ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI SIRTQI BO`LIM ELEKTR ENERGETIKA YO`NALISHI 1-BOSQICH S 04-22 GURUH TALABASI UMMATALIYEV JASURBEKNING FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI - 11-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu:
- O‘zgaruvchan tok zanjirida qarshiligi R bo‘lgan qarshilik, induktivligi L bo‘lgan g‘altak va sig‘imi C bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan holda tok zanjirining to‘la qarshiligi
- ifoda bilan aniqlanishi Sizlarga ma’lum.
- Bundan, agar XC = XL bo‘lib qolsa, XC – XL = 0 ayirma nolga teng bo‘lib, Zmin = R bo‘lib qolishi kelib chiqadi.
- Demak, bu sharoitda zanjirdagi tok kuchining amplitudasi ortib ketar ekan. Bu hodisaga elektr zanjiridagi rezonans deyiladi. Rezonans kuzatilishi uchun
- shart qanoatlantirilishi kerak.
- Biz aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lgan tebranish konturida hosil bo‘ladigan erkin tebranishlar chastotasi ifoda bilan aniqlanishini bilamiz.
- U holda zanjirda rezonans vujudga kelishi uchun zanjirga qo‘yilgan tashqi davriy kuchlanish chastotasi zanjirning xususiy chastotasiga teng bo‘lishi zarurligi kelib chiqadi.
- ωrez = ω0 . 3.21-rasmda zanjirdagi tok kuchining amplitudaviy qiymatining unga qo‘yilgan tashqi kuchlanish chastotasiga bog‘liqlik grafigi keltirilgan.
- Im ning chastotaga bog‘liq grafigi resonans egri chizig‘i deyiladi.
- Chunki, rezonans vaqtida tok ortishi bilan g‘altak va kondensatordagi kuchlanishlar birdaniga ortadi. Ularning qiymati tashqi kuchlanish qiymatidan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
- Rezonans vaqtida induktiv g‘altak va kondensatordagi kuchlanish tebranishlari amplitudasi quyidagicha bo‘ladi:
- Tebranish konturlarida shart bajariladi.
- Shuning uchun g‘altak va kondensatordagi kuchlanishlar zanjirga qo‘yilgan kuchlanishdan ortiq bo‘ladi va R kamayishi bilan ortib boradi.
- Umuman olganda, aktiv qarshilikning katta qiymatlarida rezonans amalda kuzatilmaydi.
- Rezonans davrida o‘zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymati bilan umumiy kuchlanish amplitudasi bir xil fazada tebranadi. Rezonans hodisasidan texnikada keng foydalaniladi.
-
- Radiopriyomniklarda tashqaridan keladigan ko‘plab radiostansiyalar ichidan kerakli stansiya signallarini ajratib olish rezonans hodisasiga asoslangan.
- Bunda priyomnikning kirish qismidagi tebranish konturidagi sig‘im yoki induktivlik qiymati o‘zgartirilib, uning xususiy chastotasi, qabul qilinishi kerak bo‘lgan stansiya signali chastotasiga teng qilib sozlanadi.
- Konturda aynan mana shu tanlangan chastotali signal uchun rezonans hodisasi ro‘y berib, uning hosil qilgan kuchlanishi eng katta bo‘ladi. Elektrotexnik qurilmalarda ham rezonans hodisasi hisobga olinadi.
- Chunki, rezonans davrida g‘altak yoki kondensatorda kuchlanishning ortib ketishi unda elektr teshilishlari (proboy) sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |