11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi
11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi. Reja: 2.Ulgurji savdo korxonalarida tovar kirimining hisobi. Tovarlar sotilishi va boshqa chiqimlarining hisobi. 3.Ulgurji savdo korxonalarida tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi va uni natijalarining hisobi. Ulgurji savdo korxonalarida barcha moddiy–javobgar shaxslar tovarlarning ombor hisobini yuritadilar. Ombor hisobi natural (miqdor) koʻrinishda tovarlarning nomi, navi, soni va bah olari boʻyicha kartochkalarda yoki maxsus kitoblarda yuritiladi. Ushbu hisob registrlariga yozuvlar tovarlarning kirimi va chiqimiga guvohlik beruvchi boshlangʻich hujjatlar asosida qilinadi. Tovarlarning ombor hisobini yuritish ularni omborlarda saqlashning qabul qilingan usul(lar)iga bogʻliq. Tovarlar omborlarda, odatda, har bir kelib tushgan partiyalar yoki ularning nomlari, navlari, kelib tushish baholari boʻyicha saqlanadi. Ushbu belgilariga qarab tovarlarning ombor hisobi partiyali va navli usullarda yuritilishi mumkin. Baholarni erkinlashtirilishi, qat’iy sotib olish baholarini belgilanmaganligi hozirgi sharoitda ulgurji savdo korxonalarida tovarlarning ombor hisobini asosan partiyali usulini keng qoʻllashni ta’qoza etmoqda. Ulgurji savdo korxonasining buxgalteriyasida tovar hisobotlari quyidagi tartibda tekshiriladi va ishlovdan oʻtadi. 1.Hisobot davri (kuni) boshidagi tovar va idishlarning qoldigʻi oldingi davr (kun) uchun tuzilgan hisobot davri (kuni) oxiridagi tovar va idishlarning qoldigʻi bilan taqqoslanadi. Ular oʻrtasida farqni boʻlishi hisobotni notoʻgʻri tuzilganligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. 2.Barcha kirim va chiqim hujjatlarini hisobotning mos ravishda kirim va chiqim boʻlimlarida toʻgʻri aks ettirilganligi yoki ushbu kirim va chiqim hujjatlarni kirim va chiqim hujjatlari reestrida toʻgʻri aks ettirilganligi, reestrlarning umumiy summalarini hisobotda toʻgʻri koʻrsatilganligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |