11-sinf ona tili I chorak O’zbek tili qaysi til oilasiga kiradi?


Download 16.79 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi16.79 Kb.
#1027421
Bog'liq
11-sinf ona tili choraklik test


11-sinf ona tili I chorak
1.O’zbek tili qaysi til oilasiga kiradi?
A)hind-yevropa B)turkiy C)oltoy D)eron
2.Biznes, biznesmen, millioner, savdogar, fermer, janob parlament kabi so’zlar qanday so’zlar sanaladi?
A)ilgari salbiy bo’yoqqa ega, hozir ijobiy bo’yoq kasb etayotgan so’zlar
B)salbiy bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar C)ijobiy bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar D)eskirgan so’zlar
3.Audiovizual, antiteror, bakalavr, bankomat, birja, brifing kabi so’zlar qanday so’zlar?
A)yangi paydo bo’lgan so’zlar B)eskirgan so’zlar C)nofaol so’zlar D)keng omma nutqidan deyarli joy olgan so’zlar
4.A.Navoiy hayot mohiyati hisoblangan unsurlar haqida gapiradi. Ular qaysilar?
A)suv, yer, osmon, havo B)suv, olov, osmon, tuproq C)suv, havo, olov, tuproq D)yer, suv, havo, osmon
5.Brifing nima?
A)rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildiruvchi yoki rasmiy xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuv
B)adabiy, ilmiy, publitsistik asarlarni tahlil qilish, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini, yutuq va kamchiliklarini o’rganish C)foydalanish, ishlatish,foydalanmoq, ishlatmoq
D)biror narsa, ish-harakat,voqea-hodisa va shu kabilarni tugashi, nihoyalanish davri
6.Unsur so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
A)odamdan boshqa jonli narsalar B)savdo ishlari C)butunni tashkil etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi D)adabiy, badiiy asarlarni tahlil qilish
7.Oqil o’z so’zin o’rniga so’zlagay,
Ham javobni munosib ko’zlagay. Ushbu satrlar muallifi kim?
A)A.Navoiy B)A.Fitrat C)A.Qodiriy D)S.Saroyi
8.Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo’yalilik
B) mantiqiylik, jo’yalilik, soflik, aniqlik,soddalik, madaniylik
C)mutanosiblik, qarama-qarshilik, to’g’rilik, jo’yalilik, soddalik
D)kreativlik, barqarorlik, ijobiylik, boylik, ifodalilik
9.O’zbek tilining izohli frazeologik lug’atini kim tuzgan?
A)O.Sharafiddinov B)Sh.Rahmatullayev C)A.Rustamov D)E.Vohidov
10.Adabiy tilda nechta me’yorlar farqlanadi? A)4 B)5 C)6 D)7
11.”Ich-etini yemoq”iborasining ma’nodoshini toping?
12.O.Hoshimovning “Tomshuvoq” hikoyasida qanday mavzu ilgari surilgan?
13.Shevaga xos bo’lgan so’zlar ham badiiy asarda qo’llaniladimi? Nima uchun?
14.”Tishi o’tmaydi” iborasi nimani anglatadi?
15. Parazit so’zlar nima?
II Chorak Ona tili 11-sinf
1.”Boshi shishmoq” iborasini ma’nodoshini toping?
A)boshi qotmoq B)to’satdan qattiq qo’rqmoq C)enka-tenkasi chiqmoq D)qiynalib ketmoq
2.Nutqning boyligini ta’minlashda bir qancha til vositalari ishtirok etadi. Ular qaysilar?
A)leksik, semantic, morfologik B)leksik, semantic, innovatsion
C)leksik, semantic, Grammatik D)intonatsion, leksik, morfologik
3.So’z zahirasi uni ishlatish bo’yicha atoqli so’z san’atkorlari A.Navoiy va A.S.Pushkinning so’z boyligi qancha edi?
A)A. Navoiy 25 mingdan ortiq , Pushkin 22 mingdan ortiq
B) A. Navoiy 26 mingdan , Pushkin 21 ming C) A. Navoiy 26 mingdan ortiq , Pushkin 22 mingdan ortiq D) A. Navoiy 28 mingdan ortiq , Pushkin 26 mingdan ortiq
4.”Yuragi orqasiga tortib ketmoq” iborasining ma’nodoshi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)yuragi toshib ketmoq B)kechinmalari ichiga sig’may C)kimgadir aytish ehtiyoji tug’ilmoq D)bir lahza ich ichidan qo’rquv aralash hayajonlanmoq
5.Rasmiy ish qog’ozlarida ifodalilikka e’tibor beriladimi?
A)e’tibor beriladi B)e’tibor berilmaydi C)kamroq e’tibor beriladi D)ifodalilik zaruriy sifatdir
6.Ifodalilik qaysi uslubga xos?
A)badiiy uslub B)publitsistik uslub C)rasmiy uslub D)ilmiy uslub
7.Kutmagan so’zi qaysi ibora bilan ma’nodosh bo’ladi?
A)O’ta ketgan B)Uchiga chiqqan C)Yetti uxlb tushiga kirmagan D)Ikki dunyoda ham
8.Nutqimizda qanday ko’chimlar bor?
A)metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik
B)O’xshashlik, vazifadoshlik, antonimlar, paronimlar
C)metonimiya, shakldoshlar, ma’nodoshlar, metafora
D)sinekdoxa, ma’nodoshlar, metonimiya, antonimlar
9.”Qozonning qulog’i” birikmasi qanday ma’no ifodalaydi?
A)sinekdoxa B)metafora C)metonimiya D)vazifadoshlik
10.”Tirnoqqa zor”jumlasi qanday ma’no ifodalaydi?
A) metonimiya B)vazifadoshlik C)sinekdoxa D)metafora
11.”Aravani quruq olib qochmoq” iborasining ma’nosi nima?
12.”Qo’y og’zidan cho’p olmagan” iborasining ma’nosi nima?
13.U yon daftariga vrachlarga xos “husnixat” bilan yozib qo’ydi.ushbu gapda kinoya qani?
14.O’xshatishning nechta turi bor?
15.Xafa, xursand, sho’x so’zlariga mos ibora toping?

I chorak Ona tili 11-sinf


1.b 2a 3d 4c 5 a 6c 7d 8 a 9b 10c 11o’z yog’iga o’zi qovurilmoq 12 ko’pchilikning haqqi 13 qo’llaniladi. Asar qahramonining qayerdan ekanligini ko’rsatish uchun 14. Yenga olmaslik , o’zlashtira olmaslik 15.nutqdagi ortiqcha so’zlar m:haligi, anaqa, innankeyin

II chorak Ona tili 11-sinf


1a 2 c 3b 4d 5 c 6a 7c 8a 9b 10c 11. Uddasidan chiqa olmaydigan ish haqida maqtanmoq 12. Nihoyat darajada beozor, yuvosh 13. “husnixat” 14.erkin va turg’un o’xshatish 15.xafa-ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi, xursand-og’zi qulog’ida, sho’x- yerga ursa, ko’kka sapchiydi

Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling