11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.01 Mb.
bet101/111
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1484015
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111
Bog'liq
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar

DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

I bosqich. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 daqiqa

II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)

Kun hikmati:Aqlli kishining tili yuraging ortida bo`ladi, ahmoqning yuragi tilining orqasida bo`ladi.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.

Suhbat

1 daqiqa




O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.

“Klaster”



5 daqiqa

IV Yangi mavzu bayoni

1. Yangi mavzuni o`rganish
2. 1-2-topshiriqlar,113-114-mashqlar bajariladi

Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash

16 daqiqa

V bosqich.

Mustahkamlash



1.115-mashq bajariladi.

2.Izohli lug`at bilan ishlash


3.Mavzuga oid testlar bilan ishlash.

Izlanish

Izlanish




10 daqiqa

5 daqiqa




VIbosqich. Dars yakuni va baholash



O`quvchilarning baholarini e’lon qilish



Suhbat


4 daqiqa



VII bosqich. Uyga vazifa berish

Darslikdagi 116-mashq.

Tushuntirish

3 daqiqa



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).


II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1. Diksiya deganda nimani tushunasiz?
2. Nutqni hosil qilishda nafas olish va nafas chiqarishning o‘rni haqida gapiring.
3.Tez va keraksiz shoshilib gapirganda, qanday nuqsonlar yuzagakeladi?
4. Ovozning sifati haqida so‘zlang.
5. O‘zingiz ovozingizning sifati haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Ovozingizning sifati o‘zingizga ma’qulmi?


III. Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.Berilgan juftliklardagi so`zlarning urg`u va ma’no jihatfan farqlarini izohlang.
Olma (ot) — olma (fe’l);
Akademik (ot) – akademik (sifat).
2-topshiriq. Berilgan gapning intonatsiyasini o‘zgartirganda, gapningboshqa mazmuniy turi yuzaga kelishiga diqqat qiling.
Ona bolalariga ertag-u naqllar aytib berdi. (Y. Muqimov) (darak gap)
Ona bolalariga ertag-u naqllar aytib berdi? (so‘roq gap)
Ona bolalariga ertag-u naqllar aytib berdi! (his-hayajon gap)



Nutqning madaniyligini ta’minlashda undagi ohang ham alohida o‘rin tutadi. Nutqda yaxlit ohangning shakllanishida urg‘u, to ‘xtam (pauza), mazmuniy-hissiy intonatsiya kabi unsurlar ishtirok etadi. Og‘zaki madaniy nutq tuzayotgan kishi ana shu unsurlarning aniq
va to‘g‘ri namoyon qilishi zarur.
Siz oldingi sinflardan yaxshi bilasizki, urg'u ikki xil boiadi, ya’ni: so‘z urg'usi va gap urg‘usi. Gap tarkibidagi mantiqan muhim bo`lak gap urg‘usi bilan ta’kidlanadi.
Nutq oqimidagi noto‘g‘ri yoki o‘rinsiz to ‘xtam (pauza) hatto fikrning yangilanishiga ham olib kelishi mumkin. Masalan, Hovliga ikki bolali ayol kirib keldi gapi agar Hovliga ikki / bolali ayol kirib keldi tarzidagi to ‘xtam bilan aytilsa, «Hovliga bolasi bor ikkita ayol kirib keldi» mazmuni anglashiladi, Hovliga ikki bolali / ayol kirib keldi tarzidagi to‘xtam bilan aytilganda esa «Hovliga ikkita bolasi bor bitta ayol kirib keldi» mazmuni ifodalanadi.
Intonatsiya gapning mazmuniy-hissiy yo‘nalishini ko‘rsatadi.

113-mashq. So‘z va gap urg‘usi hamda to‘xtam qoidalariga rioyaqilgan holda she’rni o ‘qing. Unda ifodalangan fikrlarninasriy bayon qilishga harakat qiling va ularga o‘z munosabatingizni bildiring.


«Maqollar
Eltib sizni g‘aroyib Bunaqasin ko‘rmaysiz
Yurtga ukajonlarim,Hech bitta zooparkda.
Ko‘rsataman u joyning Bu yerda: hatto shohning
Qiziq qush, hayvonlarin.Ishqi tushgan qurbaqa;
(Dilshod Rajab

O`quvchilar o`rtsida ifodali o`qish mashqi o`tkaziladi va baholanadi.


114-mashq. Matnni gaplarning turlariga muvofiq intonatsiya bilan o‘qing. Matn mazmunidan kelib chiqadigan ibratli xulosa yuzasidan mulohazalaringizni o'rtoqlashing.

Biri ikki bo‘lmagan


Qadimda ikki aka-uka bo‘lgan ekan. Ikkalasi harchand uringani bilan ishiyurishmas, omadi chopmas ekan. Kunlardan birida aka-ukalar donishmand huzuriga borib, maslahat so‘rabdi:
Shuncha harakat qilsak ham, birimiz ikki boimaydi. Nima qilaylik?
Donishmand aytibdi:
— Ikkovlaring inoqmisan? Faqat to‘g‘risini gapir!
Aka-ukalar noahil ekanini tan olibdi.
— Ey nodon! — debdi donishmand. - Ikkisi bir bo‘lmaganning qandoq qilib biri ikki bo'lsin?! (O‘. Hoshimov)

Asalari galasi” metodidan foydalanib matnni tahlil qilish.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling