11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana29.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1733312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)

2-savol javobi
2AuCl
3
+H
2
O=2Au+3Cl
2
+H
2

607________100% 
x_________10% x = 60,7 g AuCl

E(AuCl
3
)=303,5:3=101,16
t=m*F/E*I=60,7*96500/101,16*4=14475 sekund 
3-savol javobi
Aluminiy gidroksid amfoter xossaga ega. U kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishib, tuzlar hosil 
qiladi. 
2Al(OH)
3
+ 3H
2
SO
4
= Al
2
(SO
4
)
3
+ 6H
2
O, 
Al(OH)
3
+ 2KOH= KAlO
2
+ 2H
2
O. 
2-BILET 


1. Kvant sonlari Pauli prinsipi Hund qoidasi Klechkovskiy qoidasi. 
2. 2,5 M Fe
2
(SO
4
)
3
 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang. 
3. Tajribada uglerod (IV) oksid olish va uning xossalarini koʻrsatish va izohlash. 
1-savol javobi
Elеktronlarni orbitallar bo‘ylab joylashtirishda 2 ta asosiy qoidaga amal qilinadi: enеrgiyaning eng kichik 
qiymatiga ko‘ra (Klеchkovskiy qoidasi) va Pauli prinsipi. Pauli prinsipiga ko‘ra аtomda to‘rttala kvant sonlari bir 
xil qiymatga ega bo‘lgan elektronlar mavjud bo‘la olmaydi. Bu prinsip bosh kvant sonnning turli qiymatlariga 
muvofiq keladigan energetik pog‘onalardagi elektronlarning maksimal soni N ni hisoblashga imkon beradi: N = 2n
2
Klechkovskiy qoidasiga muvofiq, atomda energetik holatlarning elektronlar bilan to‘lib borish tartibi atomning 
bosh va orbital kvant sonlari yig‘indisining minimal qiymatli bo‘lishi uchun intilishiga bog‘liq; boshqacha 
aytganda, ikki holatning qaysi biri uchun (n + l) yig‘indisi kichik bo‘lsa, o‘sha holat, birinchi navbatda, elektronlar 
bilan to‘la boshlaydi; agar ikkala holat uchun (n + l) qiymati bir-biriga teng bo‘lsa, birinchi navbatda, bosh kvant 
soni n kichik bo‘lgan holat elektronlar bilan to‘lib boradi. Yuqoridagilarga asosan elektron orbitallarining 
energiyalari qiymatiga ko‘ra joylashtirsak, quyidagi qator yuzaga keladi: 
1s< 2s < 2p < 3s < 3p < 4s < 3d < 4p < 5s < 4d < 5p < 6s < 4f < 5d < 6p < 7s < 5f < 6d 
Ko‘p elеktronli atomlarda elеktronlar soni ortib borishi bilan ular joylashi shi mumkin bo‘lgan orbital (yachеyka) 
lar ham ortib boradi. (n + l) yig‘indisining minimal qiymati birga teng bo‘lganligi uchun vodorod atomining yagona 
elektroni shunday holatda bo‘ladiki, unda n = 1,l = 0 va ml = 0 dir. Vodorod atomining turg‘un holati 1 s
1
simvoli 
bilan belgilanadi, bu simvolda birinchi o‘rinda turgan arab raqami «1» bosh kvant son qiymatini ko‘rsatadi, sharfi 
orbital kvant soni va orbitalning shaklini xarakterlaydi, sharfining tepasidagi daraja esa elektronlar sonini ko‘rsatadi. 
Ba’zan elektronlar holatini ifodalash uchun quyidagi uslubdan foydalaniladi. Orbital katak (kvant yacheyka) 
shaklida, elektron strelka bilan belgilanadi (strelka ning yo‘nalishi elektron spinning oriyentatsiyasini ko‘rsatadi). 
Bu usulda vodorod atomidagi elektron holat 1s ↑ shakl bilan ifodalanadi, n + l = 1 bo‘lganligi sababli, geliy atomi 
uchun bu holatda ikkita elektron bo‘lishi mumkin (N = 2n
2
= 2); geliy atomining ikkala elektroni uchun ml va l ning 
qiymatlari bir-biriga teng. Bu elektronlar faqat spinlarning yo‘nalishi bilan farq qiladi va 1s
2
ko‘rinishidagi elektron 
formula bilan ifodalanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling