11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savolga javob
- 1-savolga javob
- Qutbsiz kovalent bog‘lanish
- . Qutbli kovalent bog‘lanish
- . Ion bog‘lanish
2. N
2 +H 2 → NH 3 da azotning sarflanish tezligi 5 mol/l min. Reaksiya 2 litrli idishda olib borildi N 2 ning konsentratsiyasi 10 mol/l dan 5 mol/l ga kamaydi. Reaksiya necha sekund davom etdi? Formuladan ʋ= 𝛥𝑛 𝑉∗𝑡 →tni topib olamiz: t= 𝛥𝑛 𝑉∗ʋ ; Azot konsentratsiyasini hisoblaymiz: 𝛥𝑛=15-5=10 mol azot konsentratsiyasi Formulaga qo`yib vaqtni topamiz; t= 𝛥𝑛 𝑉∗ʋ = 10 5∗2 =1 minut = 60 sekund; 3-savolga javob: Choʻkma hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiyalarni tajribada bajaring va ularni izohlang. 1. Cho‘kma hosil bo‘ladigan reaksiyalar: Pb(NO 3 )2+ 2KJ = PbJ 2 ↓+ 2KNO 3 (molekulyar tenglama) Pb 2+ + 2NO 3- + 2K + + 2J=PbJ↓+2K + + 2NO 3- (to'liq ionli tenglama) Pb 2+ + 2J=PbJ 2 ↓(qisqa ionli tenglama) 5-BILET 1. Kimyoviy bogʻlanish va ularning turlari. Misollar bilan tushuntiring. 2. KMnO 4 +Na 2 O 2 +H 2 SO 4 →MnSO 4 +Na 2 SO 4 +K 2 SO 4 +O 2 +H 2 O reaksiyada 5.6 l O 2 ajralgan boʻlsa KMnO 4 ning massasini aniqlang? 3. Ammoniy tuzlariga ishqorlarning ta’sirini tajribada bajaring va izohlang. 1-savolga javob: Kimyoviy bog‘ deganda atomlarning o‘zaro ta’sirlanishi natijasida molekulalar, ionlar, radikallar va kristallarning o‘zaro bog‘lanishi tushuniladi. Kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishida: atomlarning juftlashmagan elеktronlari; bitta orbitalda joylashgan juft elеktronlar; bo‘sh (vakant) orbitallar ishtirok etishi mumkin.Kimyoviy bog‘lanish enеrgiyasi, bog‘lanish uzunligi, bog‘lar orasidagi burchak (valеnt burchagi) va bog‘lanish tartibi kimyoviy bog‘lanishlarning asosiy tavsifi hisoblanadi.Kimyoviy bog‘ni uzish uchun zarur bo‘lgan eng kam enеrgiya miqdori bog‘lanish enеrgiyasi dеyiladi. U Е bilan bеlgilanib, kJ/mol va kkal/mol da o‘lchanadi. Bog‘lanish enеrgiyasi qanchalik katta bo‘lsa, bog‘lanish shunchalik barqaror bo‘ladi. Bog‘lanish enеrgiyasining qiymati o‘zaro birikuvchi atomlarning tabiatiga, bog‘lanish turi va tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy bog‘ning uzunligir harfi bilan bеlgilanib, A(nm)da ifodalanadi. Bog‘ning uzunligi dеb, kimyoviy bog‘lanishning hosil bo‘lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari o‘rtasidagi masofa tushuniladi. Uchta gaz molekulasini ko‘radigan bo‘lsak chapdan o‘ngga tomon kimyoviy bog‘lanish energiyasi kamayadi, uzunligi esa ortadi. Bog‘lanishlar tartibi ortishi bilan bog‘ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.Atomlar birinchi navbatda juftlashmagan elеktronlar hisobiga kimyoviy bog‘ hosil qiladi. Kimyoviy bog‘lanishlarning kovalent, ionli, metall va vodorod kabi turlari bor. Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalеnt bog‘lanish hosil bo‘lishida atomning tashqi elеktron qavatidagi barcha toq elеktronlar va ba’zan juft elеktronlar ham ishtirok etadi. Hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lar elektron bulutlarning joylashuviga ko‘ra σ- “sigma” va π- “pi” bog‘lanishlarga farqlanadi. Sigma bog‘lanish –ikkala birikuvchi atomlarning yadrolarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq (chiziqlar) bo‘ylab joylashgan bog‘lanishdir. π-bog‘lanish fazoda σ-bog‘lanishga nisbatan pеrpеndikulyar joylashgan tеkislik bo‘yicha elеktron orbitallarning o‘zaro qoplanishidan hosil bo‘ladigan bog‘lanishdir. π-bog‘lar asosan qo‘shbog‘ yoki uchbog‘ hosil bo‘lganda yuzaga kеladi. Barcha birlamchi bog‘lar, qo‘sh va uchbog‘lar -dan bittasi σ-bog‘lardir, qolganlari π-bog‘lar bo‘lib, ular σ-bog‘lariga nisbatan kuchsizdir. Kimyoviy bog‘lanishlarni turlicha ifodalash qabul qilingan. Masalan, elementning kimyoviy belgisiga qo‘yilgan nuqtalar ko‘rinishidagi elektronlar yordamida. Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H 2 , F 2 , Cl 2 , O 2 , N 2 kabi oddiy mod -dalarning molekulalarida bo‘ladi. Qutbli kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari jihatidan bir- biridan keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy ele ktron juft elektr manfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Natijada kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Qutbli bog‘lanishli molеkulalar qatoriga: H 2 O, NH 3 , HCl, HF, HBr, HJ, H 2 S, H 2 Sе, H 2 SO 4 larni kiritish mumkin. Kovalent bog‘lanish hosil bo‘lishining boshqacha – donor-akseptorli mexanizmi ham bo‘lishi mumkin. Bu holda kimyoviy bog‘lanish bitta atomning ikki elektronli buluti bilan boshqa atomning erkin orbitali hisobiga vujudga keladi. Misol tariqasida ammoniy ioni NH4+ning hosil bo‘lishi. Elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi atomlar o‘zaro ta’sirlashganda ion bog‘lanish hosil bo‘ladi. Ion bog‘lanish elektrostatik nazariya asosida tushuniladi. Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi natijasida hosil bo‘ladigan qaramaqarshi zaryadli ionlar elektrostatik kuchlar vositasida o‘zaro tortishib, ularning tashqi qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 (dublet) elektroni bo‘lgan barqaror sistema hosil qiladi. Masalan, tipik metallar (litiy Li, natriy Na, kaliy K), tipik metallmaslar, asosan, galogenlar bilan ion bog‘lanish hosil qiladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling