11-sinf. Mavzular ortib borish tartibida joylashtirilgan. Orada mavzular


-sinf test sinovi (39-63-betlardan)


Download 214.98 Kb.
bet3/12
Sana22.10.2020
Hajmi214.98 Kb.
#135436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf test(00)


11-sinf test sinovi (39-63-betlardan)

1.Nurlarning kam qismigina ozon ekranidan o’tib, yer

yuziga yetib keladigan nurning tirik organizmlarga ta’siri

nimaga bog’liq?

A)to’lqin uzunligi va miqdoriga

B)to’lqin uzunligi va yorug’likga

C)tabiatiga

D)yorug’lik va tabiatga

2. . To’g’ri fikr berilmagan javobni toping.

A)harorat sutka davomida yil fasllari bilan bog’liq holda

mavsumiy hamda geografik zonallik jihatdan o’zgaruvchan

omildir

B)mo’tadil iqlimli mintaqalarning o’simliklari tilning uzun

kunli davrlarida gullaydi.

C)fototropizm o’simlik organlarining yorug’lik tomonga

o’sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi

D)cheklovchi omilning ta’sir kuchi har qancha

o’zgartirilsa ham organizm hayot faoliyatiga ta’sir

ko’rsatmaydi

3. Sutkaning yorug’ va qorong’u vaqti almashishi bilan

bog’liq harakatlar ko’rinishida namoyon bo’ladigan

jarayonga misol bo’ladigan organizmlarni belgilang.

A)boychechak, qoqio’t, binafsha

B)binafsha, namozshomgul

C)qoqio’t, atirgul

D) qoqio’t, lola, namozshomgul

4. Kalmar, shaqildoqning maxsus organlar yordamida sezish

qobiliyatiga ega bo’lgan nur qaysi va ularga qanday

imkoniyat beradi?

A)infraqizil nurlar, ov qilish imkonini beradi

B)ultrabinafsha nurlar, hech qanday imkon bermaydi

C)ko’rinadigan nurlar, tunda harakatlanish

D)bu hayvonlar hech qanday nurni sezmaydi

5. Fotoperiod qanday omil hisoblanadi?

A)yorug’likni belgilovchi omil

B)organizmdagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy

bioritmlar uzviyligini belgilaydi.

C)Fiziologik jarayonni belgilaydi

D)ekologik omil

6. Harorat katta rol o’ynaydigan jarayonlar?

1)tirik organizm yer shari bo’ylab tarqalishi; 2)ularning

xulq-atvori, hatti-harakati namoyon bo’lishi ; 3)oziqlanishi;

4)yashash muhiti

A)3,4,1,2 B) 1,4,3 C) 4,2 D)2,1

7.Qisqa kun o’simliklari qanday mintaqada o’sadi?

A) mo’tadil, subtropik B) tropik, subtropik

C) ekvotarial, mo’tadil D) mo’tadil

8. Edafik omillarga quyidagilarning qaysilari kirmaydi?

A)namlik, zichlik B)mineral tarkibi

C)organik moddalar miqdori D)qiyalik tikligi

9. Fototaksis qobiliyatiga ega organizmlarga xos

xususiyatlarni aniqlang. 1)yorug’lik sezuvchi tuzilmalarga

ega; 2)erkin harakatlana olmaydi; 3)faqat fotosintez usulida

oziqlanadi; 4)geteratrof oziqlanadi; 5)harakatlanish

organoidlari mavjud; 6)harakat yo’nalishi ta’sir yo’nalishiga

bog’liq;

A)1,3,6 B)2,3,5 C)4,5,6 D)1,2,6

10. Fotoperiodizm hodisasi haqidagi to’g’ri fikrlarni

aniqlang.

1) yorug’lik ta’sirida o’simliklarning yorug’lik yo’nalishiga

bog’liq holda harakatlanishi fotoperiodizm deyiladi; 2)

o’simliklar hayot faoliyatining yil mavsumlari bilan

sinxronlashishi fotoperiodizm deyiladi; 3)o’simlik va

hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi kun uzunligiga

bog’liqligi fotoperiodizm deyiladi; 4)tirik organizmlardagi

fiziologik jarayonlar faolligining yorug’ kun uzunligiga

bog’liqligi fotoperiodizm deyiladi; 5) fotoperiodizm

hodisasini tajribada o’simlik va hayvonlarda yoritishni

sun’iy o’zgartirib kuzatish mumkin; 6) fotoperiodizm

asosida o’simlik va hayvonlarda evolutsiya davomida

maxsus davriy takrorlanib turuvchi biologik ritmlar paydo

bo’lgan; 7)o’simliklar ko’rinadigan nurlarni fotopigmentlar

orqali o’zlashtirilishi fotoperiodizm deyiladi.

A)1,2,3,4 B)1,5,6,7 C)2,3,4,7 D)3,4,5,6

11. Infraqizil nuri uchun xos bo’lgan xususiyatlarni

aniqlang. a)eng ko’p to’lqin uzunlikka ega; b)odamni ko’zi

ilg’amaydi; c)yerga yetib keladigan quyosh nurini foiz

jihatdan ko’rinadigan nurdan yuqori hisoblanadi; d)uning

ko’p yoki kam bo’lishi quyosh nurini qay holatda tushishiga

bog’liq; e)to’lqin uzunligi 750 nm dan 100 nmga yetadi.

A)a,b,c B)e,a,b,d C)e,c D)d,a,b

12. Tolerantlik zonasi organizm uchun quyi-yuqori

chegaradan o’tib ketishi ta’sirida qanday holat yuzaga

keladi? A)o’lim-o’lim

B)o’lim-hayot

C)hayot-o’lim D)hayot-hayot

13. Evribiont nima?

A)chidamilik chegarasi tor bo’lgan organizmlar

B) biotic va abiotik omillar yig’indisi

C) chidamlilik chegarasi keng bo’lgan organizmlar

D) o’zgargan muhitga moslanish

14. Yerga yetib keluvchi quyosh nurlarining 1%ini tashkil

etuvchi spektrga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni aniqlang.

a)to’lqin uzunligi 0,39 mkm bo’lishi mumkin; b)yuksak

biologik faollikka ega; c)to’lqin uzunligi 0,38 mkm bo’lishi

mumkin; d)ayrim hujayralarni jarohatlab, ba’zi hujayralarni

hosil qiladi; e)teri pigmentini hosil qiladi; f)uning

yetishmasligi tuz almashinishi buzilishiga sabab bo’ladi;

h)to’lqin uzunligi 0,3mkm<…<0,4mkm; i)to’lqin uzunligi

0,4mkm<…<0,3mkm

A)b,c,e,f,h B)b,c,e,f,i C)b,d,h D)c,d,e,f,h

15. Biotik omillar nechta guruhga ajratiladi?

A)2 ta B) 3 ta D) 4 ta D) 5 ta

16. Quyidagi qaysi omillar nisbatan o’zgarmas hisoblanadi?

1)Yerning tortish kuchi; 2)quyosh doimiyligi; 3)okean

suvlarining tuz tarkibi; 4) atmosferaning xususiyatlari;

5)tuproq tarkibi; 6)harorat; 7)shamol; 8)namlik

A)4,5,6,2 B)8,7,2,3 C)1,2,3,4 D)1,4,6,8

17.O’simliklar hosildorligi tuproq tarkibida kam miqdorda

bo’ladigan mineral moddalarga bog’liqligini kim aniqladi?

A)Yustus Fon Libix B)Sukachev

C)Tensli D)Aleksandr Gumbold

18. Abiotik omillar nechta guruhga bo’linadi?

A)2 ta B) 3ta C)4 ta D) 5 ta

19. Havo harorati qayerda deyarli o’zgarmaydi?

A)okean qa’rida B)quruqlikda

C)tog’likda D)g’orlar tubida va o’rmonlarda

20. Shamolning salbiy ta’siri qaysi hayvonlar uchun xavfli

hisoblanadi?

A)sichqon, burga B)zebra, arxar

C)sug’ur, latcha D)podolariy, bo’rsiq

21. Organizmning yashab qolishini optimum chegarasidan

eng ko’p og’adigan ekologik omil belgilaydi.

Yuqoridagi fikr haqida aysi javob to’g’ri emas?

A)Ekosistemaning kelajagini oldindan aytib berish uchun

eng nozik va zaif jihatini aniqlash kerak

B)Bu cheklovchi qonun ta’rifi

C) Libixning nomi bilan bog’liq

D)maksimum qonun hisoblanadi

22. ………… har bir turning tarqalish arealini belgilaydi?

A)ekologik nisha B)cheklovchi omil

C)evribiontlar D)toleranlik

23. Kosmopolitlar nechtasi to’g’ri (1) va noto’g’ri(2)

ko’rsatilgan?

a)pashsha; b)kolibri; c)suvarak; d)koala;e)burga; f)kalamush

A)1-2; 2-3 B)1-3; 2-3 C)1-2; 2-4; D)1-4; 2-2

24. Ekologik nisha nima?

A)turning biotizim sifatida mavjudligini belgilab

beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig’indisi

B) populyatsiyaning biotizim sifatida mavjudligini belgilab

beruvchi faqat biotic omillar yig’indisi

C) tur va urug’ning biotizim sifatida mavjudligini belgilab

beruvchi barcha biotik omillarnigina yig’indisi

D)populyatsiyaning biotizim sifatida mavjudligini belgilab

beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig’indisi

25. Gnu haqidagi to’g’ri fikrni toping.

A)o’tlarning yuqori qismini iste’mol qiladi

B)o’tlarning eng pastki qismi bilan oziqlanadi

C)o’simlik poyalarining o’rta qismi bilan oziqlanadi

D)antilopa hisoblanib, butalarning yosh barglari bilan

oziqlanadi

25. To’g’ri bo’lmagan fikrni toping.

A)evribiontlar inglizcha eurys keng degan ma’noni

anglatadi

B)olmaxon va bug’u turli ekologik nishalarni egallaydi

C)qoramol va kenguru bir ekolgik nishani egallaydi

D)stenobiontlar yunoncha stenos tor degan ma’noni

anglatadi 26. Gnu va dik-dik…

A) har ikkisi bir turga masub, ozigi har xil

B) har ikkisi bir sinfga mansub, oziq turi har xil

C) bir sinfga mansub bo’la olmaydi, o’tlarning qaysi qismi

bilan oziqlanishi bilan farq qiladi

D) Bir sinfga mansub, o’tlarning qaysi qismi bilan

oziqlanishi bilan farq qiladi.

27. Quyidagi fiklardan nechtasi to’g’ri emas?

J)g’izol tanasining yuqori qismi gnudan tekisligi bilan farq

qiladi; k)yuqori hosil olishda cheklovchi omilning ta’sir

kuchini o’zgartirish kerak; d)kulrang va qora kalamush

birgalikda yashasa qora kalamush populyatsiyasi kulrang

kalamush populyatsiyasini siqib chiqaradi; l)dik-dik ham

jirafa kabi barglar bilan oziqlanadi; m)jirafa va zebra bitta

ekologik nishaga kiradi

A)2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

28. To’lqin uzunligi 400-750 nm bo’lgan nurlar uchun

quyidagilarning nechtasi xos?

m)bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ega; n)kalsiy va

fosfor lamshinuvida ahamiyatli; o)yerga yetib keladigan

nurlarning yarmini tashkil etadi; p)anorganik moddalardan

organic moddalar sintezlanishida ahamiyatga ega; q)issilik

manabyi emas; r)halokatli ta’sir ko’rsataishi mumkin;s)

yetib keluvchi nurlarning 5 %ga yaqin qisminini tashkil

etadi; t)CO2 gazini yutilishida ahamiyatli;

A)2 ta B)3 ta C)6 ta D) 5 ta

29. Yil fasllar almashinishining asosiy sababi….

A)fotoperiod o’simliklar mavjudligi

B)Yer o’qining orbita tekisligiga nisbatan burchak ostida

joylashganligi

C)Quyoshning Yer shari atrofida aylanishi

D)joylashgan mintamiz shuni taqozo etadi

30. Sorgo bu …..

A) zubturum bilan bir turga mansub

B)madaniy o’simlik emas

C)qayin kabi hayotiy shaklga ega

D)makkajo’xori bilan bir oilaga mansub

31. Ateriumning qaysi qismi yuraksimon shaklga ega?

A)guli B)bargi C)mevasi D)poyasi

32. To’qimalar va organlarda issiqlik almashinuvini

tezlashtiradigan nur uchun quyidagilarning nechtasi xos

emas?

1)740nm; 2)fototaksis; 3)kamayishi raxitga sabab; 4)510nm;



5)Yerga 3 % i keladi; 6)shaqildoqqa ov qilish imkonini

beradi;

A)1 ta B)2 ta C)4 ta D)5 ta

33.Giasint uchun xos bo’lgan xususiyatlani ajrating.

v)soyasevar; z)manzarali; x)madaniy; u)bargi ildiz

bo’g’zidan chiqadi; s)to’pgul hosil qilmaydi; p)yorug’sevar

A)u, p B)z,s C)v,x D)v,u

34. Qisqa kun, manzarali (I) va uzun kun, madaniy (II)

o’simliklarga ajrating.

f)pomidor; k)kartoshka; j)no’xat; m)g’oza; n)karam;

l)shoyigul; o)piyoz; p)xrizantema; q)sabzi; r)kartoshkagul

A)I-k,q,f; II-p,r,m B)I-l, p,j; II-f,o,n

C)I-r,p; II-n,q,o D)I-p,l,r; II-k,o,q

35. Chirildoq…

A)bo’ri kabi tungi hayvon

B)faoliyatini boshlash vaqti ko’rshapalak kabi

C)asalari bilan bir xil oziqlanadi

D)U ham tungi ham kechqurungi hayvon

36. Fotoperiodizm yorug’likning intensivligiga emas , balki

…. bog’liq?

A)sutkaning yorug’ va qorong’u vaqtlarining almashishi

davriyligiga

B)tirik organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy

jarayonlarga

C)tirik orgaznizmlarning yorug’lik ta’siriga javob

reaksiyalariga

D)ekvatordan qutblarga brogan sari kun uzunligi yil

fasllarga qarab farqlanishiga

37. Sutka davomida yil fasllari bilan bog’liq holda

mavsumiy hamda geografik zonallik jihatdan o’zgaruvchan

omil ga xos belgilar nechta?

n)0 o C dan pastlasa suv muzlaydi; m) u tirik organizmlar

tanasining 66,6%ini tashkil etadi; l)sianobakteriyalarning

issiq suv havzalarida yashashi; k)kserofitlar ushbu omil kam

bo’lgan muhitda o’sadi; j)fototaksis u bilan bog’liq

A)1 ta B)4 ta C)3 ta D)2 ta

38. Geotermal suv manbasida harorat? o C

A)24 B)40 C) -90 D)15

39. Quyidagilardan poykiloterm (a) va gomoyoterm(b)

hayvonlarga ajrating.

1)skat; 2)zebra; 3)ko’lbuqa; 4)dik-dik; 5)aspid; 6)kutora;

7)gornotsoy; 8)povituxa; 9)semga; 10)assidiya

A)a-10, 5; b-6,3 B)a-3,1, 6; b-2,7

C)a-5,7; b-4,2 D)a-1,9; b-4,8,7

40. Quyidagilardan fiziologik(I), morfologik(II) va

biokimyoviy(III) moslanishlarni ajrating.

a)o’simliklarning muzlashida himoyalovchi vosita borligi;

b)urug’ning tinim davrini o’tashi; c)kaktus bargining tikonga

aylanishi; d)transpiratsiya; e)sitoplazmaning ivib qolmasligi

uchun o’simlikning moslanishi; f)lishayniklarda anabioz

holat; g)turkiston archasining yerbag’irlab o’sishi

A)I-a,e; II-g,c; III-b,f B)I-d,b; II-g,c; III-e,a

C)I-g,c,f; II-b,g,c III-d,a D)I-f,b; II-c; III-d,e

41.Sovuq sharotlardagi o’simliklarning qor bilan qoplanishi

nimaga sabab bo’ladi?

A)sovuq olib, havo isigach qurib qolishiga

B)barglari va poyasi suv bilan ta’minlanishiga

C)sovuq ta’siridan himoyalanishiga

D)sovuq ta’sirini kuchayishiga

42. Kovul…

A)efimer B)gomoyoterm C)bargi buralgan D)bo’yi past

43. Quyidagilar orasida moslanishiga ko’ra “ortiqchasi”ni

tanlang.

A)yumronqoziq B)tipratikan C)ko’rshapalak D)pingvin

44. Muz kristallari hosil b o’lishiga yo’l qo’ymaydigan

murakkab organik modda qaysi?

A)glitserin B)glikoprotein C)glikolipid D)glukoza

44. U nimaki, askarida uchun gidrostatik skelet sanaladi?

A)suv B)kutikula C)solishtirma issiqlik D)muvozanat

45. Sporalar unib chiqishi uchun o’ta zarur bo’lgan omilga

xos ma’lumotlar nechta?

n)nasos o’simliklar uchrashi; m)molodilodagi qalin barglar;

s)qurg’oqchilikda yozgi uyquga ketishi; p)qushlarning

mgratsiyasi; t)kungaboqarning quyosh tomonga qarab

burilishi; r)yaylov o’simliklarining yostiq hosil qilishi;

j)qushlarning issiqqonli bo’lishi; f)kitda teriosti yog’ bo’lishi

A)3 ta B) 2 ta C)4 ta D)6ta

46. Agama va agava bular…

A)sukkelentlar B)suvsiz muhitga chidamli

C)bularni umumlashtiruvchi belgisi yo’q

D)bir ekologik nisha

47. Edafik omillarni ajrating.

a) strukturasi; b)mollyuskaladagi chig’anoq bo’lishi;

c)universal eritma bo’lishi; d)kimyoviy tarkibi;

e)organzimlar tanasining 2/3 qismini

egallashi;f)hashorotlarda glitserin bo’lishi; g)suv rejimi;

h)havo me’yori; A)b,c,e B)f,e,g

C)h,a,f D)d,a,h

48. Quyidagilar orasidan efemeroidlarni ajrating.

1)gulsafsar; 2)qirqquloq; 3)achambiti; 4)lola; 5)yantoq;

6)g’umay; 7)kartoshka; 8)baliqko’z; 9)machin;

10)topinambur

A) 3,6,7,8 B)1,2,3,4 C)2,4,7,10 D)8,9,10,2

49. Sahro kalamushida suv tanqisligiga qanday moslanish

bor?

A)suvni zahiralash B) suv buglanishini kamaytirish



C)suv yo’qotilishiga fiziologik chidamlilik D) A va B

50. Lemur…

A)suv tanqis davrda uyqu holatga o’tadi

B)tungi hayot tarziga o’tadi

C)yer osti suvlariga yo’l ochadi

D)yog’ shaklida zahiralaydi

51. Quyidagi o’simliklarning qaysilarida barg

og’izchalarining tunda ochilib va kunduzi yopilishi

kuzatiladi?

A)shuvoq B)sutlama C) saksovul D)juzg’un

52. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri fikrni inkor etadi?

A)qarag’ayda bargi og’izchalari chuqur joylashgan,

mumsimon kutikula bilan qoplangan

B)sahro baqasida nafas teshiklarini klapanlar bilan yopilish

moslanishi bor

C)yomg’ir chuvalchangi suv tanqisligida uxlaydi

D)suv tanqisligida archada barglarning so’linqirab

turishi kuzatiladi

53.yunoncha “xerox” … , “phyton” …

A)quruq, o’simlik B)qattiq, o’simlik

C)sersuv, yashil D)nam, o’simlik

(yana boshidan ya’ni 39-betdan ketdi)

54. To’g’ri bo’lmagan (I) va bo’lgan (II) fikrlar sonini

toping. a) tolerant so’zi lotin

tilidan olingan; b)pessimum zona bu noqulay hayot zonasi

emas; c)uy pashshasi uchun pessimum zona 3 o C;

d)tuproqning mineral tarkibi hayvonlar uchun ahamiyatli; e)

stenos so’zi tor degan ma’noni anglatib lotinchadan olingan;

f)koala evkalipt daraxtida yashaydi va uning mevasi bilan

oziqlanadi. A)I -2;

II-4 B)I-3; II-3 C)I-5; II-1 D)I-4; II-2

55. Kolibri haqidagi to’g’ri bo’lmaga fikrni toping.

A)Janubiy Amerikada uchramaydi

B)nectar bilan oziqlanadi

C)areali tor

D)areali iste’mol qiladigan o’simlik bilan belgilanadi

56.Ekologik nisha tushunchasi qaysi tushuncha bilan

o’xshash?

A)yashash uchun kurash B)yashash joyi

C)biotizim D)ekologiya

57. Bir biotsenozda hech qachon 2 ta tur ….

A)uchramaydi B)ekologik nishani egallamaydi

C)yashamaydi D)ko’paymaydi

58. To’g’ri fikrni toping.

A)yapon saforasi yorug’sevar o’t

B)tungi sutemizuvchilardan boyqush qorong’uda bemalol

harakat qiladi.

C)to’lqin uzunligi 470nm bo’lgan nurlar 50%ni tashkil

etadi

D)fotoperiod bu kun qisqarishi bo’lib, u organizmlar



migratsiyasi bilan belgilanadi

59. Gullashi kun uzunligiga bog’liq bo’lmagan o’simliklar

qatorini toping.

A) kartoshka, rediska B)xrizantema, qalampir

C) no’xat, qoqio’t D)lipa, qulupnoy

60. Noqulay sharoitda hayotiy jarayonlarini vaqtinchalik

to’xtata oladigan o’simliklar?

A)funariya, parmeliya B)kovul, palma

C)monster, giasint D)agava, molodilo

61. Moslanish turiga ko’ra kserofitlar nechta guruhga

ajratiladi?

A) 2ta B) 3ta C) 4ta D)ajratilmaydi

62. Quyidagilardan to’g’ri bo’lmaganini ajrating.

1)hasharotlarda suvsizlikka moslanish ayirish

mahsulotlarining maksimal suvsizlanishi; 2)efemerlar

noqulay davrni urug’ holatda o’tkazadi; 3)kana suv tanqis

bo’lsa uxlaydi; 4)tipratikan suv tanqis bo’lgan tungi hayot

tarziga o’tadi; 5)kalamushda tuya kabi yog’ zahirasi bor

A) 5 B) 1 C)3 D)to’g’ri javob yo’q

63. Nima uchun siydik kislotani organizmdan chiqarib

yuborish uchun suv deyarli talab qilinmaydi.

A) zaharli B)suvda yomon eriydi

C) so’ngi mahsulot D)suvda yaxshi eriydi

64. Etologik moslanish jihatidan uzoq joylarga migratsiya

qiladigan hayvonlarga xos bo’lmagan ma’lumotni toping.

A)asosan o’tlar bilan oziqlanadi

B) oldingi va orqa oyoqlar son nisbati 1:1

C) tana massasining ancha qismini yo’qotganda uv

mavjud bo’lsa darrov tiklay oladi

D)faol harakatlanishi orqali o’zlari uchun qulay yashash

joyini tanlaydilar

65. O’simliklarning o’sishi, gullashi, meva tugishi,

xazonrezgilik, tinim davriga o’tish kabi muhim biologic

jarayonlarni boshqaruvchi omil?

A)fotonastiya B)fotoperiod C)fototropizm D)fotosintez

66.sutkaning yorug’ va qorong’u vaqtining almashinishi

bilan bog’liq harakatlar ko’rinishida namoyon bo’ladigan

jarayon? A)fotonastiya B)fotoperiod C)fototropizm

D)fototaksis 67. Quyidagi fikrlardan g’izol uchun

xos bo’lganini ajrating. h)o’t-

poyalarning o’rta qismi bilan oziqlanadi; j)tuyoqli ; k)uzoq

joylarga migratsiya qiladi; l)ikkinchi nomi sayg’oq; s)tana

hajmi jihatidan gnudan kichik; t)qorin qismi oq, ustki qismi

esa sariq rangda bo’ladi; v)sutemizuvchi z)o’tlarning pastki

qismi bilan oziqlanadi;

A) h,l,j,v B)j,k,l,v C)t,s,l D)j,s,z

68.quyidagi fikrlardan to’g’risini ajrating.

1)anturium to’pgul hosil qilmaydi; 2)monsteraning

poyasining pastki qismidagi barg shakli bilan yuqori

qismidagi barg shakli farq qiladi; 3)giatsint to’pgul hosil

qilishi bilan anturiumga o’xshaydi; 4)monsterani yorug’likka

bo’lgan talabi bilan sorgoni o’xshatish mumkin;

5)giatsintning barg tomirlari monsteraniki kabi; 6)anterium

bilan giatsint bitta sinfga mansub; 7)monstera bilan

oqjo’xori bitta sinfga mansub.

A)7,5,1 B)4,1,5 C)3,2,6 D)5,2,3

69. Sorgo bu..

A) sukkelent B) giatsint bilan bir sinfga mansub

C)manzarali D)shakarqamish bilan bir oila bo’la olmaydi

70. 12 soatdan kam sharoitda o’sadigan o’simliklar qaysi

mintaqada tarqalgan?

A) tropic va mo’tadil B)ekvotorial va subtropik

C)tropic va ekvotarial D)tropic va subtropik

71. Saksovul va archa uchun umumiy xususiyat ?

A)barglarning mayda qipiqsimon bo’lishi

B) ignabarg hosil qilishi

C)yashash muhiti

D) namlikka talabi

72. Fiziologik adaptatsiyalar sonini toping.

n)migratsiya qilish; l)qalin jun; m)glikoproteinlar bo’lishi;

s)hayvonlar tanasidan issiqlik ajralishi; t)4 kamerali

yurakning tana haroratiga bog’liqligi; x)moddalar

almashinuvi jadalligining glitseringa bog’liqligi;

z)termoregulyatsiya teridagi qon tomirlar kengayishi va

torayishi bilan bog’liq;

A)2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

73. Muz kristallari natijasida…

A)hujayra membranasi shikastlanadi

B)hujayra nobud bo’ladi

C)hujayra o’z holatini yo’qotadi

D)barchasi

74. Lola va qoqio’t…

A)bir sinf vakili B)bir oila vakili

D)yorug’likka javob reaksiyasi bir xil

E)namlikka bo’lgan talabi bir xil

75. Parazitlar soni bilan yog’ingarchilik miqdorini qanday

umumlashtirish mumkin?

A) ikkisi ham o’zgaruvchan ekologik omil

B) yog’inning ko’payishi parazitlar soniga ta’sir ko’rsatadi

C) umumlashtiruvchi belgisi yo’q

D) ikkisi ham ekologiyaga ta’sir ko’rsatadi

76. Kun uzunligining o’zgarishi nimaga sabab bo’ladi?

A)haroratning o’zgarishiga

B)hayvon va o’simliklar uchun signal

C)o’simliklarda tinim davri boshlanishiga

D)tirik organizmlarning ko’payish davri kelganiga

77. Quyosh doimiysi nechchiga teng?

A)1380W/m 3 B)1380W/m 2 C)1380W/km 2

D)1380W/km 3 78. Quyidagilardan

qaysi birida suv tanqisligida ayirish mahsulotlari maksimal

suvsizlanadi?

1)ari; 2)qo’ngiz; 3)falanga; 4)qoraqurt; 5)biy; 6)suvarak;

7)zahkash; 8)kana; 9)iskaptopar; 10)termit

A)2,3,10 B) 6,7,8 C)9,6,10 D) 1,2,3

79. Pixta…

A)qalin mumsimon kutikuklaga ega

B)ignabargli

C)barg og’izchalari chuqur joylashgan

D)barchasi xos

80. Palma…

A)barglari buralgan B)barglari qirqilgan

C)bo’yi past D)tikonli

81. Quruqlikdagi eng minimal harorat ? o C

A)-70 B)-50 C) -80 D)-40

82. Bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ega bo’lgan

nurning uzun to’lqinli nuri ta’sirida nima sintezlanadi?

A)Teri pigmenti-melanin, askorbinka

B)Xlorofil va ko’z sho’x pardasi pigmenti

C)Teri pigmenti melanin, ko’z to’r pardasi pigmenti va

D vitamin

D) B va C javoblar

83. O’simliklarning ekologik guruhlari ichida nisbatan keng

tarqalgan guruh vakillari uchun xos bo’lgan ma’lumotni

toping?

A)asosan mo’tadil zonada uchraydi

B)Asosan adir va o’tloq o’simliklari kiradi

C)barglarida barg og’izchalari, ildizida tukchalari bor

D)barchasi

84. Aerenximiya…

1)yunoncha so’z; 2)lotincha so’z; 3)havo degan ma’no

beradi; 4)nam degan ma’noni beradi; 5)botqoq gigrofitlarida

uchraydi; 6)ildiz va poyada bo’ladi; 7)faqat bargida bo’ladi;

8)mezofitlarda bo’ladi; 9)og’izchalari doim ochiq

o’simliklar uchun xos; 10)transpiratsiya kuchsiz bo’lgan

o’simliklar uchun xos.

A)1,4,7 B)5,7,9 C)4,8,10 D)6,9,3

85. Quyidagi qaysi o’simliklarning barg og’izchalari tunda

ochilib, kunduzi yopiladi?

A)agava, molodilo B)sutlama,kakatus C)aloye D)barchasi

86. Tirik organizm uchun haroratning chidamlilik chegarasi

qanday belgilanadi?

A)oqsillar denaturatsiyasi B)oqsillar tiklanishi

C)fermentlar faolligi D)lipidlar erib ketishi

87. Qayin va tol …

A)sovuq iqlim sharoitida bir xil o’zgarishda uchraydi.

B)odatda har ikkisi ham bir sinf vakili

C) har ikkisi barglarida mumsimon kutikula bor?

D)efemerlarga mansub

88. …. organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy

bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi.

A)infraqizil nurlar B)kun uzunligi C)harorat D)suv

89. Shakarqamish uchun xos xususiyatlar nechta?

k)barg plastinkasi qalin; j)yorug’sevar emas; n)og’izchalari

ko’p; m)soyasevar emas; l)og’izchalari kam; s)410nm

bo’lgan nurlarni qabul qila oladi; d)monstera bilan o’xshash

jihati mavjud emas; p)odatda ikki urug’pallalilarga mansub

A)5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

90. Ko’pchilik o’simlik va hayvon turlarining shimol

tomonga tarqalishiga cheklovchi omil?

A)namlik tanqisligi B)harorat yuqoriligi

C)harorat pastligi D)A va B

91. Libixning qonunining to‘liq ta’rifini ko’rsating.

A)organizmning yashab qolishni maksimal chegarasidan eng

ko’p og’adigan ekologik omil belgilaydi

B)ekosistemaning yashab qolishini optimum

chegarasidan eng ko’p og’adigan ekologik omil

belgilaydi C) organizmning yashab qolishni

maksimal chegarasidan eng kam og’adigan ekologik omil

belgilaydi D)

ekosistemaning yashab qolishini minimal chegarasidan eng

kam og’adigan ekologik omil belgilaydi

92. Quyidagilar orasida daraxt va butalar barglari bilan

oziqlanadiganini ajrating.

1)gnu; 2)zebra;3)kolibri; 4)koala; 5)dik-dik; 6)g’izol;

7)jirafa A)1,2,3 B)4,7,5 C)5,6,7 D)7,1,2

93. O’rmonlarning quyi yaruslari uchun xos o’simliklarni

ajrating.

s)shumtol; d)shakarqamish;t)plaun; f)lipa; j)binafsha;

k)suvo’tlar; n)qarag’ay; m)safora; z)yo’sin; v)nastarin

A)t,k,z B)s,f,j C)m,n,d D)v,f,m

94. Uzun kun o’simliklari ichidan ortiqchasini toping.

A)kartoshka B)sabzi C)sholg’om D)baqlajon

95. Ranglarni ajratish bo’yicha ortiqchasini toping.

A)gorilla B)kakadu C)kolibri D)manta

96. Toshbaqa va kana uchun umumiy xususiyat?

A)yashash muhiti B)umumlashtirish to’g’ri emas

C)dushmani D)moslanishi

97. Suv tanqisligida qaysilar suv shimilishini kuchaytiradi?

A)sahro baqasi B)alp o’simliklar C)termitlar D)tuya

98. Qayerda yashovchi hayvonlar uchun yorug’lik muhim

omil hisoblanmaydi?

A)tuproq, g’or, dengiz tubi B)tog’, g’or, o’rmon

C)okean tubi, g’or, tog’ D)o’rmon, tuproq, g’or

99.Quyidagilardan qaysi biri suv tanqisligiga fiziologik

moslashgan?

A)o’rgimchaksimonlarning tana qoplamining qalin xitin

bo’lishi

B)moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti siydik

kislota bo’lishi

C)qurg’oqchilik paytida migratsiya qilishi

D)qushlar tanasi pat bilan qoplanishi

100. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri fikrlarni inkor etadi?

j)archa va qarag’ay barglari turlicha shaklda moslashgan;

k)efemerlarga qoqio’tni kirgizish mumkin; n)timsohlar va

pingvinlarning o’xshash jihati yashash muhiti; s)suvni

zahiralash sahro baqasida bo’ladi; t)kanada ham sahro

baqasiga o’xshash moslanish mavjud; v)gnu natilopasi dik-

dik antiopasiga nisbtatan past bo’yli; x)anturiumning

barglari poyasining pastki qismida mayda, yuqori qismida

yirik bo’ladi

A)j, k B) n, s C) k, v D)t, x


Download 214.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling