11-sinf. Mavzular ortib borish tartibida joylashtirilgan. Orada mavzular
Download 214.98 Kb.
|
11-sinf test(00)
H 1……– tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi. A)Biomlar B) Ekotizim C)Ekosfera D)Populyatsiya 2.”Biogeotsenoz”lar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1.Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi qo‘llaniladi. 2.Asosan biotik tarkibiy qismlardan tashkil topadi 3.Biogeotsenoz quruqlikning moddalar va energiya almashinuvi kechadigan, biotik (biotsenoz) va abiotik (biotop) tarkibiy qismlari yig‘indisidir.4. Ekosistemalar oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ko‘ra biogeotsenozlarga nisbatan ko‘proq avtonom, ya’ni boshqa ekosistemalardan mustaqildir. 5.Har qaysi biogeotsenozda moddalar aylanishi amalga oshadi. 6.Biogeotsenozlarda moddalarning davriy aylanishida faqat avtotrof organizmlar ishtirok etadi. A)1,3,5 B)1,3,5,6 C)2,3,4,5 D)2,4,5 3.Moddalarning davriy aylanishida bajaradigan vazifasiga ko‘ra, turlar qanday funksional guruhlarga bo‘linadi? A) Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar. B)Avtotrof va geterotrof C)Avtotrof,konsument D)Konsument ,redutsent,destruktor 4.Produtsentlarga mansub organizmlar guruhini ajrating. 1.Kallima 2,Ko`lbuqa 3.Yo`ng`ichqa 4.oltingugurt bakteriyalari 5.suv yong`og`i 6.zarpechak 7.poliksina 8.epifitlar A)1,3,5 B)2,3,6 C)3,5,6,8 D)3,4,5,8 5.Yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarini sintezlaydigan organizmlarni aniqlang. A)Yashil o‘simliklar,suvo`tlar,parazit o`simliklar B) fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar C)Yashil o‘simliklar, ko`k-yashil suvo`tlar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar D)Barcha o`simliklar 6.Konsumentlarga xos bo`lgan (a) va xos bo`lmagan (b)xususiyatlarni ajrating. 1.Geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. 2. tirik organizm tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi.3. Ularga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar,xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi.4. Konsumentlar uchun avtotroflar (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi.5.Jo`ka bu guruhga kiradi 6.Semga bu guruhga kiradi A)a-2,4,5 b-1,3,6 B)a-2,4,6 b-1,3,5 C)a-1,3,5 b-2,4,6 D)a- 2,3,4 b-1,5,6 7.Birinchi tartib tuyoqli konsumentlarni aniqlang. 1.Porfira 2.chigirtka 3.Turman4.Suv yong`og`i 5.Yelik 6.raffleziya7.kabarga 8.Kalina A)1,6,8 B)2,3,5,6,7,8 C)3,5,7 D)5,7 8.Hammaxo`r konsumentlarni aniqlang. 1.suvarak 2.zarpechak 3.tuyaqush 4.kalamush 5.oq ayiq 6.qo`ng`ir ayiq 7.cho`chqa 8.Qayin odimchisi A)1,3,4,6,7 B)1,2,4,6,7 C)2,3,5,7 D)2,4,6,8 9.Hammaxo‘r konsumentlar, masalan, to‘ng‘izlar (a), yirtqichlar, masalan, bo‘rilar(b) nechanchi tartib konsumentlari bo‘lishi mumkin? A)a-2,3 b-1,2 B)a-1,2 b-1,2 C)a-1,2 b-2,3 D)a-1,2 b-3,4 10.Quyidagilardan noto`g`ri fikrni aniqlang. A) Ekosistemada konsumentlar tartibi,soni produtsentlar hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda cheklangan bo‘ladi. B) Chiriyotgan o‘simlik, zamburug‘ va hayvon qoldiqlari detrit deyiladi. C) Detritofaglar redutsent hisoblanadi. D) Detritning parchalanishida detritofaglar va redutsentlar qatnashadi. 11.Redutsentlarga xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating. 1.Boshqacha destruktorlar deb ataladi 2. hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga aylantiradigan organizmlar 3.ularga sianobakteriyalar va zamburug`lar kiradi 4.tuproq bakteriyalari va xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi 5.nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni parchalaydi va chiritadi.6. Ular parchalanishning oxirgi bosqichi (organik birikmalarning anorganik moddalargacha minerallashuvi)da qatnashadi.7. Ular moddalarni konsumentlar o‘zlashtira oladigan shaklda davriy aylanishga qaytaradi. 8.Geterotrof organizmlar hisoblanadi. A)3,4,5,7 B)2,3,4 C)1,2,5,6,8 D)3,4,7 12.Detritofaglarga mansub organizmlarni ajrating. 1.Qizilquyruq 2.eshakqurt 3.ayrim kanalar,4.rizosfera5. ko‘poyoqlilar,6.o`simlikxo‘r qo‘ng‘izlar, 7.ayrim hasharotlar va ularning lichinkalari, 8.glikonius A)1,3,5,7 B)2,3,5,7 C)1,4,6,8 D)2,3,6,8 13.Ekosistema bargarorligining eng muhim sharti nima? A)Avtotroflarning mavjudligini ta`minlash B)moddalar va energiya aylanishini ta’minlash C)modda va energiya almashinuvini ta`minlash D)Detritlarning parchalanishini ta`minlash 14.Quyidagilardan to`g`ri fikrni ajrating. A) Turli funksional guruhlarga mansub bo‘lgan turlar o‘rtasidagi trofik (oziq) bog‘lanishlar natijasida moddalarning davriy aylanishi amalga oshadi. B) Redutsentlarning hayot faoliyati natijasida asosiy organic birikmalar hosil bo`ladi C)Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga anorganik moddalardan sintezlagan organik birikma oziq bog‘lanishlar asosida redutsentlarga o‘tadi va kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. D)Produtsentlarning hayot faoliyati natijasida asosiy biogen elementlar organik birikmalardan anorganik moddalar (CO2, NH3, H2S, H2O) hosil bo‘ladi. 15.Oziq zanjiri uchun mos keluvchi to`g`ri(a) va noto`g`ri javoblarni juftlang. 1.Bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi oziq zanjiri hisoblanadi. 2.«Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan.3. Oziq zanjiri bir bo‘g‘indan iborat. 4.Devpechak zanjirning birinchi bo‘g‘inini tashkil qilishi mumkin 5.o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar) ikkinchi bog`inni tashkil qiladi 6.Yirtqichlar va parazitlar birinchi bo`g`inni tashkil etadi. A)a-1,2,5 b-3,4,6 B)a-3,4,6 b-1,2,5 C)a-1,3,5 b-2,4,6 D)a- 2,4,6 b-1,3,5 16.”Detrit”tipidagi oziq zanjirni toping. A)O`simlik→chigirtka→kaltakesak →lochin B)Sichqon→ilon→lochin C)O`simlik→quyon→Lochin D)To`kilgan barg→chuvalchang→Tuproqda yashovchi hashorotlar→Hasharotxo`r hayvonlar 17.Quyidagi oziq zanjiridan detritofaglarni aniqlang. To`kilgan barg(1)→tuproq bakteriyalari,chuvalchang,zamburug`(2)→Yirtqich hashorotlar(3)→Hasharotxo`r hayvonlar(4) A)1 B)2 C)3 D)4 18.”O`tloq “tipidagi oziq zanjir uchun xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating. 1.Yashil o`simliklardan boshlanadi 2.oziq zanjiri detritdan boshlanadi.3. O‘lik organik moddalardan boshlanadi.4.produtsent zanjir deyiladi 5.Bunday zanjirda nobud bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar yoki bakteriyalarning organik moddalari detritofaglar tomonidan o‘zlashtiriladi 6.Bu zanjir produtsentlardan boshlanib,turli tartib konsumentlarni o`z ichiga oladi 7.bir qism oziq moddalar mineral moddalarga aylanish va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish bosqichlarini chetlab o‘tgan holda moddalarning davriy aylanishiga qaytadi.8.bu oziq zanjirlari to‘rt-olti bo‘g‘inli bo‘ladi A)1,4,6,8 B)2,3,5 C)2,3,5,7 D)4,5,6 19…… tipidagi oziq zanjirlar inson tomonidan organik chiqindilarni qayta ishlashda hamda baliq yoki qushlarni boqish uchun yomg‘ir chuvalchangi va pashshalarning lichinkalarini ko‘paytirishda foydalaniladi. A)O`tloq B)Produtsent C)Detrit D)Konsument 20.Suv havzasi oziq zanjiri keltirilgan to`g`ri va to`liq javobni aniqlang. A)O`simlik→O`simlikxo`r hasharot→yirtqich hasharot→hasharotxo`r qush→yirtqich qush. B)Fitoplankton(dafniya,siklop)→zooplankton→baliq chavoqlari→yirtqich baliq→redutsent C)Fitoplankton(suvo`tlar)→zooplankton(dafniya,siklop)→b aliq chavoqlari (qizilko`z baliq)→yirtqich baliq(gambuziya)→redutsent D)Fitoplankton(suvo`tlar)→zooplankton(dafniya,siklop) →baliq chavoqlari (qizilko`z baliq) →yirtqich baliq(cho`rtan,olabug`a)→redutsent 21.Tabiiy jamoalar ……(1)jihatdan tubdan farq qilsa-da, (2) bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi A)1- turlar tarkibi,2-trofik strukturasi B)1-trofik strukturasi ,2- turlar tarkibi C)1-organizmlar soni,2- turlar tarkibi D)1- turlar tarkibi,2-organizm soni 22.Trofik darajalarga xos bo`lgan to`g`ri javoblarni ajrating. 1.Oziq zanjirida turlarning joylashgan o‘rniga qarab, biogeotsenoz (ekosistema)larning trofik darajalari farqlanadi. 2.Trofik darajalar soni oziq zanjiri bo‘g‘inlari soniga teng bo‘lmaydi. 3.Avtotrof organizmlar birinchi trofik darajani tashkil etadi. 4.Ikkinchi trofik daraja (birinchi tartib konsumentlar)ga go‘shtxo‘rlar kiradi 5.Har bir trofik darajaga bir necha tur kiradi. 6.Biogeotsenozning turg‘unligi trofik darajalar turlarining xilma-xilligiga bog‘liqdir. A)1,2,3,5 B)2,4,6 C)1,3,5,6 D)2,3,4,6 23. Quyidagilardan “Oziq to`ri “uchun mos kelmaydigan javoblarni ajrating. 1. Agar biogeotsenozning biror a’zosi yo‘qolsa tizim buzilmaydi, chunki organizmlar boshqa oziq manbalaridan foydalanadi.2.Qirg`iy faqat bir xil bir xil oziq zanjiriga mansub hayvonlarni tutib yeydi 3.Trofik zanjirlar bir -biriga bog`liq emas va chalkashish hosil qilmaydi.4. Oziq to‘rida bir oziq zanjirining bo‘g‘inlari boshqa zanjirning tarkibiy qismi bo‘ladi.5. Bir turning o‘zi turli xil oziq zanjirlarining bo‘g‘ini sifatida ularni o‘zaro bog‘lab turadi .6.Qirg`iy faqat uchinchi trofik darajani egallaydi. A)1,3,5 B)2,3,6 C)2,4,6 D)1,4,5 24.O‘tloq(1), ko‘l(2), chiriyotgan to‘nka(3), dengiz(4), ninabargli o‘rmon(5), daryo(6) kabi ekosistemalarning qaysi birini biogeotsenoz deb atash mumkin? A)1,2,4,5,6 B)3,4,5,6 C)2,3,5,6 D)1,2,6 25. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida detrit tipidagi oziq zanjirini tuzing: ilon(1), nobud bo‘lgan qush(2), tuproq bakteriyalari(3), pashsha lichinkalari(4), baqa(5), mog‘or zamburug‘lari(5), mineral moddalar(6) A)2→3,4→ 26. Funksional guruhlar va ularga mansub hayvonlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. Funksional guruhlar. 1. Produtsentlar. 2. Konsumentlar. 3. Redutsentlar. Vakillari: a) oq qayin; b) bug‘u; d) yomg‘ir chuvalchangi; e) laqqa baliq; f) qo‘ziqorin; g) lishaynik, h) laminariya; i) chirituvchi bakteriyalar; j) dafniya. A)1-a,g,h 2-b,d,e,j 3-i B)1-a,g,i 2-b,d,e,j 3-h C) 1-b,e,h 2-a,d,j 3-i D) 1- b,d,e, 2-a,g,h 3-i 27. Oziq zanjiri bo‘g‘inlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring: o‘rgimchak(1), ari(2), chittak(3), olma daraxti(4), qirg‘iy(5). A)2,4,1,3,5 B)4,2,1,5,3 C)4,2,1,3,5 D)2,4,1,5,3 28.Biomassa tushunchasiga mos keluvchi to`g`ri javoblarni ajrating. 1.Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy aylanishi, shuningdek, energiyaning yo‘nalishli oqimi sodir bo‘ladi. Buning natijasida organizmlar biomassasi hosil bo‘ladi. 2.Muayyan ekosistemada jamlangan, barcha organik va anorganik moddalarning umumiy miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. 3.O‘simliklar biomassasi fitomassa deyiladi 4. hayvonlar biomassasi gidrobiomassa deyiladi.5. Ekosistema biomassasi quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, bilan ifodalanadi. 6. suv havzasi ekosistemalarida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, bilan ifodalanadi. A)1,3,5 B)2,3,6 C)2,4,5 D)1,2,3,6 29.Quyidagilardan noto`g`ri fikrni aniqlang. A)Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi va qabul qilinadigan quyosh energiyasining hammasini biomassada to‘playdi. B) Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin farqlanadi. C)Ekosistemada organik moddaning hosil bo‘lish tezligi biologik mahsuldorlik deyiladi. D)Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari uchun litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan biomassa miqdori bilan ifodalanadi. 30.Ekosistemada qaysi xususiyatga ko`ra birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi? A) Ekosistemadagi turlar xilma- xilligi va individ zichligiga ko`ra. B)Organik moddalar va biomassaning hosil bo`lish tezligiga ko`ra C)Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydalanishiga ko‘ra D)Hosil bo`ladiga mahsulot biomassasiga ko`ra 31.Birlamchi mahsuldorlik qaysi organizmlar ishtirokida va qaysi jarayonda hosil qilinadi? A)Barcha yashil o`simliklar ishtirokida fotosintez jarayonida B)Fotosintez yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar (produtsentlar)ishtirokida. C)Xemosintezlovchi bakteriyalar ishtirokida ,Xemosintez jarayonida . D)Konsumentlar va redutsentlar ta’sirida organik moddalarning qisman parchalanishi natijasida. 32. «1% qoidasi» ga mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang. 1.Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i xlorofill tomonidan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi 2.quyosh energiyasining 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki suv bug‘lanishiga sarflanadi.3.quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 99% ni tashkil etadi.4. quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 1% ni tashkil etadi 5.ikkilamchi mahsuldorlikka bog`liq bo`ladi 6. Birlamchi mahsuldorlikka bog`liq bo`ladi. A)1,2,3,4 B)2,4,5 C)3,4,6 D)1,2,4,6 33. Tropik o‘rmonda(1), tundrada (2), okeanda (3), cho‘lda (4) 1 m2 maydonda yiliga mahsuldorlik necha gr quruq moddalarni tashkil etadi? a-2200 g, b-3g,c-140g,d-125g A)1-a,2-c,3-d,4-b B)1-b,2-a,3-c,4-d C) 1-a,2-d,3-c,4-b D) 1-d,2-c,3-a,4-b 34.Trofik darajalarda oziqning o‘zlashtirilganlik darajasi nimaga bog`liq(1)va necha foizni(2)taskil qiladi? A)1- oziq tarkibiga; b-17-25% B)a- oziq tarkibiga va organizmning biologik xususiyatlariga b-17-25% C) a- oziq tarkibiga va organizmning biologik xususiyatlariga b- 12–75% D) a- organizmning biologik xususiyatlariga b-12–75% 35. «10% qoidasi» (a) «1% qoidasi» (b)ga mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang. 1.Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i xlorofill tomonidan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi 2.quyosh energiyasining 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki suv bug‘lanishiga sarflanadi.3 oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 99% i yo‘qoladi.4.quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi.5. quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 1% ni tashkil etadi 6. oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 90% i yo‘qoladi 7. oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 10% i keyingi darajaga o‘tadi 8. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ta`riflab bergan. A)a-1,2,3,5 b-6,4,7,8 B)a-1,2,5 b-6,7,8 C)a-6,7,8 b-1,2,5 D)a-4,6,7,8 b-1,2,3,5 36.”Ekologik piramida qoidasi”(a) va «10% qoidasi» (b)ni fanga kiritgan olimlarni aniqlang. A)a- R. Lindeman,b-Zyuss B)a- Ch. Elton,b- R. Lindeman, C)a- Ch. Elton,b-A.Tensli D)a-Zyuss ,b- A.Tensli 37.”Ekologik piramida”mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang. 1. Oziq to‘rida bir oziq zanjirining bo‘g‘inlari boshqa zanjirning tarkibiy qismi bo‘ladi.2. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ta`riflab bergan.3. 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan.4.Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori bir xil kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‘yib chiqilsa, ekologik piramida hosil bo‘ladi. 5. Ekologik piramida asosini birinchi trofik daraja – konsumentlar tashkil etadi,6. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi. A)1,2,3,4,6 B)3,4,6 C)1,2,5,6 D)2,3,5 38.Ekologik piramida asosini tashkil qiluvchi organizmlarni aniqlang. 1.Nitella 2.chigirtka 3.temir bakteriyalari 4.Suv yong`og`i 5.Yelik 6.raffleziya7.kabarga 8.Kalina A)1,6,8 B)2,3,5,6,7,8 C)1,4,8 D)1,3,4,8 39.Sonlar piramidasi(1), biomassa piramidasi(2), energiya piramidasi(3) ga mos keluvchi ta`riflarni juftlang. a. har bir trofik darajada individlar sonini va biomassani aks ettiradi; b. har bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy quruq massasini aks ettiradi c. har bir trofik darajada individlar sonini aks ettiradi d. trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi A)1-a,2-b,3-d B)1-c,2-b,3-d C)1-a,2-b,3-c D)1-c,2-d,3-b 40.Sonlar piramidasiga xos bo`lgan (a) va xos bo`lmagan(b) javoblarni juftlang. 1. ekosistemadagi har bir trofik darajadagi individlar umumiy soni ko‘rsatiladi.2. Unga binoan oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi. 3. ekosistemaning har bir trofik darajalaridagi organizmlar biomassalarining nisbatini ko‘rsatadi. 4. Quruqlik ekosistemalarida produtsentlarning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari biomassasidan ko‘p 5.O`rmon ekosistemalarning sonlar piramidasi teskari, ya’ni asosi ingichka, yuqori qismi keng bo‘ladi. 6. O‘z navbatida birinchi tartib konsumentlarining umumiy biomassasi ikkinchi tartib konsumentlarining umumiy biomassasidan ko‘p bo‘ladi. A)a-1,2,6 b-3,4,5 B)a-3,4,6 b-1,2,5 C)a-3,4,5 b-1,2,6 D) a- 1,2,5 b-3,4,6 41.Biomassa piramidasida qaysi holatda teskari piramida hosil bo‘ladi? A) Agar organizmlar tanasining o‘lchamlari bir-biridan juda katta farq qilmasa B) Agar quyi trofik darajalardagi organizmlar tana o‘lchamlari yuqori trofik darajadagi organizmlardan kichik bo‘lsa C) Agar yuqori trofik darajalardagi organizmlar tana o‘lchamlari quyi trofik darajadagi organizmlardan kichik bo‘lsa
D) Agar organizmlar tanasining o‘lchamlari bir-biridan umuman farq qilmasa 42. Quruqlik ekosistemalarida ……ning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari biomassasidan ko‘p bo`ladi. A) produtsentlar B)1-tartib konsumentlar C) 2-tartib konsumentlar D) 3-tartib konsumentlar 43.Qaysi ekosistemalarda produtsentlar tana o‘lchami ancha kichik, hayot sikli qisqa, mahsuldorligi yuqori, lekin ularning umumiy biomassasi birinchi tartib konsumentlari biomassasidan har doim kam bo‘ladi? A)O`tloq B)O`rmon C)Suv havzasi D)Tundra 44. Piramidaning qaysi xili ov mavsumida baliq yoki boshqa hayvonlarni salbiy oqibatlarsiz qancha miqdorda ovlash mumkinligini hisoblashga imkon beradi? A)Sonlar piramidasi B)biomassa piramidasi C)Energiya piramidasi D) Sonlar va biomassa piramidasi 45.”Energiya piramidasi”ga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1. har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya miqdorini aks ettiradi. 2. ov mavsumida baliq yoki boshqa hayvonlarni salbiy oqibatlarsiz qancha miqdorda ovlash mumkinligini hisoblashga imkon beradi 3.Ekologik piramidalar orasida energiya piramidalari ekosistemaning funksional holati haqida to‘liq ma’lumot beradi.4.organizmlar soni va biomassasi faqat ularda to‘plangan energiya miqdori bilan bog`liq 5. Energiya piramidasiga organizmlarning tana o‘lchamlari, ulardagi metabolizm jarayonlarining intensivligi ta’sir etadi 6. energiya piramidalari oziq zanjiri orqali energiyaning o‘tish dinamikasini aks ettiradi. A)1,3,6 B)2,4,5 C)1,2,5 D)3,4,6 46.Ekologik piramida qoidasiga binoan, quyi trofik darajadan yuqori darajaga energiyaning 10% i o‘tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni nechtadan oshmaydi? A)4 B)5 C)6 D)7 47. Ilonning biomassasi yoz davomida 0,2 kg ga ortgan bo‘lsa, «10% qoidasi»ga asoslanib umumiy biomassani(kg) hisoblang.: o‘tloq sebargasi → kapalak → baqa →ilon → ilonburgut. A)222,2 B)222,22 C)22 D)220,2 48.Tabiiy (1) va Sun`iy(2) ekosistemalarni ajrating. a-Dengiz b-agroekosistema c-urbanoekosistema d-ko`l e- kosmik ekosistema f-o`rmon A)1-b,c,e 2-a,d,f B)1- a,d,f 2- b,c,e C)1-a,c,d 2-b,e,f D)1- b,e,f 2-a,c,d 49.Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini qaysi abiotik omillar belgilaydi? A)Harorat,yorug`lik B)Yorug`lik,Namlik C)Harorat va yog`in miqdori D)Namlik,yog`in miqdori 50.Quyidagilardan biomlarni ajrating. 1.Kontinental shelflar 2-okeanlar 3- Arktika tundrasi 4- alp tundrasi 5-Shimoliy ignabargli o`rmonlar 6.Sun`iy archazorlar 7. dashtlar 8.Bog`lar A)1,2,3,4,5 B)3,4,5 C)2,3,4,7,8 D)3,4,5,7 51.Tundra biomi uchun mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang. 1.shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda joylashgan. 2.Tundra (iqlim) juda ham sovuq, o‘rtacha yillik harorat 3°C 3.Daraxtlar, sekin o‘suvchi lishayniklar, yo‘sinlar (sporali o‘simliklar), past bo‘yli butalar hukmronlik qiladi 4.Bir necha haftalik qisqa yoz davomida yerning muzdan erishi bir metrdan oshmaydi. 5.Yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol bug‘usi uchraydi 6.qushlardan ukki va boyqush uchraydi. A)1,2,3,4 B)1,4,5 C)2,3,4,6 D)2,4,5,6 52. Ignabargli o‘rmon (tayga) uchun mos keluvchi javoblarni ajrating. 1.shimoliy yarimsharda tundradan shimolroqda joylashgan.2. Yevrosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o‘z ichiga oladi. 3.Qishi uzoq va sovuq, yog‘ingarchilik miqdori ko‘p va asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi. 4.Daraxtlar uchramaydi 5.Doimiy yashil ignabargli daraxtlar hukmronlik qiladi (pixta, kedr, qarag‘ay).6. Yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol bug‘usi uchraydi7.yirik tuyoqli sutemizuvchi hayvonlar (los, kabarga) uchraydi 8.Qushlardan qutb boyqushi uchraydi A)1,3,5,6 B)2,4,5,7 C)2,3,5,7 D)1,3,4,6,8 53.Ushbu xususiyatlar qaysi biom uchun mos keladi? Mayda o‘simlikxo‘r sutemizuvchilar (qunduz, olmaxon), yirtqich sutemizuvchilar (ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri, norka)dan iborat. Bu biomlarda botqoqliklar va ko‘llar uchraydi. A)Tundra B)tayga C) Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari D) Dasht 54.Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlarida ignabargli daraxtlarda suvni kam bug`latish uchunqanday moslanish paydo bo`lgan? A) barglarini to‘kadi B)Barg yuzasi kichraygan C) barglari qalin mumdan iborat kutikula bilan qoplangan. D)Hech qanday moslanish mavjud emas 55. Dasht biomi uchun xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating. 1. Yirik bargli daraxtlar (buk, lipa, eman, zarang, shumtol) , butalar va o‘tlar o‘sadi.2. Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi3. gepard, giyena itlari uchraydi 4. Hayvonot orasida sutemizuvchilardan los, ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri uchraydi 5. Muzlagan tuproq orqali daraxtlar suvni o‘zlashtirishi qiyin bo‘ladi, suv bug‘latish natijasida yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldira olmay qoladi, shu sababli ayrim daraxtlar barglarini to‘kadi 6. tuyoqli hayvonlardan bizon, antilopa, sayg‘oq, kenguru, jirafa, zebra, oq nosoroglar uchraydi. A)1,4,3 B)2,4,6 C)1,3,5 D)1,4,5 56.Quyidagi ekosistemalarning qaysi birida hayvonlardan hasharotlar ko`p uchraydi? A)Dasht B)O`rmon C)o`tloq D)Tundra 57.O`tloqlar qaysi hududlarni o`z ichiga oladi? A)Adir va to`qaylarni B) Pasttekisliklar, daryo qirg‘og‘idagi yerlarni C)Tog`li hududlarni va cho`llarni D)Pasttekisliklar,cho`llar va tog`li hududlarni 58.Tabiiy ekosistemalar nechta tipga bo`linadi? A)2 B)3 C)4 D)6 59. Kserofitlar o‘t o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydigan biomni aniqlang. A)Sahrolar B)tropik o`rmonlar B)tayga D)Dasht 60.Tropik o‘rmonlar uchun mos keluvchi javoblarni ajrating. 1.Turlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi. 2. Kserofitlar o‘t o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydi 3.harorat va yillik yog‘in miqdori yuqori darajada bo‘lgan, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoit yetarli bo‘lgan hududlarda (Janubiy Amerika shimoli, Markaziy Amerika, Shimoliy Afrika, Hind va Tinch okeanidagi orollar) uchratish mumkin. 4. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 200–250 mm. 5.O‘simlik turlari ham juda ko‘p,daraxtlar yarus bo‘ylab zich joylashgan.6. daraxtlarda o‘sadigan epifitlar, ildizi tuproqlarda bo‘lib, o‘zi daraxtlarga chirmashib to ularning eng yuqori qismlariga yetib boruvchi lianalar ko‘p uchraydi. 7. tuyoqli hayvonlardan bizon, antilopa, sayg‘oq, kenguru, jirafa, zebra, oq nosoroglar uchraydi. 8.sutemizivchilar (maymunlar, yalqovlar)uchraydi. A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,3,5,6,8 D)3,4,5,6,7 61.Quyidagi biomlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlar bilan juftlang. a-Tayga b-Dasht c-o`tloq d-Sahro e-Tropik o`rmon f- Mo`tadil iqlim mintaqasining keng bargli o`rmonlari 1.Yirtqichlardan bo`ri,sher,qoplon,gepard,giyena itlari uchraydi.2.Bu biogeotsenozlarda asosan boshoqli va boshqa gulli o`simliklar o`sadi. 3.Hayvonlar orasida hasharotlar ko`p uchraydi.4.Doimiy yashil ignabargli daraxtlar hukmronlik qiladi(pixta,kedr,qarag`ay) 5.Yirik bargli daraxtlar buk,lipa,eman,zarang,shumtol o`sadi 6.Kserofit o`t o`simliklar ,qisman butalar efemerlar ko`p uchraydi 7.Daraxtlar yarus bo`ylab zich joylashgan,epifitlar va lianalar ko`p uchraydi. A)a-1,b-3,c-2,d-6,e-7,f-5 B)a-4,b-1,c-2,3,d-6,e-7,f-5 C) a-1,b-3,c-2,d-5,e-6,f-4 D) a-4,b-1,c-2,d-5,e-7,f-6 62…….da yonma-yon o‘suvchi bir turga mansub o‘simliklarni uchratish mushkul. Odatda bu biogeotsenozlarda har xil turga mansub o‘simliklar yonma- yon o‘sadi.Hozirgi kunda o‘rmon biogeotsenozlari keskin kamayib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida biosferaga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. A) Tayga B) o`tloq C) Sahro D) Tropik o`rmon 63.Chuchuk suv ekosistemalaridagi cheklovchi omilni aniqlang. A)Haroratning pastligi B)Oziq yetishmasligi C) Suv tarkibida erigan gazlar, kislorod va karbonat angidridning miqdori o‘zgaruvchan D)Suv tarkibidagi har xil zararli moddalarning ko`pligi 64.Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar hayot shakllariga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi? A)Produtsent,konsument,redutsent B) bentos, plankton, nekton C)Faol va nofaol D)Qisqa kun,uzun kun,neytral 65.Barcha chuchuk suv havzalari tuzilishiga ko‘ra nechta va qanday guruhga bo‘linadi? A) 3ta.1)oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, hovuzlar;2) oqadigan suv havzalari – daryo, soy, buloqlar; 3)botqoqlar. B) 3ta.1)oqmaydigan suv havzalari – ko‘l,soylar;2) oqadigan suv havzalari – daryo, buloqlar; 3)botqoqlar C) 2ta.1)oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, hovuzlar;2) oqadigan suv havzalari – daryo, soy, buloqlar; D) 3ta.1)oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, buloqlar ,soylar;2) oqadigan suv havzalari – daryo, hovuzlar 3)botqoqlar 66.Quyidagilarning qaysilari “dengiz ekosistemalari”ga kiradi? 1.Daryolar 2. ochiq dengizlar (okean), 3.Ko`llar 4.kontinental shelflar,5. ko‘rfazlar,6. bo‘g‘ozlar,7.botqoqliklar 8.daryolarning quyilish joylari (limanlar) A)1,3,5,7 B)2,4,5,6,8 C)1,2,3,5,6 D)2,4,6,7,8 67. Dengiz ekosistemalariga xos bo`lgan xususiyatlarni ajrating. 1. Dengiz ekosistemalari Yer sharining 70% ini egallaydi. 2.Dengizlarning faqat yuza qismida hayot bor 3.Dengizlar va okeanlarda suvning doimiy aylanishi kuzatiladi, dengiz ekosistemalarida to‘lqinlar vujudga keladi.4. Dengiz suvining sho‘rlanish darajasi juda yuqori (40% gacha) 5. Dengizda yashovchi organizmlarda suv yo‘qotilishiga qarshi bir qancha moslanishlar vujudga kelgan.6. Dengizlarda plankton, nekton va bentos organizmlar yashaydi. A)1,3,4,5 B)2,4,6 C)1,3,5,6 D)2,4,5,6 68.Tirik organizmlarning deyarli necha foizi tropik o`rmonlarda yashaydi? A)30% B)20% C)40% D)50% 69.Respublikamizning cho‘l ekotizimiga xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating. 1. Cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan ko‘pini tashkil qiladi 2.dengiz sathidan 4000–5000 m gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. 3.Shimoliy-g‘arbiy hududlar cho‘l va chala cho‘llardan iborat 4.Biologik mahsuldorlikni cheklovchi omili sho`rlanishning yuqoriligi hisoblanadi.5Yog‘ingarchilikning oylik miqdori 200 mm dan oshmaydi 6. asosan yog‘ingarchilik qish-bahor faslida kuzatiladi.7. Harorat yozda +40+45°C ga yetadi .8. Cho‘l mintaqasida o‘simliklarning tarqalishi yillik yog‘in miqdoriga bog‘liq. A)1,3,6,7,8 B)2,4,5 C)1,2,4,5 D)2,3,6,7,8 70.Cho‘l mintaqasida o‘simliklarning xilma-xilligini nima belgilaydi? A)Namlikning yuqori bo`lishi B)Yog`ingarchilik miqdori C) tuprog‘ining xilma-xil bo‘lishi D)haroratning yuqori bo`lishi o‘simliklarning xilma-xilligini belgilaydi. 71.Cho`l ekotizimini tuproq strukturasiga ko‘ra unda o`sadigan o`simliklar bilan juftlang. a- sho‘rxok tuproqli cho‘llar b-qum tuproqli cho‘llar c-gipsli cho‘llar 1.seret baliqko‘z,2. saksovul 3. qizil sho‘ra,4. qora boyalich5. sarsazan 6. sag‘an 7. qumtariq 8. buyurg‘un 9. juzg‘un 10. shuvoq 11. silen 12. iloq A)a-1,3,5 b-2,6,7,9,11,12 c-4,8,10 B) a- 2,6,7,9,11,12 b-1,3,5c-4,8,10 C) a- 1,3,5,7 b-2,3,4,6,8 c-9,10,12 D)a-1,3,5 b-2,6,7,9,11 c-4,8,10,12 72.Cho‘l hayvonlarining suvsizlikka moslashish mexanizmlarini aniqlang. 1.Cho‘lda yashovchi sudralib yuruvchilar, mayda kemiruvchilar suvsizlikka fiziologik va etologik jihatdan moslashgan.2. Bu hayvonlar ichimlik suviga unchalik muhtoj emas, chunki ular organizmida iste’mol qilingan oziqning parchalanishi natijasida metabolik suv hosil bo‘ladi. 3.Ular siydigining konsentratsiyasi juda pastligi uchun organizmdan suv kam ajraladi. 4.Tuyoqli hayvonlar suvsiz joydan suvli joyga migratsiya qiladi 5.Umurtqasiz hayvonlarning asosiy qismini hasharotlar tashkil qiladi va hayvonlarning ko‘pchiligi kunduzgi hayvonlar hisoblanadi. 6.Moddalar almashinuvi sust kechadi. A)1,2,3.5 B)3,5,6 C)1,2,4,6 D)1,2,4 73.Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilarni ajrating. 1.qo‘shoyoqlar 2.qilquyruq 3. barxan mushugi,4.oqquyruq 5. jayron, 6.olaqo‘zon,7.qizilquyruq 8. xo‘jasavdogar A)1,3,4,5,6 B) 1,2,3,5.8 C)1,3,4,5,6,8 D)2,3,6,7 74. Cho‘llarda asosiy yirtqich sutemizuvchilarni ajrating. 1.qo‘shoyoqlar 2. tasqara 3. barxan mushugi,4.oqquyruq 5. jayron, 6.olaqo‘zon,7. tulki 8. xo‘jasavdogar A)1,3,4 B) 1,2,3,5.8 C)3,6,7 D)2,3,6,7 75. Cho‘llarda asosiy tuyoqli sutemizuvchilarni ajrating. 1.qo‘shoyoqlar 2. tasqara 3. barxan mushugi,4.oqquyruq 5. jayron, 6.olaqo‘zon,7. tulki 8. xo‘jasavdogar A)1,3,4 B) 4,5,8 C)4,5 D)2,3,6,7 76.To‘qaylar uchun mos keluvchi to`g`ri javobni aniqlang. A)Dengiz sathidan 400-500m balandlikda joylashgan. B) daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. C) Bu ekotizimda butalardan qamish, ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan; D) O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha bo‘lgan joylardir 77.Respublikamiz to`qaylari uchun xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating. 1.To‘qaylar quruqlik bilan chambarchas bog‘langan. 2.O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo bilan Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. 3.To‘qaylarda o‘tlardan qamish, ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan; 4.butalardan turang‘il, yulg‘un, tol, jiyda uchraydi 5. To‘qaylar daryo sohillarini (qirg‘oqni) yemirilishiga sabab bo`ladi 6.cho‘llarning quruq havosini ma’lum darajada yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi A)2,3,6 B)1,4,5 C)1,3,5 D)2,3,6 78.To‘qay sutemizuvchilarini ajrating. 1.qo‘shoyoqlar 2.to‘ng‘iz,3. to‘qay mushugi,4. bo‘rsiq,5. barxan mushugi6.oqquyruq A)1,2,3 B)2,3,4 C)1,3,5 D)2,4,6. 79.Adirlar(a) Tog`o`rmonlari(b)uchun xos bo`lgan xususiyatlarni juftlang. 1. O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha bo‘lgan joylardir 2. Dengiz sathidan 1200 –1600 metrdan 2700 –2800 metrgacha balandlikda joylashgan 3.tuprog‘i cho‘lga nisbatan unumdor, o‘simliklarning vegetatsiya davri birmuncha uzoq davom etadi.4. yong‘oq, olma, tog‘olcha, do‘lana, bodom, qatrong‘i, nok, archa, terak, qayin, kamxastak kabi daraxtlar 5. na’matak, uchqat, zirk, tobulg‘i, irg‘ay kabi butalar o‘sadi 6.Bu mintaqada madaniy ekinlar sun’iy sug‘oriladi yoki lalmi ekinlar ekiladi. 7.Bu mintaqa o‘simliklarining ko‘pchiligi chim hosil qilib o‘sadi.8.Qushlardan burgut, yapaloqqush, tasqara, kaklik, zarg‘aldoq kabilar yashaydi A)a-1,3,5,7 b-2,4,6,8 B)a-1,3,6,7 b-2,4,5,8 C)a-2,4,5,8 b- 1,2,6,7 D)a-1,2,5 b-2,3,5 80. Produtsentning biomassasi – 700000 kg, qarchig‘ayning biomassasi – 7 kg. Qarchig‘ay qaysi tartib konsument bo‘la oladi?
A)2 B)3 C)4 D)5 81.O‘simlik – quyon – tulkidan iborat oziq zanjirida o‘simlik biomassasi 100 t. Agar bir tulkining massasi 10 kg bo‘lsa, tulkilar populatsiyasidagi individlar sonini aniqlang. A)10 B)20 C)100 D)1000 82. 2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg. 1-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang. A)10000Kg B)100000kg C)11000 D)110000 83. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, dengiz ekosistemasida vazni 300 kg keladigan bitta tulen uchun oziq zanjirida qancha fitoplankton(1), mayda baliq(2), yirtqich baliq (3) kg kerak bo‘lishini aniqlang. A)1-30000; 2-3000;3-300 B)1-300000 ;2-30000 ;3-3000 C)1-30000 ;2-300000 ;3-3000 D)1-3000;2-30000;3-300000 84.Oziq zanjiri fitoplankton – baliqlar – baliqchi qushdan iborat. Baliqchi qushning massasi 1 kg (quruq moddaning ulushi 40%)ga teng. Bir yil davomida 2000 kg fitoplankton quruq massasi hosil bo‘ladigan dengizda nechta baliqchi qush oziqlanishi mumkin? A)20 B)200 C)50 D)40 85. Oziq zanjiri o‘simlik – juft tuyoqli hayvon – bo‘ridan iborat. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, bo‘ri oziqlanishi mumkin bo‘lgan biogeotsenozning maydonini (m2) aniqlang. O‘simliklar biomassasi 2000 g/m2 ga teng, organizmlar tanasi massasi ulushining 70% ini suv tashkil etadi (bo‘rining vazni 55 kg). A)200M 2 B)850M 2 C)825M 2 D)2750M 2 86.Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 g massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning vazni 4,5 g ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko‘rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi? A)7000gr B)700gr C)450gr D)4500gr 87.Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 g massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning vazni 4,5 g ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko‘rshapalak hasharotlarni tutib yedi. Shu hasharotlar oziqlanadigan o‘simliklarning massasini aniqlang. A)7000gr B)700gr C)450gr D)4500gr 88.2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg. 2-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang. A)10000Kg B)1000kg C)11000 D)110000 89.Tog`dagi muhofazaga molik o`simlik turlarini aniqlang. 1.Bo`znoch 2.lola 3.bo`yimadaron4.shirach 5.kovrak 6.zirk A)1,3,5 B)2,3,4,5 C)2,4,5 D)1,2,5,6 90. Tog`dagi muhofazaga molik o`simlik turlari qanday hayotiy shaklga ega? A)bir va ko`p yillik o`t B)2yillik va ko`p yillik o`t C)buta va ko`p yillik o`t D)Ko`p yillik o`t 91.Tog` o`rmonlaridagi butalarni ajrating. 1.lola 2.na’matak, 3.uchqat, 4.shirach 5.zirk, 6.kovrak 7.tobulg‘i, 8. irg‘ay A)1,4,7,8 B)2,3,4,5 C)2,3,5,7,8 D)2,3,4,5,7 92.Cho`lga xos bo`lgan qaysi hayvonlar adirning quyi qismida ham yashaydi? 1. oqquyruq, 2.jayron 3. kaltakesak 4. sariq ilon 5. malla yumronqoziq 6. boltayutar A)1,2,6 B)1,3,4 C)2,3,4 D)3,4,5 92.Quyidagi qushlar dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan ekosistemada tarqalgan? burgut, miqqiy, qirg‘iy, boltayutar, ilonburgut, ukki, boyo‘g‘li, bedana, kaklik, so‘fito‘rg‘ay A)O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha bo‘lgan joylarida B) Dengiz sathidan 1200 –1600 metrdan 2700 –2800 metrgacha balandlikda C) Dengiz sathidan 1200 –1600 metr balandda D) Dengiz sathidan 400-500m balandlikda 93.Adirning tuyoqli sutemizuvchilarini aniqlang. A) sichqon, kalamush, yumronqoziq B) oqquyruq, jayron C)Xongul,tovushqon C)Kabarga,yelik 94.Tog‘ o‘rmonlarida tarqalgan yirtqich sutemizuvchlarni aniqlang. 1.o‘rmon sichqoni,2. tog‘ suvsari,3. qunduz,4. o‘rmon olmaxoni, 5.qo‘ng‘ir ayiq,6. chipor sirtlon, 7. yovvoyi qo‘y 8. to‘ng‘iz A)1,4,5,7 B)2,3,4,5,6 C)1,3,5,6,8 D)2,3,5,6 95.Tog‘ o‘rmonlarida tarqalgan mushuksimonlar oilasi vakillarini aniqlang. 1.silovsin,2. tog‘ suvsari,3. qunduz,4. qoplon 5.qo‘ng‘ir ayiq,6. chipor sirtlon, 7. tulki 8. to‘ng‘iz A)1,4,5,7 B)1,4 C)1,4,6 D)3,4,6 96.”Zarg`aldoq”hayvonlarning qaysi sinfiga mansub va qaysi mintaqada tarqalgan? A)Baliqlar,To`qay B)Sudralib yuruvchilar ,cho`l C)Qushlar,Adir D)Qushlar, tog` o`rmon 97.Yaylov o`simliklari uchun xos bo`lgan xususiyatni ajrating. A)Uzun va keng yuzali ildiz tizimi hosil qiladi. B)Tuproqda chim hosil qiladi C)Soyada o`sishga moslashgan D) Yer bag‘irlab o‘sishga moslashgan 98.Respublikamiz hududidagi dengiz sathidan 2700 –2800 m va undan balandda joylashgan mintaqa uchun xos bo`lgan xususiyatlarni ajrating. 1.Bu mintaqa o`simliklarining vegetatsiya davri bir muncha uzoq davom etadi 2.Havosi nihoyatda sovuq, doim kuchli shamol esadi. 3.Daryo suvlari bilan chambarchas bog`langan 4.Bu yerda o‘sadigan daraxt va butalar past bo‘yli bo‘ladi.5.o`simliklari yer bag‘irlab o‘sishga moslashgan 6.Tuprog`i cho`lga nisbatan birmuncha unumdor. A)1,3,4,5 B)2,4,5 C)1,4,6 D)2,4,6 99.Yaylovda yostiq hosil qilib o‘sadigan o‘simliklarni ajrating. A)irg‘ay, na’matak B) sanchiqo‘t, yunona C) kirpio‘t,zirako‘t D) sug‘uro‘t, betaga 100.Yaylov mintaqasida tarqalgan yirtqich sutemizuvchilarni aniqlang. 1.qo‘ng‘ir ayiq,2- ilvirs, 3-tog‘ takasi,4- arxar,5- muflon,6- qoplon,7- bo‘ri;8-bo`rsiq A)1,2,6,7,8 B)2,3,4,5 C)1,2,6,7 D)2,6,7,8 Download 214.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling