11-mavzu: Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari. Reja
Download 31.28 Kb.
|
portal.guldu.uz-Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zirk- ( Berberis
- Tog‘piyoz ( Allium
Pastki tog‘. Pastki tog‘ga dengiz sathidan 1200-2000 m gacha balandlikda bo‘lgan yerlar kiradi. Bu yuqori adir bilan tutash bo‘lib, uzoq vaqt ko‘karib turadigan efimerlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Efemerlar juda kam bo‘lib, chala buta, buta va daraxtlar tagida o‘sadi. Bu joyning iqlimi yuqori adirdan bir oz farq qiladi. Yillik harorat adirdan 3-40 past, yog‘in miqdori bir oz ko‘p. Yog‘in kuzda, qish va bahorda yog‘adi. Qor va muzliklar qishdagina saqlanadi. Havoning absolyut namligi ancha yuqori bo‘lib, yoz oyida 40-50 % ni tashkil etadi.
Tuprog‘i bo‘z jigar rang bo‘lib, ba’zi joylarda toshloqli yoki chimli kul rang tuproqlar ham uchraydi. Tuprog‘i gumusga boy bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishi uchun qulaydir. Bu poyasda katta xarsang toshlar bilan qoplangan yerlar ham uchraydi. Pastki tog‘da bir yillik va ko‘p yillik kserofil o‘tlardan: bug‘doyiq, esparset, shuvoq, toshkakra, bozulbong, chalov kabilar ancha ko‘p o‘sadi. O‘zbekistonning sharqidagi tog‘larda qor va muzliklar uzoq vaqt yotadi. Nam ancha ko‘p bo‘ladi. Shu sababli bu yerda efemerlar va ko‘p yillik o‘simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha ko‘p o‘sadi. Zirk- (Berberis integerrima Bge)- Mevasi nordon bo‘ladi. Uning ho‘l yoki quruq mevasidan qiyom, murrabbo tayyorlanadi. Mevasi bemorlarni davolashda, issiqni tushiruvchi va chanqovni qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Zirkning po’stlog‘idan sariq bo‘yoq olinadi. Zirk eng yaxshi asalchilik o‘simlik hamdir. Uning ildizida ba’zi alkaloidlar bo‘lganligi uchun dori tayyorlashda keng ishlatiladi. Mahalliy aholi uning foydali ekanligini azaldan biladi va mevasini yig‘ib ziravor sifatida ovqatga solinadi. Zirkning foydasi bilan birga zarari ham bor. Uning bargida zang zamburug‘i dastlabki stadiya davrini o‘tib, keyin donli ekinlarga tushadi va uni zararlaydi. Natijada donli ekinlar hosiliga katta ziyon etkazadi. Tog‘piyoz (Allium pskemense B. Fedtsch.)uni kishilar qadimdan iste’mol qilib, turli kasalliklar (ayniqsa shamollash) ni davollashda keng foydalanib kelingan. O‘zbekistonda piyozlar turkumining 70 dan ortiq turi bor. Ularning ko‘pi yovvoyi holda o‘sadi va mahalliy xalqlar tomonidan keng foydalaniladi. Download 31.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling