11-sinf Informatika va
-BILET Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
Download 401.91 Kb.
|
11 sinf informatika bilet...
Formulaning qiymati: 1048065 ga teng
6-BILETAxborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.Kompyuter belgilarning o`zini emas, balki shu belgilarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda belgilar signalning ikkita (magnitlangan yoki magnitlanmagan; tok bor yoki tok yo`q va h.k.) qiymati bilan ifodalanadi. Shartli ravishda bu signalning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo`lib, bunday kodlash axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Shuning uchun kompyuterda saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va uzatilayotgan axborot (son, matn, rasm, tovush) 0 va 1 raqamlarining ketmaketligi ko`rinishida kodlanishi shart. Ikkilikda kodlash orqali barcha axborot ikkita belgidan iborat, ya‘ni quvvati 2 ga teng bo`lgan alifbo tilida xabar ko`rinishida yoziladi. Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo`llanadi, ya‘ni axborotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ketmaketligi ko`rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun zarur bo`lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilikda kod lashda faqat 2 ta belgi qatnashgani uchun m ta razryadli (xonali, uzunlikdagi) bir-biridan farqli variantlar soni N=2m formula bilan hisoblanadi. Masalan, diada kodida 22=4 ta, triada kodida 23=8 ta, tetrada kodida 24=16 ta birbiridan farqli variant borligini ko`rgansiz. Agar ikkilik raqamidan iborat kod uzunligi 8 ta razryadli bo`lsa, u holda 28=256 ta turli xil belgini kodlash mumkin bo`ladi. Umuman, bizga B ta signalni yoki belgini ikkilikda kodlash kerak bo`lsa, u holda ikkilik kodi uzunligi (razryadi) bo`lgan m soni quyidagi tengsizlikdan aniqlanadi: 2m–1 < B ≤ 2m Masalan, 123 ta ismni kodlash uchun 2m–1 < 123 ≤ 2m tengsizlikdan ikkilik kodi uzunligi 7 ga teng ekanligini aniqlaymiz. Kompyuterda yuqori va quyi registrdagi lotin va kirill harflari, o`nlik sanoq sistemasi raqamlari, qavslar, tinish belgilari, arifmetik amal va boshqa belgilarni kodlash uchun 8 razryadli ikkilik kodlari yetarli bo`ladi. Shu uzunlikdagi ikkilik kodlari asosida jahon andazalaridagi quyidagi kodlash jadvali – ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan. Download 401.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling