12-ma’ruza biomassani qayta ishlashdagi kimyoviy jarayonlar. Reja
Anaerob biomassasini qayta ishlash tizimi
Download 210.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq12-MA’RUZA
12.2. Anaerob biomassasini qayta ishlash tizimi.
Biogazdan tashqari, anaerob chiqindilarni qayta ishlash jarayonida qimmatli (azotga boy) o'g'itlar olinadi va atrof muhitning ifloslanishini oldi olinadi. Anaerob texnologiyasi chorvachilik sohasida keng qo'llaniladi. Organik chiqindilarni utilizatsiya qilishning bu texnologiyasi chorvachilik xo'jaliklarida chiqindilarni yuqori darajada zararsizlantirib, juda qisqa vaqt ichida organik o'g'itlarni hamda noan‘anaviy energiya yoqilg'isi bo'lgan - biogazni ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. 12.2.1-rasm. Anaerob biomassasini qayta ishlash tizimi: 1 – xomashyoni tayyorlovchi idish; 2 – miqdorlab beruvchi pompa; 3 – gaz ajratuvchi; 4 - kompressor; 5 - gaz saqlagich; 6 - biogazni tozalash moslamasi; 7 - o'g'itlar qorishmasi; 8 - aylanma nasos; 9 - fermentatsiya harorat rejimini saqlash qozoni. 12.2.1-rasmda organik chiqindilarni uzluksiz anaerob bilan qayta ishlash tizimining tuzilishi ko'rsatilgan. Fermer xo'jaliklaridan olingan go'ng xomashyo tayyorlash uchun 1-idishga solinadi, unda yaxshilab aralashtirish, qattiq moddalarni olib tashlash va 94-96% gacha namlatish ishlari amalga oshiriladi. Tayyorlangan xomashyo miqdorlab beruvchi pompa 2 yordamida fermentator jarayoni bakteriyalar ta‘sirida amalga oshiriladigan 3-gaz ajratgichga uzatiladi. Olingan biogaz gaz ajratgichning yuqori qismigi 5-gaz saqlagichga uzatiladi va undan iste‘molchilarga beriladi. Pastki qismidan cho'kib qolgan fermentlangan go'ng 7- o'g'it yig'uvchida yig'iladi va dalalarga taqsimlanadi. Fermentatsiya jarayoni T=20-40 °C yoki T=45-70 °C harorat oralig'ida amalga oshirilishi mumkin. Kerakli haroratni ushlab turish uchun xomashyo 9- qozonxonada tayyorlangan issiq suv nasoslar orqali haydalib isitiladi.Bunday isitish biogazning ulushi odatda uning erituvchidan chiqaradigan umumiy mahsulotining 20-30 %ini tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan biogaz miqdori va o'g'itlarning sifati nafaqat haroratga, balki gaz ajratishda xomashyoni fermentatsiyalash davomiyligiga ham bog'liq bo'ladi. Xususan, go'ngni fermentatsiyalash davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan biogaz miqdori 50%, 10 kunda 90% va 20 kun - 98% ni tashkil qiladi. Xomashyoni fermentatsiyalashning qabul qilingan davomiyligiga qarab, kerakli miqdordagi erituvchi va unga qo'shilgan yangi xomashyoning miqdori aniqlanadi. Gazni ajratib olish jarayonini jadallashtirish uchun gaz saqlagichdan olingan biogazning bir qismi yana 4-kompressor yordamida gaz ajratib oluvchiga beriladi va butun massa erigungacha aralashtiriladi. 12.2.2-rasm. Termal suvlardan kompleks foydalanish tizimi: 1 - xomashyo tayyorlash idishi; 2 – miqdorlab beruvchi pompa; 3 - gaz ajratuvchi; 4 - kompressor; 5 - gaz saqlagich; 6 - biogazni tozalash moslamasi; 7 - o'g'itlar to'plami; 8-geotermik quduq; 9 - issiqlik almashtirgich; 10 - issiqxona majmuasi; 11 - ma'lum bir chuqurlikda ko'milgan quvurlar yordamida yer ostidan isitish tizimi; 12 - baliq fermasi Download 210.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling