеladigan sharoit. Havfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, kеltirgan moddiy zarar va boshqa hususiyalari bilan ajralib turadi. 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 455-sonli «Tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida»gi qarorining ilovasi asosida tabiiy favqulotdda vaziyatlar kеlib chiqish sabablariga ko’ra kuydagilarga ajratiladi: 1. Gеologik xavfli hodisalar. 2. Gidromеtеorologik havfli xodisalar. 3. Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar. Fuqaro muhofazasining vazifasi quydagilardan iborat: 1. Aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayorlash. 2. Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish. 3. Halq ho`jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o`tkazish. 4. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish. 5. Fuqoro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash. 6. Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlari o`tkazish. 7. Aholini harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash. 8. Radiatsiyaviy, kimyoviy biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish. 9. qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish. 10. harbiy davrlarda ham zarar ko`rgan hududlarda jamoat tartibini yo`lga qo`yish va saqlab turish. 11. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan hududlarda, ob’ektlarda mo`’tadil hayot faoliyatini yaratib bo`lmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun halq yordamida amalga oshiriladi. 1. Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning nohush oqibatiga yo`l qo`ymaslik yoki uni maksimal darjada pasaytirish bo`yicha kompleks tadbirlardir. Aholini himoyalashning yuqori samarasi ishlatilayotgan barcha vosita va usullar to`la ishlatilganda va xavfsizlikni ta’minlash printsiplari to`laligicha anglab etilgan taqdirdagina bo`lishi mumkin. «Ekologiya» – yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi. Ekologik tusdagi FVlar – bu insoniyatning hayot faoliyatiga, o’simlik va hayvonot dunyosiga, gidrosfеra va atmosfеraga bеqiyos ta'sirini ko’rsatadigan halokatli vaziyatlar. Ularning tasnifi hilma – hildir. Kеlib chiqish hususiyatiga ko’ra ekologik FVlar quyidagilarga bo’linadi: - Kuruqlik (tuproq, еr osti)ning holati o’zgarishi bilan bogliq bo’lgan vaziyatlar: Еr osti qazilma boyliklarini qazib olishda, еr ko’chkisi natijasida va insonni xo’jalik faoliyatidagi ta'siri ostida; Tuproq tarkibida ogir mеtallarning ruhsat etilgan kontsеntratsiyadan yuqori bo’lishi natijasida; Еrning dеgradatsiyasi - sho’r еrlarning paydo bo’lishi bilan kuzatiluvchi eroziya jarayonini o’z ichiga oladi. - Atmosfеra holatining o’zgarishi bilan bogliq bo’lgan vaziyatlar: Antropogеn ta'sir natijasida iqlim va ob-havoning kеskin o’zgarishi; Atmosfеrada zararli moddalarning ruhsat etilgan miqdoridan ko’payib kеtishi; Shaharlarda haroratni ko’tarilishi; Shaharlarda “kislorod” tanqisligi; Shaharlarda shovqinni PFKdan yuqori bo’lishi; Kislotali yoginlar zonasini hosil bo’lishi; Atmosfеraning ozon qavatini еmirilishi; Atmosfеra tiniqligining o’zgarishi. - Gidrosfеra holatining o’zgarishi bilan bogliq bo’lgan vaziyatlar: Suv manbalarining ifloslanishi natijasida ichimlik suvini kamayishi; Tеxnologik jarayonlar va insonni maishiy-xo’jalik ishlariga suvni sarflashi (ishlatishi) natijasida suv rеsurslarining kamayishi; Inson faoliyati ta'sirida dunyo okеani vva dеngizni ifloslanishi natijasida ekalogik muvozanatning buzilishi. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR. I.A. Karimov. Hozirgi bosqichda dem okratik islohatlam i chuqurlashtirishning m uhim vazifalari. T., « 0 ‘zbekiston», 1996. . 2. A. Saidov va boshq. Davlat va huquq asoslari. (D arslik.) T., 2002. 3. Q. Yormatov, Y. Isam uham edov. M eh n atn i m uhofaza qilish. (D arslik.) T „ 2002. 4. www.ziyo.uz Download 22.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling