11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana29.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1733312
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)

1-savolga javob: 
Tuzlar ko‘p holatlarda asoslar bilan kislotalarning orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi. Bu 
jarayonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farq qiladi. Tuzlar bilan suv orasida 
almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Yunonchada “gidro” – suv, “lizis” 
– ajralish degan ma’noni bildiradi. Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro
ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi. 
Tuzlarning tarkibidagi ionlarga ko‘ra quyidagi gidroliz reaksiyalari farqlanadi: 
1. Kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzning 
gidrolizi 
NH
4
Cl + HOH = NH
4
OH + HCl 
NH
4
+
+ Cl
-
+ HOH =NH
4
OH + H
+
+ Cl
-
NH
4
+
+ HOH = NH
4
OH + H
+
Yuqoridagi reaksiyalardan ko‘rinib to‘ribdiki, gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (NH
4
OH, 
Mg(OH)
2
) kationlarning (NH
4
+
va Mg
2+
) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday 
reaksiyalar kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti 
kislotali bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglamalarda vodorod ionlari (H
+
) hosil bo‘lmoqda. Bu esa eritmada 
vodorod ionlari (H
+
) gidroksid ionlaridan (OH

) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada kislotali muhit hosil 
bo‘ladi. 
2. Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari: Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan 
tuzlar.
CH
3
COONa + HOH = CH
3
COOH + NaOH 
CH
3
COO
-
+ Na
+
+ HOH = CH
3
COOH + Na
+
+ OH
-
CH
3
COO
-
+ HOH = CH
3
COOH + OH
-


Bu gidroliz reaksiyasida atsetat anionining suv bilan ta’sirlashishi natijasida kuchsiz elektrolit – sirka kislotasi 
hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi.
Bu reaksiyalarda eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglamalarda gidroksid ionlari (OH

) hosil 
bo‘lmoqda. Bu eritmada gidroksid ionlari (OH

) vodorod ionlaridan (H
+
) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada
ishqoriy muhit hosil bo‘ladi. 
3. Ham kation, ham anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlarning gidrolizi. 
CH
3
COONH
4
+ HOH=CH
3
COOH + NH
4
OH 
CH
3
COO
-
+ NH
4
+
+ HOH = CH
3
COOH + NH
4
OH 
Bu gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (CH
3
COOH, NH
4
OH) ham kation (NH
4
+
), ham anion 
(CH
3
COO

) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar ham kation, ham 
anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalardeyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti neytral bo‘ladi. 
Chunki bu eritmada gidroksid ionlari (OH–) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng. Natijada neytral muhit hosil 
bo‘ladi.
4. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlari gidrolizga uchramaydi. Gidroliz reaksiyalarini
ta’rifida gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishi aytilgan edi. Bu reaksiyalarda esa kuchsiz 
elektrolit hosil bo‘lmaydi. Bu reaksiyalarda ham eritma muhiti neytral bo‘ladi. Chunki toza suvda gidroksid 
ionlari (OH–) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng.
Cho‘kmalar ham gidrolizga uchramaydi. Misol qilib, CaCO
3
ni olishimiz mumkin. CaCO

suv bilan deyarli 
ta’sirlashmaydi. Suv bilan ta’sirlashmagani sababli gidroliz reaksiyasiga kirishmaydi.
Tuzlar gidrolizi haroratga, eritma konsentratsiyasi va eritma muhitiga bog‘liq. 
Gidroliz jarayoni harorat ko‘tarilganda tezlashadi, va aksincha harorat pasaytirilganda sekinlashadi. Masalan: 
issiq havoda oziq moddalarining sifatini tezda buzilib qolishi bizlarga ma’lum. Bunga sabab organik mod
dalarning gidroliz reaksiyasi natijasida parchalanishidir. Shu sababdan gidroliz jarayonini sekinlashtirish uchun 
ozuqa moddalarini past haroratda (muzlatkichda) saqlanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling