12-ma’ruza biomassani qayta ishlashdagi kimyoviy jarayonlar. Reja


Download 210.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi210.82 Kb.
#1390952
  1   2
Bog'liq
12-MA’RUZA



12-MA’RUZA 
Biomassani qayta ishlashdagi kimyoviy jarayonlar. 
REJA: 
12.1. Organik chiqindilarni biokimyoviy qayta ishlash.
12.2. Anaerob biomassasini qayta ishlash tizimi.
 
12.1. Organik chiqindilarni biokimyoviy qayta ishlash. 
Biokimyoviy ishlov berishda organik chiqindilarning parchalanishi 
anaerob (an-inkor etish+gr. aer – havo) bakteriyalarning hayotiy faoliyati 
natijasida yuzaga keladi. Bunday bakteriyalar odatda botqoqlarning pastki 
qismida yoki havo kirish imkoni bo'lmagan boshqa joylarda bo'ladi va ularning 
faoliyati natijasida organik moddalar biogaz chiqishi bilan birga ajralib chiqadi. 
Har xil moddalar va chiqindilarni anaerob bakteriyalari hisobiga qayta ishlash 
jarayonida hosil bo'lgan biogazning (12.1.1-jadval) 50-70% metan, 30-45% 
karbonat angidrid, 1-2% vodorod sulfid, shuningdek vodorod, ammiak, azot 
oksidlari va gazlaridan iborat bo'ladi. Uning yonish issiqligi taxminan 22-27 
MJ/kg ni tashkil qiladi. 
Turli xil xomashyolardan biogaz olish 
12.1.1-jadval. 
Xomashyo 
1 kg quruq moddadan biogas 
Gazdagi metan miqdori, % 
hosil bo'lishi, l/kg 
Xashak 
630 
70 
daraxt barglari 
210-294 
59 
qarag'ay daraxtining ignalari 
37 
69 
kartoshkaning yer sirtidagi 
420 
60 
qismi 
makkajo'xori poyasi 
420 
53 


somon 
615 
62 
bug'doy somoni 
342 
58 
zig'ir somoni 
359 
59 
kungaboqar po'stlog'i 
300 
60 
qoramol qattiq go'ngi 
200-300 
60 
somon va ot go'ngi 
250 
56-60 
uy-ro'zg'or chiqindilari 
600 
50 
najas cho'kindilari 
2150-312 
60 
chiqindi suvlarining qattiq 
570 
70 
qoldig'i 
Kichik qurilmalar yordamida olingan biogaz to'g'ridan-to'g'ri past bosimli 
gaz sifatida yoqiladi, gaz tarkibida karbonat angidrid va vodorod sulfidining 
mavjudligi sababli yoqilg'i uskunalari tez korroziyaga uchrashi mumkin. 
Katta 
qurilmalarda, 
shuningdek, 
uy-joy 
kommunal 
va 
sanoat 
iste‘molchilari uchun biogaz yetkazib beradigan chiqindilarni qayta ishlash 
zavodlarida gazni ishlab chiqarishda aralashmalardan tozalanadi. Gaz 
tarkibidagi metan miqdori 99,8% gacha, yonish issiqligi esa 37,3 MJ/kg gacha 
yetadi. Tozalangan metan maxsus rezervuarlarga yig'ilib, undan gaz quvurlari 
orqali iste‘molchilarga yetkazib beriladi. 

Download 210.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling