11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiyni o‘qimay qo‘ysa
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
- Aravani quruq olib qochmoq
- VI. Uyga vazifa.
91-mashq. Cho'lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan parchani o‘qing va ko‘chimlarni aniqlang, ularning ifodalilik jihatidan qimmatini izohlang. Har yil bir keladigan bahor sevinchi yanako‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...(metafora) 92-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularda metonimiya va sinekdoxa yo‘li bilan hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolarni izohlang. 3. O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo`lgani shudir. (E. Vohidov) –metonimiya. 6. Bashirjonyoniga ag'darildi: «Rahmatli chol to‘g‘ri aytarkan. Undan-ku, bir tirnoq — men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yuribman». (N. Aminov) – sinekdoxa. 93-mashq. Berilgan misralarda sor, burgut,lochin so‘zlarining qanday ma’noda qo`llanganini tushuntiring, undagi ko'chmama’no nima asosda yuzaga kelganini yozma bayon qiling. O‘zingiz ham shunday ko‘chimlar qatnashgan misollarniyozib keling. Ahmad-u Muhammad, yonimga keling, Farg‘ona, Xorazm sor, lochinlari! (E. Vohidov) – metafora. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 94-, 95-mashqlar sharti asosida bajariladi. 95-mashq. She’rni ifodali o‘qing. So'zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llashorqali nutq ta’sirchanligi ta’minlanishiga diqqat qiling. Atirgul Gullar oqshom chog‘ida, o‘yga tolar emishlar, Quyosh botgan tarafga, qarab qolar emishlar. So‘ng barchasi subhidam sal iymanib, nozlanib, Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib. Faqatgina atirgul, sog‘inch dog`lab ko‘ksini, Quyoshi ketgan yo`ldan olmas emish ko‘zini. Ters tomondan kun chiqqach, to‘lib shabnam — ko‘z yoshga, Hayrat-u araz bilan qayrilarmish quyoshga. (Mirzo Kenjabek) Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” dan olingan iboralar izohi ustida ishlanadi: Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing. Aravani quruq olib qochmoq Uddasidan chiqa olmaydigan ishyoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq. Varianti: aravani olib qochmoq; olib qochmoq; quruq aravani olib qochmoq. Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan Nihoyat darajada beozor, mo‘min. V . Darsni yakunlash.Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi VI. Uyga vazifa. Darslikdagi 96-mashq va savol-topshiriqlar bilan ishlash. _________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Sana __ ________ Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling