11-Mavzu: Tarmoq muammosining parchalanishi. Osi
Download 40.45 Kb.
|
1 2
Bog'liq11mavzu
11-Mavzu: Tarmoq muammosining parchalanishi. OSI mos yozuvlar modeli. Reja: 1.OSI asosiy modeli 2.OSI modeli darajasi, tarmoq zonasi qoidalari, standartlar bo’yicha tashkillashtirish, 3.Xalqaro standartlari Tayanch iboralar:OSI model, Ethernet, Token-Ring, FDDI, MAC, IEEE Project 802-modeli. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko‘p operatsiyalarni amalga oshiriladi, ya’ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to‘liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima, qanday amalga oshirilayotganligining farqi yo‘q, albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga ega bo‘lish yoki tarmoqqa joylashgan boshqa kompyuter resurslariga ega bo‘lish mavjuddir, xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko‘p ishlov berish bosqichlaridan o‘tib boradi. Avvalambor, u bloklarga ajratilib, har biri alohida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi. Hosil bo‘lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so‘ng, elektr signallari yoki yorug‘lik signali yordamida tanlangan ega bo‘lish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytadan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko‘rinishida ulanadi va shundan so‘nggina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo‘ladi. Bu, albatta, bo‘ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon qilinishi. Aytib o‘tilgan ishlarning bir qismi, albatta, dasturlar yordamida amalga oshirilsa, boshqa qismi esa, qurilmalar ishtirokida bajariladi. Butun sanab o‘tilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni bir-biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo‘lishni aynan tarmoq modellari bajarishi lozim. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o‘rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o‘rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interchange) ochiq sistemada axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holatda «ochiq sistema» atamasi o‘zi bilan o‘zi ulanmagan, ya’ni boshqa qandaydir sistemalar bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud sistema tushuniladi (yopiq sistemaga nisbatan). Download 40.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling