11-sinf Informatika va


-BILET Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi


Download 401.91 Kb.
bet8/42
Sana03.12.2023
Hajmi401.91 Kb.
#1806760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
11 sinf informatika bilet...

Formulaning qiymati: 1048065 ga teng

6-BILET

  1. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.


Kompyuter belgilarning o`zini emas, balki shu belgilarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda belgilar signalning ikkita (magnitlangan yoki magnitlanmagan; tok bor yoki tok yo`q va h.k.) qiymati bilan ifodalanadi. Shartli ravishda bu signalning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo`lib, bunday kodlash axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Shuning uchun kompyuterda saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va uzatilayotgan axborot (son, matn, rasm, tovush) 0 va 1 raqamlarining ketmaketligi ko`rinishida kodlanishi shart. Ikkilikda kodlash orqali barcha axborot ikkita belgidan iborat, ya‘ni quvvati 2 ga teng bo`lgan alifbo tilida xabar ko`rinishida yoziladi. Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo`llanadi, ya‘ni axborotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ketmaketligi ko`rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun zarur bo`lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilikda kod lashda faqat 2 ta belgi qatnashgani uchun m ta razryadli (xonali, uzunlikdagi) bir-biridan farqli variantlar soni N=2m formula bilan hisoblanadi. Masalan, diada kodida 22=4 ta, triada kodida 23=8 ta, tetrada kodida 24=16 ta birbiridan farqli variant borligini ko`rgansiz. Agar ikkilik raqamidan iborat kod uzunligi 8 ta razryadli bo`lsa, u holda 28=256 ta turli xil belgini kodlash mumkin bo`ladi. Umuman, bizga B ta signalni yoki belgini ikkilikda kodlash kerak bo`lsa, u holda ikkilik kodi uzunligi (razryadi) bo`lgan m soni quyidagi tengsizlikdan aniqlanadi:
2m–1 < B 2m Masalan, 123 ta ismni kodlash uchun 2m–1 < 123 2m tengsizlikdan ikkilik kodi uzunligi 7 ga teng ekanligini aniqlaymiz. Kompyuterda yuqori va quyi registrdagi lotin va kirill harflari, o`nlik sanoq sistemasi raqamlari, qavslar, tinish belgilari, arifmetik amal va boshqa belgilarni kodlash uchun 8 razryadli ikkilik kodlari yetarli bo`ladi. Shu uzunlikdagi ikkilik kodlari asosida jahon andazalaridagi quyidagi kodlash jadvali – ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan.

  1. Download 401.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling