11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzu bayoni
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash. 2. Qisqa nazorat (test sinovi). II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash 1. Kinoyaning yuzaga kelishi haqida gapiring. 2. So‘zning o‘z va ko'chma ma’nolari haqida so‘zlang. 3. Iborani kinoyaviy qo‘llashga misollar keltiring. III. Yangi mavzu bayoni Topshiriq. Matnni o'qing. Ovozning sifati haqidagi mulohazalaringiznibayon qiling. «Sanjariya» masjidida bir kishi rag‘bat bilan azon aytar erdi, bir ovozi bilanki, eshitganlar andin nafrat etardilar. Masjidning sohibi bir amir erdi,aydi: «Ey javonmard, bu masjidning qadimgi muazzinlari borki, har birining besh tillo vazifasi bordur. Senga o‘n tillo berurmen, tokim bo‘lak mahallaga ketarsen». Bu so‘zg‘a ittifoq ayladilar va muazzin ketdi. Bir muddatdin so‘ngra amirning huzuriga qaytib keldi va aydi: «Ey amir, menga zulm-u sitam ayladingki, o‘n tillo bilan meni bumahalladin jo'natding. U1 mahallaki, men bordim, menga yigirma tillo berdilarki, bo`lak mahallaga ketsam qabul etayurmen». Amir kuldi va aydi: «Aslo olmag‘aysen, zeroki ellik tillog'a ham rozi bo‘lurlar». (Sa 'diy Sheroziy, “Guliston”)
109-mashq. Parchani o‘qing. Qahramonning ayrim tovushlar talaffuzidagi nuqsonlariga e’tibor bering, tovushni aniq talaffuzqilish zaruriyati haqida fikrlashing. 110-mashq. Matnni o'qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida mulohazalaringizni o‘rtoqlashing. Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo'lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq aytolmagan. Keyinroq Demosfen nutq texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, «ã» tovushini aytolmaslik, ba'zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlarturli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda, bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo'yib, yelkasini xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning yuksak cho‘qqisini zabt etgan. (S. Inomxojayev) Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling