Tarmoq adapterlari
Download 96 Kb.
|
Tarmoq adapterlari
Tarmoq adapterlari Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko’p operatsiylarni amalga oshiriladi , ya’ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to’liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima qanday amalga oshirilayotganining farqi yo’q albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga ega bo’lish yoki tarmoqda joylashgan boshqa kompyuter resurslariga ega bo’lish mavjuddir xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko’p ishlov berish bosqichlaridan o’tib boradi. Avalambor u bloklarga ajratilib har biri aloxida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi. Xosil bo’lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so’ng elktr signallari yoki yorug’lik signali yordamida Tanlangan ega bo’lish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytatdan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko’rinishida ulanadi va shundan so’nggina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo’ladi. Bu albatta bo’ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon qilinishi. Aytib o’tilgan ishlarning bir qismi albatta dasturlar yordamida amalga oshirilsa, boshqa qismi esa qurilmalar ishtirokida bajariladi. Butun sanab o’tilgan va bajarilishi lozim bo’lgan muolajalarni(процедуры) bir-biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo’lihni aynan tarmoq modellari bajarishi lozimdir. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o’rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o’rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to’g’ri tashkil qilish imkoiyatini yaratadilar. Mahallliy hisoblash tarmoq qurilmalari abonentlar o’rtasidagi real aloqani ta’minlab beradilar. Tarmoqni loyihalashtirish bosqichida qurilmalarni tanlash juda katta ahamiyatga ega, chunki qurilmalarni narxi umumiy tarmoq narxining katta qismini tashkil qiladi. Aloqa qurilmalarini o’zgartirish esa, nafaqat qo’shimcha mablag’ni talab qiladi, yana qiyin ish hajmini oshishga ham sabab bo’ladi. Mahalliy tarmoq qurilmalariga quyidagilar kiradi: v axborot uzatish uchun kabellar; v kabellarni ulash uchun razemlar; v moslovchi terminatorlar; v tarmoq adapterlari; v repiterlar; v transiverlar; v konsentratorlar; v ko’priklar ; v yo’naltirgichlar (marshrutizatorlar); v shlyuzlar. Ularni ba’zilarini ko’rib chiqamiz. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling