Tarmoq adapterlari
Download 96 Kb.
|
Tarmoq adapterlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Repiterlar
- Yo’naltirgichlar
Transiverlar yoki uzatish va qabul qilish qurilmalari (Transmitter-Receiver, приемопередатчики), ular adapter bilan tarmoq kabeli o’rtasidagi axborotni uzatish uchun xizmat qiladilar yoki tarmoqning ikki qismlari (segment) o’rtasidagi axborot uzatishni amalga oshiradilar. Transiver signalni kuchaytirish, signal qiymatlarini o’zgartirish yoki signal ko’rinishini o’zgartirish (masalan elektr signalni yorug’lik signaliga va teskarisiga) ishlarini bajaradi. Ko’pincha adapter platasiga o’rnatigan qabul qilish va uzatish qurilmasini transiver deb ham yuritiladi.
Repiterlar yoki qaytaruvchi (repeater, повторитель) qurilmasi transiverga nisbatan ancha oddiy vazifani bajaradi. U faqat susaygan signalni qayta tiklab avvalgi, ya’ni uzatilgan vaqtdagi ko’rinishga (amplitudasi va ko’rinishini) keltiradi. Signalni qayta tiklashning asosiy maqsadi, tarmoq uzunligini oshirishdan iborat (4-rasm). Lekin repiterlar ko’pincha boshqa vazifalarni ham bajaradilar, masalan, tarmoqqa ulanadigan qismlarni galvanik ajratish. Repiterlar va transiverlar hech mahal o’zidan o’tayotgan axborotga hech qanday ishlov bermaydilar. Yo’naltirgichlar – har bir paket uchun qulay uzatish yo’lini tanlab, uzatuvchi qurilma. Buning uchun tarmoqning eng ko’p yuklangan qismlarini va buzilgan qismlarini aylanib o’tishi kerak. Ular odatda murakkab shoxlamali tarmoqda ishlatiladi, bu holda alohida olingan abonentlar o’rtasida bir necha aloqa yo’li mavjud bo’lishi mumkin. lokal tarmoqqa xizmat ko`rsatish Xozirgi vaqtda eng ko’p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interconnection) ochiq sitemada axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holtda “ochiq sistema” atamasi o’zi bilan ulanmagan, ya’ni boshqa qandaydir sistemalar bilan aloqa qilih imkoniyati mavjud sistema tushiniladi (yopiq sistemaga nisbatan). Xalqaro standartlar tashkiloti ISO (International Standards Organization) tomonidan 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan. Shundan beri hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo’pol. Tez o’zgarishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar. Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro’y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqda bajariladigan vazifalar(funksiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo’lingan(1-rasm). Yuqori o’rindagi bosqichlar ancha murakkab bo’lib, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pasdagi bosqichlarni o’z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda joylashgan bosqichlar maqsadi – yuqori bosqichga xizmat ko’rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko’rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.
1-rasm. OSI modelining yetti bosqichi Pastda joylashgan bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni bajaradilar. Ideal holda har bir bosqich o’zidan tepadagi va pastdagi bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to’g’ri kelsa, pastgi bosqich esa signalni aloqa kanali orqali uzatishga to’g’ri keladi. 1-rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi. Bir abonentdagi har bir bosqich Sunday ishlaydiki u boshqa abonentning xuddi shu bosqichi bilan aloqasi bordek, ya’ni tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o’rtasida virtual mavjud. Bir tarmoq abonentlari o’rtasidagi real aloqa faqat eng past birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab pastgi bosqichda tugaydi. Qabul qilayotgan abonentda esa qabul qilingan axborot teskari yo’nalishda, pastki bosqichdan boshlab yuqori bosqichga harakat qiladi Axborotning yo’li Hamma bosqich vazifalarini ko’rib chiqamiz. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling