Pisa xalqaro dasturining o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ijodiy topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi


Download 27.46 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi27.46 Kb.
#143168
Bog'liq
2 5201824115559762120


5-Mavzu

PISA XALQARO DASTURINING OQISH SAVODXONLIGI YONALISHIDA IJODIY TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH VA ULAR USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI



Vaqt – 80 daqiqa

Tinglovchilar soni: 25

Mashg‘ulot shakli

Amaliy

Amaliy mashg‘ulot rejasi

Kirish.

1. PISA tadqiqotlari haqida qisqacha maʼlumot berish.

2. O`qish savodxonligining ta`rifi.

3. O`qish savodxonligini baholash.

4. Topshiriq namunalari

Xulosa


O‘quvmashg‘ulotiningmaqsadi: TinglovchilardaPISA xalqaro dasturining o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ijodiy topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasini o`rgatish.

Ta’lim metodlari:

Amaliy topshiriqlar bajarish, slaydlar namoyish etish, savol-javob, multimediya mahsulotlari bilan tanishtirish, test.

Ta’lim vositalari:

Ma’ruzalar matni, marker, doska, tarqatma materiallar, qog‘ozlar.

Ta’lim shakli:

Jamoaviy va yakka tartibda ish.

O‘qitish shart-sharoitlari:

Texnik vositalar bilan ta’minlangan va jamoaviy ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.

Monitoring va baholash:

So‘rov, nazorat savollari,test.

Amaliy mashgulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Tinglovchilar

1-bosqich:

Kirish qismi

(15 min.)


1.1. Amaliy mashg‘ulotning mavzusini bayon etadi va mazkur mavzu yo‘zasidan so‘rov o‘tkazadi;

1.2. Tarqatma material tarqatadi. Mavzuga doir asosiy savollar, atamalar va muhim tushunchalarni izohlab, mashg‘ulotning maqsadi va rejalashtirilgan o‘quv ishlanmalar bilan tanishtiradi;

Yana mavzu yuzasidan so‘rov o‘tkazadi.


Savol -javobda ishtirok etishadi;

Tinglashadi;

Savol -javobda ishtirok etishadi.


2-bosqich.

Asosiy qism

(55 min)


2.1. Tinglovchilarga quyidagi savol va topshiriqlarga o‘ylab javob berish taklifini kiritadi:

- Nima uchun PISA har uch yilda o`tkaziladi?

- O`qish savodxonligi terminini qanday ta`riflaysiz?

- baholash va mulohaza yuritish mazmunini tushuntiring

Reja bo‘yicha mashg`ulotning mazmunini yoritadi.

Tinglovchilarga mavzuga doir test savollari hamda topshiriqlarni tuzish vazifasini beradi.



Savollarga javob berishadi.

Tinglovchilar

Savol -javobda ishtirok etishadi.

Tinglashadi.

Ma’ruzalar matni va amaliy mashg‘ulotlar to‘plamidan foydalanishib vazifani bajarishadi (kalitni ilovada keltirishadi).

Tinglovchilar javoblarini sharhlashadi;



3-bosqich.

Yakuniy qism

(10 min)


Mavzuni yakunlab, umumlashtirishlar asosida qisqacha xulosalarni beradi;

bajarilgan ishlar baholanadi: guruhda eng faol va sust ishtirok etgan tinglovchini aniqlaydi.



Xulosalarni yozib borishadi;

Ekspert sifatida ishtirok etishadi;



I. Kirish bosqichi

Mashg‘ulot qoidalarini e’lon qilish:

1.Darsga faol qatnashish.

2.O‘zgalar fikrini hurmat qilish.

3.Fikrni aniq va qisqa bayon qilish.

4.Mashg‘ulot davomida mavzudan boshqa narsalarga chalg‘imaslik.

Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlarini aniqlash.

-PISA xalqaro dasturining taraqqiyot bosqichlari qanday?

- PISA xalqaro dasturini TALIS,TIMSS, PIRLS dasturlaridan farqli tomoni qanday?

- PISA tadqiqotidagi matn yo`nalishi qanday belgilangan?.

-aralash matn haqida umumiy tushuncha bering?

II. Asosiy bosqich

Bugungi mavzu nomi bilan tanishtiriladi va unga izoh beriladi. O‘tilayotgan mavzu amaliy tarzida tashkil etilishi e’lon qilinadi.

Mavzu rejasi bilan tanishtiriladi

Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari aniqlanadi. Mashg‘ulot qoidalari e’lon qilinadi.

PISA xalqaro dasturining o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ijodiy topshiriqlar tayyorlash, ularni o`tkazish usullari bo`yicha mavzu tarqatma materiallar, slaydlar va kichik guruhlarda amaliy ishlash orqali yoritiladi.

III. Yakunlovchi bosqich

Tinglovchilarning mavzu haqidagi xulosalarini tinglash.

Mustahkamlash uchun savollar:


  1. PISA xalqaro dasturining o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ijodiy topshiriqlar yaratish qoidalaridan nimalarni bilasiz?.

  2. Tafovutlarni aniqlash va ular bilan ishlash borasida nimalarni tavsiya qilishingiz mumkin?

  3. Xalqaro dasturlarn bir-biridan qanday farqi bor?

  4. O`qish savodxonligini baholash haqida fikringiz.

Tayanch iboralar: PISA, TALIS,TIMSS, PIRLSxalqaro dasturi, savodxonlik, harakatlar rejasi, matn, ma`lumot, mulohaza, muammoli tafakkur, mantiqiy fikrlash, ijodiy ishlash, iqtisodiy, didaktik vositalar.

PISA

PISA(inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiyfanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.

Budastur3 yildabirmarotabao‘tkaziladi. Dastlab1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.Bu dastur boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qoʻshilishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.

Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?

XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.

Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.

PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarnitahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.

PISA test tarkibi

PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:Oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yoʻnalishlari. Oʻzbekiston 2021 yilda uch yoʻnalish: Oʻqish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan.

Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi! bu testlarda oʻquvchilarning dars davomida aniq mavzular boʻyicha oʻrgangan bilimlarini sinovdan oʻtkazish nazarda tutilmagan!

PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:


  1. Bir javobli testlar;

  2. Bir nechta javobli testlar;

  3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigansavollar;

  4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PISA: Asosiy yoʻnalishlar

Oʻqish savodxonligi:Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.

Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʻno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya,xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.



Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holdafoydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.

Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.



PISA: Namunalar

Oʻzbekiston taʻlim sohasida islohatlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan oʻz ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda oʻqituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak boʻladi.

Shu maqsadda, PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash boʻyicha koʻnikma hosil qilish maqsadida, asosiy yoʻnalishlar boʻyicha turli fanlarga aloqador sinov materiallardan namunalar tuzishga qaror qildik. Quyida shu materiallarni keltiramiz.

Eslatma: PISA testlari haqiqiy namunalari jahon boʻyicha mamlakatlardan saralab olingan eng kuchli mutaxassislar tomonidan tuziladi. Ularda bitta savolda oʻrtacha 500‑1000 tagacha soʻzlardan tashkil topib, har matnga 5-8 gacha turli koʻrinishdagi topshiriqlar beriladi. Bu savollar muallifining ular darajasida tajribasi, bilimi va imkoniyati yoʻqligini va savollar faqat taklif xususiyatiga ega ekanini inobatga olasiz deb umid qilaman. Matn va savollarda xato va kamchiliklar boʻlsa, oldindan uzr soʻrayman.



OʻQISH SAVODXONLIGI

(PISA 2009 sinovida tushgan test tarjimasi)

Makondo

(Gabriyel Garsiya Markesning “Tanholikning yuz yili” romanidan parcha)

Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand boʻla boshladilar. Ular Auriliano Tristi poyezdda olib kelgan generatorning toʻtovsiz tum-tumiga koʻnikishlari qiyin boʻlgan boʻlsa ham, generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi. Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda oʻlib, qishloq ahlining qaygʻusiga sababchi boʻlgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo boʻlishi ularning gʻazabini keltirib, teatrdagi oʻrindiqlarning chilparchin boʻlishiga olib keldi. Shahar hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga koʻra oʻtkazgan yigʻilishida filmlar koʻngil ochish vositasi ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida maʻruza qildi. Qishloq aholisi bu maʻruzadan keyin oʻzlarini loʻli ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, oʻz tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular uchun ham jon kuydirish niyatlari yoʻqligini bildirdilar va boshqa filmlarni koʻrishga kelmaslikka qaror qildilar.

1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi boʻldi?

2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?


  1. Ular koʻngil ochishni istadilar, lekin filmlar hayotiyligi va tushkin kayfiyat paydo qilishi ularga yoqmadi.

  2. Ular uchun chipta narxi qimmatlik qildi.

  3. Ular hiisyotlarini haqiqiy hayot uchun asrashga qaror qilishdi.

  4. Ular filmlardan hissiy taʻsir kutishgan edi, lekin filmlar zerikarli boʻlib chiqdi.

3. Matn oxirida berilgan “hayoliy mavjudotlar” deganda nima nazarda tutilgan?

  1. Arvohlar

  2. Ixtirolar

  3. Film qahramonlari

  4. Aktyorlar

4. Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qoʻshilasizmi? Oʻz fikringizni oʻzingizning filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang.

OʻQISH SAVODXONLIGI(Adabiyot. Test namunasi)

Badiiy asar va film

Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda baʻzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Masalan, Kumushbibi chap qoʻlida choy uzatish sahnasi. Filmdagi yana bir lavhada birgina qisqa soʻz tashlab ketilgan. Agar chuqurroq o'ylab ko'rilsa, kinochilar adibimizning topqirligiga putur yetkazib qo'yganini fahmlash mumkin. Asarda Yusufbek hojining Margʻilondan Toshkentga birinchi bor kelgan Kumushbibini kutib olish sahnasi bor. Shu gapga diqqat qiling!

Filmda:

Yusufbek hoji: Margʻilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.



Asarda:

Yusufbek hoji: Margʻilonda hamshunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.



1. Filmdagi bu xato oqibatida qanday maʻno oʻzgarishi sodir boʻlgan deb oʻylaysiz?

  1. Hech qanday oʻzgarish yoʻq

  2. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida Zaynabni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan.

  3. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida oʻgʻli Otabekni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan.

  4. Asarda Yusufbek hoji Kumushbibiga Toshkentda ham kelini borligini bildirmoqchi boʻlgan, filmda bu maʻno tushib qolgan.

2. Filmda bu soʻzning tushib qolishiga qanday omil sabab boʻlgan boʻlishi mumkin? Toʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlgan hamma javobni belgilang.

  1. Rejissyorning eʻtiborsizligi

  2. Senariy muallifining eʻtiborsizligi

  3. Rejissyorning matnni joʻrttaga oʻzgartirgani

  4. Rejissyorning yo senariy muallifining oʻzbek tili imkoniyatini toʻliq bilmasligi

  5. Abdulla Qodiriyning oʻzining maslahati

(Izoh: Aslida bu savol PISA tizimi talablariga toʻliq javob bermaydi, PISA savolida oʻquvchidan aniq bir maʻlumotni bilish talab qilinadigan savol berilmaydi, lekin biz “Otkan kunlar”ni har bir oʻzbek biladiganhayotiy maʻlumot deb qabul qilgimiz keldi)
Download 27.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling