11-Mavzu. Zigomitsetsimonlar sinfi (Mycor va Sacchoromyces)
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Zigomisitsimonlar sinfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zigomitsimonlar sinfi Zygomycetes Mukornamolar qabilasi Mucorales Mucormucedo turi mucor
11-Mavzu. ZIGOMITSETSIMONLAR SINFI (Mycor va Sacchoromyces) Zigogamiya ko’rinishidagi jinsiy jarayonda esa tashqi tuzilishi jixatidan o’xshash bo’lgan, fiziologik jixatdan esa farq qiladigan ikki xil miselliy shoxchalari bir-biri bilan qo’shiladi. Hosil bo’lgan zigota «zigospora» deb ataladi. U qalin po’st bilan qoplanib, tinchlik davrini o’tkazgach, o’sib shoxlanmagan, qisqa spora bandli yosh sporangiy hosil qiladi. Bu «embrion sporangiy», deb ataladi. Unda ikkala jinsga xos belgilar bo’lgan sporalar (+), (-) hosil bo’ladi .Bu sinf vakillari ko’pgina sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishda qimmatli xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi (masalan, sut, limon, shavel va yantar kislotalarini olishda keng qo’llaniladi).Bu sinfning mug‘ornomolar qabilasi vakillari juda keng tarqalgan. Agar, namiqqan non yoki kesilgan xo’l meva issiq va nam erda qoldirilsa, 2 -3 kunda ularning oq po’panak bosadi, bu mug‘or zamburug‘i miselliysidir. Oq po’panak (Mucor muceda) miseylisi as osan substrat ichida, qisman uning yuzasida joylashib, ulardan sporangiy bandlari ko’tarilib turadi. Bandlarning uchlari qavarib, shar shaklidagi sporangiylarni hosil qiladi. Ularning asosida to’siq yuzaga keladi va u sporangiy ichiga botib, kichkina ko’rinishdagi ustuncha hosil qiladi. Sporangiy ichidagi ko’p yadroli sitoplazma alohida - alohida bir qancha sporalarga aylanadi. Sporangiy po’sti yorilishi bilan sporalar tashqariga chiqadi va shamol ta’sirida tarqalib, qulay sharoitda yangi miletsiyga aylanadi. Zigomitsimonlar sinfi Zygomycetes Mukornamolar qabilasi Mucorales Mucormucedo turi mucor rhombosporus, MUCOR POMIFORMI) Mucor brevipes, Umumiy tushuncha Oq po‘panak (Mycor) zigomitsetsimonlar sinfiga mansub bo‘lib, namiqqan non, ho‘l mevalarda o‘sib chiqadigan saprofit zamburug‘, ovqat mahsulotlarini buza- di. Mitseliysining chiqindisi odam organizmi uchun zararli hisoblanadi. Bu ko‘p uchraydigan oddiy kulrang mog‘ordir. Namiqqan nonga 3—4 kun oldin zamburug1 sporalari sepiladi va harorati 2327° С gacha bo‘lgan termostatga yoki qorong‘i joydagi qalpoqchali idishga qo‘yiladi. Oziqlantiruvchi muhitini qoplab olgan oq po‘panak ko‘rinishidagi mitseliy- lari aniqlanadi. Sporangiybandi va uning uchidagi sporali, qora rangli sporangiy yaxshi ko‘rinadi Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling