11-sinf Informatika va
MS Excel. Agar А1=20; А2=8; А3=16 bo`lsa, «=СРЗНАЧ(А1:А3)+ СТЕПЕНЬ(А3;2)*А1- А3» formulaning A6 yacheykadagi qiymati nechaga teng bo`ladi?
Download 401.91 Kb.
|
11 sinf informatika bilet...
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-BILET
- PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish.
3. MS Excel. Agar А1=20; А2=8; А3=16 bo`lsa, «=СРЗНАЧ(А1:А3)+ СТЕПЕНЬ(А3;2)*А1- А3» formulaning A6 yacheykadagi qiymati nechaga teng bo`ladi?MS Excel dastur orqali jadval yaratib olamiz. Quyidagi kataklarga ularning qiymatlarini kiritamiz : А1=20; А2=8; А3=16. So`ngra A6 katakka «=СРЗНАЧ(А1:А3)+ СТЕПЕНЬ(А3;2)*А1-А3»formulani kiritamiz va ENTER tugmasini bosamiz. Bizda natija tayyor: Formula qiymati: 5118,6666667 ga teng 8-BILETAxborot texnologiyalari.«Texnologiya» so`zi yunoncha (grekcha) «techne» – san‘at, mohirlik, hunar va «logos» – fan so`zlaridan tashkil topgan. U aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketmaket bajarilishini ko`zda tutadi. Ixtiyoriy jarayonni to`liq o`rganishda, u to`g`risida to`plangan ma‘lumotlar hajmi, ma‘lumotlarning o`zaro bog`liqligi darajasi shunchalik murakkab bo`ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to`liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mum kinligini ko`rsatdi. Bunda asosiy o`rinni texnik vositalar – kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko`rsatib o`tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish.PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam bu shaffof qog` oz bo ` lib, PhotoShopda qatlamga qo`shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. Har bir qatlamdagi tasvimi boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin. PhotoShop suratga qo`shilgan yangi tasvirlami avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin. Qatlamlar bilan ishlash uchun asosiy menyuning (Qatlamlar) bo`limida joylashgan buyruqlardan foydalanish mumkin. Lekin (Qatlamlar) palitrasidan foydalanish yanada qulay. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning (Oyna) bo'limidagi (Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak. Bu palitraning ko`rinishi rasmda ko`rsatilgan. Undagi tugmalaming vazifalari bilan tanishib chiqamiz. A. Yashirin palitralar; B. Yashirin palitralami ochish; C. (Qatlamlar) jildi; D. Kanallar) jildi; E. (Konturlar) jildi; F. Palitrani yashirish va ochish tugmasi; G. Palitraning menyusi tugmasi; H. Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); I. Qatlamga bo`yoq quyish (0 dan 100 gacha); J. Qatlamning qotirilganligi belgisi; K. Tanlangan qatlamlami bir-biri bilan bog`laydi; L. Qatlamga stil qo`shadi; M. Niqob qatlam yaratadi; N. Yangi korreksion qatlam yaratadi; O. Qatlamlaming yangi gumhini yaratadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. Tanlangan qatlamni o`chiradi; R. Qatlamni ko`rsatadi yoki yashiradi. Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o`zgartirib bo`lmaydi. Boshqa qatlamlaming o`rnini almashtirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo'yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo'lsa, undan keyingi qatlam biroz ko`rinib turadi. Download 401.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling