Mаntiqdan mustaqil ish uchun mashqlar tushuncha 1-mashq. Qo’yidagi tushunchalarni yakka va umumiy, muhim va nomuhim belgilarini ajratib ko’rsating
Download 390.62 Kb. Pdf ko'rish
|
МАНТИҚДАН МАШҚЛАР
1
TUSHUNCHA 1-mashq. Qo’yidagi tushunchalarni yakka va umumiy, muhim va nomuhim belgilarini ajratib ko’rsating. Masalan, Mantiq – ijtimoiy fan (umumiy, muhim), tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi (yakka, muhim), institutning ikkinchi kursida o’tiladi (umumiy, nomuhim), bu fandan chop etilgan ba'zi kitoblarning muqovasi ko’k rangda (umumiy, nomuhim). a) O’rik – meva, daraxt, Osiyoda ham o’sadi, shirin ta'mli, institut binosi yonida ekilgan, novdasi butasimon emas, mevasi danakli; b) AqSh – jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat, quruqlikda Kanada bilan chegaradosh, g’arbi va sharqida Tinch va Atlantika okeanlari joylashgan, aholisining asosiy qismini Evropadan ko’chib kelganlar tashkil etadi, davlat boshlig’i prezident, mustaqillik kuni 4 iyul; c) mis – rangli metall, elektr toki o’tkazuvchan, insoniyat tomonidan birinchi mehnvt quroli sifatida qo’llanilgan metall, egiluvchan, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi, elektronika sohasida qo’llaniladi, O’zbekiston hududida ham uchraydi; d) televidenie – ommaviy axborot vositasi, har bir kishi uning xizmatidan foydalanishi mumkin, XX asrda vujudga kelgan, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining eng ko’p tarqalgan shakli, axborotlarni tezkorlik bilan uzatadi, musiqiy dasturlarni efirga uzatadi ega; e) hukm – tafakkur shakli, gap bilan uzviy bog’liq, asosan darak gap bilan ifodalanadi, tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab, mazmuniga ko’ra chin va xato bo’ladi, mantiq fanida o’rganiladi; f) Farobiy – Markaziy Osiyolik mutafakkir olim, “ikkinchi muallim” taxallusiga ega, “Fozil odamlar shahri” asarining muallifi, O’tror shahrida tug’ilgan, Damashq shahrida yashagan, falsafaga oid asarlar yozgan.
a) O’zbekiston bilan chegaradosh, lekin qozog’iston bilan chegaradosh bo’lmagan Markaziy Osiyo respublikasi; b) miqdoriga ega bo’lmagan son; c) ong, til va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tirik mavjudot; d) o’z hajmiga ega bo’lmagan tushuncha; e) yopiq tabiiy suv havzasi; f) tovarlar va xizmatlar uchun ekvivalent; g) molekulani tashkil etuvchi bo’linadigan zarra; h) quyosh sistemasidagi eng chekkada joylashgan planeta; i) aholisi soniga ko’ra dunyoda eng katta qit'a; j) Evropaning markaziy qismida joylashgan, aholisining asosiy qismi nemislar bo’lgan federativ davlat.
Mikrosxema, yashasin tinchlik, yurib bormoq, kelgin, hamma, nota, Koreya, blok, algoritm, makon, noma'lum ob'ekt, yil mahsuloti, Vatan xissi, muqova, xronologiya, observatoriya, jadval, aksioma, balli, sayoz, eng, katta yo’l, kelajak avlod, oliy mansab, maqsad, ilohiy, asl, yosh, betakror, darkor, ba'zi, balki, yovuz.
2 O’zbekiston viloyatlari, donli o’simlik, arxiv, tranzistor, shifoxona, musiqiy asbob, yoqilg’i, oziq-ovqat, firma, birja, huquq, fan, shahar, yirtqich hayvon, gaz, sanoat, materik, fakultet, o’zbek yozuvchilari, toq sonlar, millat, davlat, mutafakkir, tog’, tafakkur shakllari, tushunchaning belgilari, avtobus, ilmiy nazariya, darslik.
Tropik meva, Boysun tog’i, ko’l, yo’qlik, ajdarho, payg’ambar, Tailand, o’lka, doiraning boshi, aylana chiziq, Veneradagi oyli tun, mantiq, okeandagi cho’l, ongsiz inson, Kamerun, virus, gazsimon metall, astrologiya, kafedra, Sinay yarim oroli, yassi tog’, ibtidoiy madaniyat, funktsiya, Tunis, Movaraunnahr.
Planeta, dengiz, kitob, elektr stantsiyasi, temir yo’l vokzali, pasport, kimyoviy o’g’it, hajm, ibtidoiy dinlar, teorema, o’simlik ildizi, halqaro tashkilot, hayvon, kino, muzika, yo’lbars, juft son, axborot tizimi, metall, professor, avtomobil. 7-mashq. Yakka va umumiy tushunchalarni ko’rsating. Masalan, planeta – umumiy tushuncha; Orol dengizi – yakka(chegaralangan) tushuncha. Surxandaryo viloyati, fuqaro, Rim papasi, Arktika, lotoreya, Vizantiya poytaxti, Mars yo’ldoshi, Xeops piramidasi, trigonametriya, futbol, basseyn, quyosh, A.Navoiy, O’zbekiston Respublikasi, Osiyo davlatlari, fizika, Navoiy shahri, Mustaqillik maydoni, atom, formula, so’z, daryo, kimyoviy element, Somoniylar davlati, ritsar, agranom, Xitoy, A.Temur, falsafa, futbol komandasi, tarix kitobi. 8-mashq. Hajm jihatidan chegaralangan va chegaralanmagan tushunchalarni ajratib ko’rsating. Masalan, Markaziy Osiyo respublikalari – chegaralangan, molekula – chegaralanmagan. Qit'a, qush, Erning radiusi, Buxoro amirligi, sodda hayvonlar, kosmanavt, Erning sun'iy yo’ldoshi, suv inshooti, harf, kompyuter, mebel, inert gaz, meteroit, Yunoniston shahar-davlatlari, Buyuk Britaniya monarxlari, quyosh nuri, rang, son, geometrik shakl, aloqa vositasi, ikkinchi darajali gap bo’laklari, neytron, fizik olim.
a) Ushbu hodisaga nisbatan hamma o’z fikrini bildirdi; b) Guruhimiz talabalari falsafa fanidan imtihon topshirishdi; c) jahon aholisining katta qismi Osiyoda istiqomat qilishadi; d) barcha daraxtlar ham mevali emas; e) juft sonlarning barchasi ikkiga qoldiqsiz bo’linadi; f) tushunchalar hajmiga ko’ra yakka va umumiyga bo’linadi; g) kutubxonadagi kitoblar alfavit tartibi bo’yicha joylashgan; h) Markaziy Osiyo 3 respublikalari 1991 yil mustaqillikka erishdi; i) oliy ta'lim tizimining sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda; j) institutni bitirgandan so’ng har birimiz bakalavr diplomiga ega bo’ldik. 10-mashq. Konkret va mavhum tushunchalarni ko’rsating. Masalan, Televizor – konkret tushuncha; do’stlik – mavhum tushuncha. Bilim, tafakkur, iftixor, yozuv, Vatan, farishta, dev, galaktika, argonavt, tabletka, ayiq, vijdon, geliy, sharshara, bazalt, mayit, payg’ambar, qog’oz, poyondoz, allergiya, poydevor, mikrob, huquq, rang, odam, mazmun, gazeta, Evropa, yo’lbars, okean, axborot, harorat, ta'm, xirurg, mehnat, dinozavr, Mars planetasi, advokat, qo’shiq, ijod.
Insofli, salohiyatli, farosatli, farovon, layoqatsiz, ilojsiz, e'tiqodsiz, aloqador, muhim, oliy, passiv, real, baxtsiz, imkoniyatli, noumid, vijdonsiz, badavlat, diyonatli, befoyda, adolatli, sadoqatsiz, qat'iyatli, beparvo, antitezis, behayo, savodli, odobsiz. 12-mashq. Qo’yidagi tushunchalarni nisbatli va nisbatsizga ajrating. Masalan, Partiya – nisbatsiz; shifokor – nisbatli. Parlament, daromad, atrof, ichki, juft, osmon, jahl, sof, taom, geolog, oyna, otash, kasb, talab, raqib, tilovat, qattiq, mikro, kraxmal, defitsit, halq, baland, o’quvchi, kambag’al, chuqurlik, inson, radio, jurnal, aktyor, Amerika qit'asi, kenguru, samolyot, piyola, suv, jism, mavzu, do’st, sport. idora, dastur, xiyobon.
Universitet, Toshkent shahri, metro, sayt, til belgisi, supermarket, xudo, alyuminiy, to’qima, sarkarda, adovat, mikroskop, tennis, kvadrat, bino, cho’l, stol, daftar, jinoyat, bilim, bug’doy, dindor, progress, aybdor, do’stlik, Misr, temir, I. Kant, ijtimoiy fan, yadro, fermer, delfin, aholi, jamoat tashkilotlari, injener.
a) Oliy o’quv yurti, institut; b) aktyor, qo’shiqchi; c) hayvon, yo’lbars; d) eng yirik okean; Tinch okeani; e) Rim imperatori, Neron; f) davlat boshlig’i, prezident; g) AqSh poytaxti, Vashington; h) eng qadimgi davlatlar, Misr; i)tushuncha, so’z; j)tadbirkor, deputat; k) gap, so’roq gap; l) eng yirik halqaro tashkilot, BMT; m) kasallik davosi, dori; n) yozuvchi quroli, qalam; o) borliq, materiya; p) din, islom dini; q) Amir Temur davlati poytaxti, Samarqand viloyatining ma'muriy markazi.
Xitoy, kesma, qizilqum cho’li, kit, Ibn Sino, Bibliya, uglevod, So’g’diyona, Nil daryosi, A.S.Pushkin, gap tuzilishi, massa, fir'avn, futbol vatani, Moskva, himolay tog’i, o’qituvchi, Aqsh konstitutsiyasi, Vatikan, vodorod, Yuliy Sezar, Avstraliya, din, ong, geometriya, Venera planetasi, vulqon, oltin, arxitektura.
4 Yuridik shaxs, halq artisti, shifokor, sportchi, mulkdor, talaba, maydon, deputat, uchuvchi, magazin, telefon, ma'muriy markaz, orol, rahbar, yakshanba, sinfdosh, bezak, botir, rejissyor. 17-mashq. Qo’yidagi tushunchalarga buysunish munosabatidagilarni toping. O’simlik, o’quv quroli, kimyoviy element, haykal, kompozitor, ertak, arxeologik madaniyat, organik modda, vulqon, fasl, bayram, ibodatxona, Buyuk Britaniya qirolichasi, Rossiya shaharlari, o’zbek shoiri, ximik olim, O’zbekiston Respublikasi qonuni, korxona, baliq, gap, tarixiy voqea, jahon chempioni, poytaxt, ertak, jamiyat, tushunchaning turlari. 18-mashq. Sig’ishmaydigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang. Masalan, O’zbekiston Respublikasi (A), Rossiya Federatsiyasi (B), davlat (C) – birga buysunish munosabati. a) Hukm, tushuncha; b) baland, past; c) dovyurak, qo’rqoq; d) go’zal, go’zal emas; e) egri, to’g’ri; f) ko’k, ko’k emas; g) insofli, insofsiz; h) fizika, kimyo; i) aloqador, aloqasiz; j) quyon, bo’ri; k) yumshoq, qattiq; l) engil, og’ir; m) neytron, elektron; n) sifat, miqdor; o) yakka, umumiy; p) kino, teatr; q) kirim, chiqim; r) yangi, yangi emas.
19-mashq. Qo’yidagi tushunchalarga birga buysunish munosabatidagilarni toping. Qonun, kislorod, al-Xorazmiy, Meksika, biologiya, iqtisod, qalam, choynak, apteka, qo’rg’oshin, neolit, poliklinika, Urartu, anor, ruboiy, sonata, tramvay, opera, xokkey, baliq, Tyanshan tog’i, universitet, daryo, inson, olma, tashkilot, siyosiy partiya, stol, tennis, algebra, neft, bank, prezident, Oliy Majlis.
Nisbat, bevaqt, aybdor, asorat, bilim, osti, boshlanishi, jarohatli, doimiy, mazali, g’aroyib, inkor, sog’lom, qora, qahramon, ilmiy, chin, tabiiy, qiziqarli, mustahkam, uzoq, suyuq, issiq, qonuniy, tekis, sevimli, dindor, qabohat, zaruriy, isbot, tushunarli. 21-mashq. Qo’yidagi tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang va ularni Eyler doirasi bilan ifodalang. a) Yozuvchi, shoir; b) televizor, kompyuter; c) qahramon, general, olim; d) ishchi, dehqon, tadbirkor; e) Osiyo, Afrika, qit'a; f) shaxar, Shanxay; g) parlament, hukumat, davlat boshqaruv organi; h) zavod, fabrika i) katta, kichik; j)doira, geometrik shakl; k) ahloqli, ahloqsiz l) ko’z, quloq, burun; m) Afrika davlati, janubiy Afrika davlati, JAR; o) piyola, chinni buyum; p) shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat. 22-mashq. Tushunchalarni umumlashtiring. Masalan, falsafa – ijtimoiy fan. Kuz, sifat, tarix, laylak, Volga daryosi, Parij shahri, materiya, kutubxona, respublika, boks, Xiva, Bobil, qisqichbaqa, uglerod, psixologiya, rektor, tezlik, monarxiya, qarag’ay, qaror, Chingiz Aytmatov, delfin, esse, to’fon, tuman, qirol, fotosurat.
5 Markaziy Osiyo respublikasi, rangli metall, fizikaviy qonun, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, yopiq suv havzasi, oliy o’quv yurti, hunarmandchilik, irq, tabiiy ofat, soat, xizmat ko’rsatish sohasi, farzand, jamoa, muzey, harbiy bo’linma, tarixiy voqea, halq og’zaki san'ati, muhaddis, kapalak, umurtqali hayvon.
Kislorod – inert gaz; Toshkent – Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar; etika – tabiiy fan; kema – eng qadimgi transport vositasi; GFR – prezident respublikasi; Italiya – federativ davlat; Oy – Erning yo’ldoshi; Rossiya – dunyoda hududi bo’yicha dunyoda eng yirik davlat; qush – qanotli hayvon; sambo – yakka kurash sport turi; drama – sahna uchun yozilgan asar; kabuki – yapon san'ati; ot – so’z turkumi; kardiologiya – tibbiyot sohasi; aktyor – san'atkor; London – poytaxt shahar; Mirzo Ulugbek – buyuk rassom. 25-mashq. Tushunchalarni chegaralashni to’g’ri ekanligini tekshiring. O’zbek adabiy tilining asoschisi – A. Navoiy; iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Osiyo davlati – Yaponiya; O’zbekistondagi eng kichik viloyat – Guliston; davlat qonunlarini buzish – jinoyat; eng qattiq metall – temir; geometrik shakl – to’rtburchak; aloqa vositasi – telefon; qadimgi yunon dostonlari – “Iliada” va “Odisseya”; paxta etishtiradigan mamlakat – Ozarbayjon; temuriylar davlatining asoschisi – Amir Temur; til qurilishi qoidalarini o’rganuvchi fan – sintaksis; hissiy bilish bosqichi – idrok; “qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar” asarining muallifi – Beruniy; tushunchani ta'riflash – definitsiya; siyosiy tashkilot – davlat; badiiy asar – roman.
Tabiiy hodisa – zilzila; vodiy – Zarafshon vodiysi; haykaltaroshlik – ta'sviriy san'at sohasi; Rim – Italiyaning poytaxti; halq tabobati – tibbiyot sohasi; Vatikan – diniy davlat; sabzavot – karam; ishlab chiqarish korxonasi – fabrika; demokratik tamoyil – qonunning ustuvorligi; I.A.Karimov asari – “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”; asar – badiiy asar. 27-mashq. Qo’yidagi amallarning qaysilarida ikkinchisi birinchisining umumlashtirish natijasi xisoblanadi. Institut talabasi – talaba; kotib – ilmiy kotib; fuqaro – qadimgi Afina fuqarosi; huquq – fuqarolik huquqi; Afrikadagi yirik daryo – Nil; Sergey Esenin – rus shoiri; sport turi – tennis; kema – paroxod; baliq – seld; sud – xo’jalik sudi; g’oya – milliy g’oya; o’t – olov; yigit ismi – Farxod; bino – binoning birinchi qavati.
Tirik mavjudot, fan, texnika, sanoat, qonun, shakl, huquqiy hujjat, millat, ma'naviy madaniyat, din, kasallik, ilmiy atama, o’yinchoq, asbob, xom ashyo, siyosiy institut, qadimgi davlat, hashorat, tushunchalar o’rtasidagi munosabat, parfyumeriya. 29-mashq. Qo’yidagi tushunchalarni to’liq umulashtiring. Masalan, “Mantiq fani” asari – V.F.Gegel asari – mantiqga oid asar – ilmiy asar – asar. Erkin Vohidov, Venetsiya, maymun, kubizm, formal mantiq, Nyuton qonuni, to’g’ri burchakli uchburchak, “Alpomish” dostoni, 2,45, Z.M.Bobur, Urmiya ko’li,
6 “Neksiya” avtomobili, EhhT, kriminalistika, natriy, ertak, qotillik, o’zbek millati, “Paxtabank”, aspirin, masjid. 30-mashq. Ta'riflashning turini, ta'riflanayotgan va ta'riflovchi tushunchalarni hamda ularning jins va turini ko’rsating. Masalan, fan (A) – o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan (B) olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir (C) – yaqin jins va turini ko’rsatish orqali ta'riflash. a) It – sut emizuvchi umurtqali hayvon; b) ontologiya – falsafaning borliq haqidagi ta'limotni izohlaydigan qismi; c) simob – suyuq metall; d) qozog’iston – Markaziy Osiyoda joylashgan davlat; e) Frensis Bekon – ingliz faylasufi; f) qur'oni Karim – islom dinining muqaddas kitobi; g) karate – sharq yakka kurashi; h) “Monadologiya” – G.V.Leybnitsning falsafa va mantiqga oid asari; i) jaz – XIX asr oxirlarida AqShda vujudga kelgan musiqa san'ati; j) Ossuriya – qadimgi Sharq davlati; k) nazariya – ma'lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g’oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetlarni yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir. 31-mashq. Qo’yidagi tushunchalarni nominal ta'rifini keltiring. Masalan, 1. Sillogizm yunoncha so’z bo’lib “qo’shib hisoblash” degan ma'noni bildiradi – nominal ta'rif. Konstitutsiya, parlament, investitsiya, geometriya, lingvistika, monopoliya, simmetriya, karroziya, entsiklopediya, filosofiya, kategoriya, genetika, psixologiya, demokratiya, respublika, senat, Avesto, korparatsiya, shariat, farmakalogiya, Bibliya, metodologiya, semantiqa, polis, megapolis, algebra, madaniyat,biologiya, estetika, definitsiya, profitsit, miqdor, kredit, ma'naviyat, arxeologiya, fiziologiya, mexanika, informatika, dramaturgiya, selektsiya.
Kenguru, romb, aksiologiya, syurrealizm, makkajo’xori, Suvaysh kanali, feodal, anoganik modda, G. Galiley, geodeziya, kesim, nazm, senat, tralleybus, kuzatish, tajriba, bakalavriat, mehnat huquqi, Kaspiy dengizi, tasavvur, pragmatika. 33-mashq. Qo’yidagi tushunchalarning genetik ta'rifini keltiring. Masalan, Millat – kishilarning umumiy til, urf-odat, an'ana va madaniyatga ega bo’lgan etnik birligi. Kislota, silindr, yarim orol, ichki yonuv dvigateli, ijtimoiy jarayon, organik modda, jazo, kasallik, monopoliya, konfederatsiya, amaliyot, idrok, tushunchani umumlashtirish, badiiy ijodiyot, ma'naviy komillik, degradatsiya, integratsiya, universal sinf, instantsiya, termin, tasodif, aktsionerlik jamiyati, ekvivalentsiya, avtonom respublika, yuridik shaxs, uyushma, loqaydlik. 34-mashq. Qo’yidagi tushunchalarning genetik va operatsional ta'riflarini keltiring. 7
genetik ta'rif. Suv suyuqlik bo’lib, +100 c da bug’lanadi. Federatsiya, og’irlik, topografiya, jazo, abstrakt, ideal, gipoteza, tasavvur, noyob, korpus, immunitet, parallel, fazo, tekislik, yorug’lik, paleolit, natural ho’jalik, oxirat, silindr, qattiq, erta, erosti, mo’l, o’tirish. Download 390.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling