11-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi Reja
Download 43.77 Kb.
|
11-мавзу.Замонавий молияси мазмуни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Diplo va turli guvohnoma-yu, sertifikat 5 larga doim (ko‘p hollarda) ham ishonavermang.
- 3. Qizil bayroqlar.
- Ikkinchidan
1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang. Ehtimoldan holi emas, bojangiz yoki qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib maqtaydi. Ammo u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaguncha uning maslahatlari o‘z mexanigini unda faqat texnik yordam mashinasi borligi uchungina maqtayotgan kishining gaplaridan ko‘ra ishonchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgandan keyingina ularning gaplariga ishoning. Axir, o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - deb bekorga aytilmagan-ku!;
2. Diplo va turli guvohnoma-yu, sertifikat5larga doim (ko‘p hollarda) ham ishonavermang. Inson moliyaviy maslahatchi lavozimini egallashining o‘zi u tegishli litsenziyaga ega ekanini, ko‘plab imtihonlar topshirganini va doimiy, masalan dunyoning nufuzli joylarida (Davos, Sankt-Peterburg va h.k.) o‘tkaziladigan konferensiyaga o‘xshash ko‘plab konferensiyalar ishtirokchisi bo‘lganini anglatadi. Undan tashqari, hozirgi sharoitda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida tegishli shaxslarni tijorat asosida ana shunday hujjatlar bilan ta’minlovchi ko‘plab firmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois, uning diplom va guvohnoma-yu, sertifi-katlariga ishonishdan oldin undan moliyaviy maslahatchi bo‘lgunga qadar nima ish qilganini so‘rang. Ko‘pchilik bu faoliyat sohasiga savdo sohasidan keladi. Ammo borgan sari ko‘pchilik moliyaviy maslahatchilar buxgalterlik, muhandislik, o‘qituvchilik va yuridik tajribaga ega kishilar bo‘lib chiqmoqda. Esda tuting: faqat ularning oldingi ixtisoslashuvini inobatga olgan holdagina, Siz ularning professional (kasbiy) bilimlaridan o‘z manfaatingiz yo‘lida nafli tarzda foydalana olishingiz mumkin. Buning ustiga, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - deb bekordan-bekorga aytilmagani esingizdan chiqmasin; 3. Qizil bayroqlar. Sizga bozor narxi juda arzon aksiyalarni, soliqni ushlab qolish (to‘lamaslik) huquqini (tax lien), turli tangalar, san’at asarlari, uchqur otlarni sotishga intiladigan va qisqa muddat ichida pulingizni bir necha barobar ko‘paytirib berishga harakat qilayotgan har qanday maslahatchidan uzoqroq yurganingiz ma’qul. Shuning uchun esingizda tursin: bozorlarni, yoki biror “sir tutiladigan” strategiyadan ogohligini baralla aytayotgan har qanday inson yoki ahmoq, yoki firibgardir. Ikkinchidan, “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki, moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur. Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida, hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Olayotgan pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya, ammo aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu mutaxassislar bilan bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni jalb qilish imkonini beradi. Download 43.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling