11-sinf 1-blok 1-variant 2021–2022 o`quv yili
Test topshiriqlarini bajarayotgan o`quvchi uchun eslatma!
Hurmatli o`quvchi!
Siz uchta o`quv fanidan test topshiriqlariga javob berishingiz lozim. Har bir predmetdan 15 ta test topshirig`i berilgan. Ulardan 10 tasi javobi tanlanadigan, 5 tasi javobi yoziladigan testlardir. Test topshiriqlarini bajarish uchun sizga har bir savol uchun 2 daqiqadan, jami 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
Siz javobi tanlanadigan testdan faqat bitta to`g`ri javobni tanlab javoblar varaqasiga test raqami ostidagi katakka yozib qo`yasiz.
Masalan:
Qaysi qatorda ko`p ma’noli so`z berilgan?
A) Daraxt B) Qo`l C) Non D) Kitob
Javobi yoziladigan test savolini o`qib javoblar varaqasida bo`sh qoldirilgan joyga qisqa javobni ham yozib qo`yasiz.
Masalan:
11. Oilaning asosi kimlar?
Ota-ona
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Barcha savollarga javob berishga harakat qiling, agarda navbatdagi test topshirig`ini bajara olmasangiz vaqt ketmasdan keyingi topshiriqni bajarishga o`ting.
Agar test jarayonida sinfdoshlaringiz bilan gaplashsangiz, o`rningizdan tursangiz, savol va javob varaqalarni boshqa o`quvchilarga bersangiz sizning bahongiz nol hisoblanadi va testdan chetlashtirilasiz!
Hamkorligingiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |