11-sinf o'zbekiston tarixi
Download 25.58 Kb.
|
T-1-2-Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- B) 1991-yil oktabr- noyabr
- B) 6 bolim, 26 bob, 128 modda
- D) VIII
- ) 1992-yil 8-dekabr OzR Davlat madhiyasining sozi muallifi Abdulla Oripov qaysi yillarda yashagan A) 1938-2016-yillar B) 1941-2016
- B) deputat
- B) prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi
- A) davlat hokimiyatining
- D) Qonunchilik
- D) 2005-yil Hozirgi kunda Oliy Majlisda jami necha nafar deputat hamda senator faoliyat yuritib kelmoqda A) 150 nafar B) 250 nafar
11-SINF O'ZBEKISTON TARIXI O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini obyektiv baholagan holda mustaqillik davri nechta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 O'zbekistonning mustaqillik davri tarixi birinchi bosqichi qaysi yillarni qamrab oladi? A) 1991-1997-yillar B) 1991-2000- yillar C) 1991-2005-yillar D) 1991-2016-yillar Milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining dastlabki islohotlar jarayoni O'zbekistonning mustaqillik davri tarixi nechanchi bosqichida yuz bergan? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi O'zbekistonning mustaqillik davri tarixi nechanchi bosqichida demokratik an'analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi -qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratilib, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish boshlandi? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi Nechanchi yildan O'zbekistonda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatilgan? A) 1991-yil B) 1997-yil C) 2000-yil D) 2005-yil O'zbekistonda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari mustaqillik davri tarixi nechanchi bosqichida boshlangan? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D)to'rtinchi Mustaqillik davri tarixi nechanchi bosqichida kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi Mustaqillik davri tarixi nechanchi bosqichida mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashib, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi hamda fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi Nechanchi yildan O'zbekistonda demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi? A) 2000-yil B) 2005-yil C) 2010-yil D) 2015-yil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi nechanchi yilda ishlab chiqilgan? A) 2000-yil B) 2005-yil C) 2010-yil D) 2015-yil Mustaqillik davri tarixi nechanchi bosqichida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi kim tomonidan ishlab chiqilgan? A) Islom Karimov B) Shavkat Mirziyoyev C) Erkin Xalilov D) Akmal Saidov O'zbekistonning mustaqillik davri tarixi ikkinchi bosqichi nechanchi yildan boshlanadi? A) 2015-yil B) 2016-yil C) 2017-yil D) 2014-yil 2016-yil dekabrda o'tkazilgan saylovlar natijasiga ko'ra kim O'zR Prezidenti lavozimiga saylangan? A) Sarvar Otamurodov B) Xotamjon Ketmonov C) Narimon Umarov D) Shavkat Mirziyoyev Strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli jadal islohotlar davri O'zbekistonning mustaqillik davri tarixi qaysi bosqichiga to'g'ri keladi? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi O'zbekistonning mustaqillik davri tarixi qaysi bosqichida “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, “tanqidiy tahlil”, “qat'iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi? A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan sanani belgilang. A) 1989-yil 21-oktabr B) 1990-yil 20-iyun C) 1991-yil 19-avgust D) 1991-yil 31-avgust “O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligini e'lon qiladi” jumlalari quyidagi qaysi tarixiy hujjatda ilk bor tilga olingan? A) O'zSSR Konstitutsiyasi B) O'zSSR Mustaqillik Deklaratsiyasi C) “O'zR Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi Qonun D) “O'zSSR Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun
1991-yil 21-avgustda quyidagi qaysi davlat boshqaruvi muassasalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilib, “SSSR GKChPning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston hududida amal qilmaydi”, degan qaror qabul qilingan? 1. O'zSSR Oliy Kengashining Rayosati; 2. O'zKompartiya MK; 3. O'zSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi; 4. O'zSSR Ministrlar Soveti Prezidiumi; 5. O'zSSR Xalq deputatlari Soveti. A)1,2,4 B)3,4,5 C)1,2,3 D)2,3,4 Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e'tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olish hamda Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirish to'g'risida O‘zbekiston SSR Prezidentining farmoni e'lon qilingan sanani belgilang. A) 1991-yil 19-avgust B) 1991-yil 21-avgust C) 1991- yil 25-avgust D) 1991-yil 31-avgust O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash amalga oshirilgan sanani belgilang. A) 1991-yil 19-avgust B) 1991-yil 21-avgust C) 1991-yil 25-avgust D) 1991-yil 26-avgust O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat qo‘mitasining qo‘shma Plenumida Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qilingan sanani belgilang. A) 1991-yil 19-avgust B) 1991-yil 28- avgust C) 1991-yil 25-avgust D) 1991-yil 26-avgust XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi qachon o‘z ishini boshlagan? A) 1991-yil 31- avgust B) 1991-yil 28-avgust C) 1991-yil 25-avgust D) 1991-yil 26-avgust “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi masala O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida ko'rilgan? A) V sessiya B) VI sessiya C) VII sessiya D) VIII sessiya “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida qabul qilingan? A) V sessiya B) VI sessiya C) VII sessiya D) VIII sessiya “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun nechta moddadan iborat? A) 8 ta B) 12 ta C) 17 ta D) 21 ta “Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qachon imzolangan? A) 1991-yil 1-sentabr B) 1991-yil 5-sentabr C) 1991- yil 6-sentabr D) 1991-yil 30-sentabr “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qachon imzolangan? A) 1991-yil 1-sentabr B) 1991-yil 5-sentabr C) 1991-yil 6-sentabr D) 1991-yil 30-sentabr O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan sanani belgilang. A) 1990-yil mart B) 1990-yil iyun C) 1991-yil aprel D) 1991-yil sentabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan? A) II sessiyasi B) IV sessiyasi C) VI sessiyasi VII sessiyasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanani belgilang. A) 1989-yil 21-oktabr B) 1990-yil 20- iyun C) 1991-yil 19-avgust D) 1991-yil 31-avgust O'zSSR Oliy Kengashining II sessiyasida tuzilgan Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tarkibi necha kishidan iborat edi? A) 40 kishi B) 60 kishi C) 64 kishi D) 72 kishi Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratish ustida qancha vaqt mobaynida ishlagan? A) 1,5 yil B) 2 yil C) 2,5 yil D) 3 yil O'zR Konstitutsiyasi loyihasining dastlabki varianti qachon tayyorlangan? A) 1991-yil sentabr-oktabr B) 1991-yil oktabr- noyabr C) 1992-yil mart-aprel D) 1992-yil oktabr-noyabr O'zR Konstitutsiyasining dastlabki loyihasi nechta moddadan iborat bo'lgan? A) 158 modda B) 162 modda C) 134 modda D) 149 modda 1992-yil martda ishlab chiqilgan O'zR Konstitutsiyasi loyihasi nechta moddadan iborat edi? A) 158 modda B) 162 modda C) 134 modda D) 149 modda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 2-marta matbuotda e'lon qilingan sana - bu . A) 1991-yil oktabr-noyabr B) 1992-yil bahori C)1992-yil kuzi D) 1990-yil iyun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 2-marta matbuotda e'lon qilinganda aholi tomonidan qancha taklif va mulohazalar bildirilgan? A) 2,5 mingdan ortiq B) 3 mingdan ortiq C) 4,5 mingga yaqin D) 6 mingdan ortiq XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi boshlangan sanani belgilang. A) 1991-yil 18-noyabr B) 1991-yil 30-sentabr C) 1992-yil 2-iyul D) 1992-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida mamlakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasi muhokama qilingan? A) VI sessiya B) IX sessiya C) X sessiya D) XI sessiya mamlakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasi muhokama qilishga bag'ishlangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida deputatlar tomonidan loyihaga qancha o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritilgan? A) 100 dan ortiq B)60 ga yaqin C) 80 ga yaqin D) 50 dan ortiq “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan? A) 1991-yil 18- noyabr B) 1991-yil 30-sentabr C) 1992-yil 2-iyul D) 1992-yil 8- dekabr O'zR Konstitutsiyasi muqaddima bilan birga nechta bo'lim, bob va moddadan tashkil topgan? A) 6 bo'lim, 28 bob, 126 modda B) 6 bo'lim, 26 bob, 128 modda C) 6 bo'lim, 8 bob, 120 modda D) 6 bo'lim, 26 bob, 149 modda O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilingan sanani belgilang. A) 1991-yil 15-fevral B) 1992-yil 4-yanvar C) 1992-yil 2-iyul D) 1991-yil 18-noyabr “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun O'zR Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida qabul qilingan? A) VI sessiya B) IX sessiya C) X sessiya D) VIII sessiya O'zR Oliy Kengashining VIII sessiyasi qachon bo'lib o'tgan? 1991-yil 18-noyabr B) 1991-yil 30-sentabr C) 1992-yil 2-iyul D) 1992-yil 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun O'zR Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida qabul qilingan? A) VI sessiya B) IX sessiya C) X sessiya D) VIII sessiya O'zR Oliy Kengashining X sessiyasi qachon bo'lib o'tgan? A) 1991-yil 18-noyabr B) 1991-yil 30-sentabr C) 1992-yil 2-iyul D) 1992-yil 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun O'zR Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida qabul qilingan? A) XI sessiya B) IX sessiya C) X sessiya D) VIII sessiya O'zR Oliy Kengashining XI sessiyasi qachon bo'lib o'tgan? A) 1991-yil 18-noyabr B) 1992-yil 10-dekabr C) 1992-yil 2-iyul D) 1992-yil 8-dekabr O'zR Davlat madhiyasining so'zi muallifi Abdulla Oripov qaysi yillarda yashagan? A) 1938-2016-yillar B) 1941-2016-yillar C) 1916-2002-yillar D) 1910-1990-yillar O'zR Davlat madhiyasining bastakori Mutal Burhonov qaysi yillarda yashagan? A) 1938-2016-yillar B) 1941-2016-yillar C) 1916-2002-yillar D) 1910-1990-yillar Quyidagi qaysi mamlakatda Davlat madhiyasini yozgan shoirga nisbatan “Milliy shoir” maqomi berilgan? A) Ozarbayjon B)Turkiya C) Fransiya D) Italiya Lotincha “majlis, yig'ilish” ma'nolarini anglatib, ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri mazmunini ifodalovchi atama - bu ... A) Kongress B) sessiya C) plenum D) qurultoy Lotincha “yuborilgan, vakil qilingan” ma'nolarini bildirib, vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil mazmunini ifodalovchi atamani belgilang. A) delegat B) deputat C) kongressmen D) konsul Bugungi kunda BMTga nechta davlat a'zo hisoblanadi? A) 203 ta B) 187 ta C) 162 ta D) 193 ta BMTga a'zo davlatlardan nechtasida Prezident lavozimi joriy etilgan? A) 143 ta B) 160 ta C) 175 ta D) 138 ta O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi quyidagi qaysi sanaga borib taqaladi? A) 1990-yil 24-mart B)1989-yil 23-iyun C) 1992-yil 4-yanvar D) 1991-yil 18-noyabr O'zbekistonda davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat'iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilgan sanani belgilang. A) 1990-yil 24- mart B) 1990-yil 20-iyun C) 1990-yil 1-noyabr D) 1991-yil 15- fevral Mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan? A) 1990-yil 24-mart B) 1989-yil 23-iyun C) 1992-yil 4-yanvar D) 1991-yil 18-noyabr Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tgan sanani belgilang. A) 1990-yil 1-noyabr B) 1991-yil 30-sentabr C) 1991-yil 18-noyabr D) 1991-yil 29-dekabr Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi kimning nomzodini ilgari surgan? A) Saloy Madaminov B) Islom Karimov C)Shukrullo Mirsaidov D) Abduhafiz Jalolov Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda “Erk” demokratik partiyasi kimning nomzodini ilgari surgan? A) Saloy Madaminov B) Islom Karimov C)Shukrullo Mirsaidov D) Abduhafiz Jalolov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tgan sanani belgilang. A) 1994-yil 28-dekabr B) 1995-yil 26-mart C) 1995-yil 15-fevral D) 1995-yil 27-yanvar 2000-yil 9-yanvarda o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylovlarda kim g'alaba qozongan? A) Akmal Saidov B) Islom Karimov C) Narimon Umarov D) Abduhafiz Jalolov 2002-yil 27-yanvarda O'zbekistonda o'tkazilgan referendum natijalariga ko'ra ... A) Bosh vazir va siyosiy partiyalarning vakolatlari kengaytirildi B) prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi C) prezidentlik lavozimi vakolati 2005-yildan 2007-yilga uzaytirildi D) ikki palatali parlament chaqirishga qaror qilindi
Islom Karimov ilk bor 7 yil muddatga O'zbekiston Prezidenti etib saylangan sanani belgilang. A) 2007-yil 23-dekabr B) 1995- yil 26-mart C) 2000-yil 9-yanvar D) 2015-yil 29-mart Islom Karimov so'nggi bor O'zbekiston Prezidenti etib saylangan sanani belgilang. A) 2007-yil 23-dekabr B) 1995-yil 26-mart C) 2000-yil 9-yanvar D) 2015-yil 29-mart O'zbekistonning Birinchi Prezidenti og'ir xastalik tufayli vafot etgan sanani belgilang. A) 2015-yil 29-mart B) 2016-yil 4- dekabr C) 2016-yil 2-sentabr D) 2016-yil 8-sentabr Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Prezidenti etib saylangan sanani belgilang. A) 2015-yil 29-mart B) 2016-yil 4-dekabr C) 2016-yil 2-sentabr D) 2016-yil 8-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi tamoyili quyidagi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi B) xalq hokimiyatning manbasi ekanligi C) odil sudlov D) qonun ustuvorligi O'zbekiston Parlamenti qaysi yillarda Oliy Kengash deb atalgan? A) 1990-1995-yillar B) 1991-1994-yillar C) 1990-1994- yillar D) 1999-2004-yillar O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tarkibi qaysi yillarda 150 nafar deputatdan iborat bo'lgan? A) 1990-1995-yillar B) 1991-1994-yillar C) 1990-1994-yillar D) 1999-2004-yillar Bir palatali O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibi qaysi yillarda tarkibida 250 nafar deputat bilan faoliyat yuritgan? A) 1995-2000-yillar B) 1999-2004-yillar C) 1995-2004-yillar D)1994-2005-yillar Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan Oliy Majlis deputatlari tarkibida quyidagi qaysi siyosiy partiyalardan deputatlar ishtirok etishgan? 1. Xalq demokratik partiyasi; 2. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi; 3. “Vatan taraqqiyoti” partiyasi; 4. “Milliy tiklanish” partiyasi; 5. “Fidokorlar” demokratik partiyasi; 6. O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi. A)1,3,5,6 B)2,3,4,5 C)1,2,3,4 D)1,4,5,6
Nechanchi yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan iborat tarzda ish boshlagan? A) 2000-yil B) 2002-yil C) 2004-yil D) 2005-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasi qanday nomlanadi? A) Vakillar palatasi B) Jamoalar palatasi C) Deputatlar palatasi D) Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi qanday nomlanadi? A) Senat B) Seym C) Rada D) Duma 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko'ra qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonunlar quyidagi qaysi javoblarda to'g'ri ko'rsatilgan? 1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”; 2. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”; 3. “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi to'g'risida”; 4. “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi to'g'risida”; 5. “O'zbekiston Respublikasi Saylov to'g'risida”. A)1,2 B)3,4 C)1,5 D)1,2,3 O'zbekistonda milliy parlamentning bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan shartli ravishda nechta asosiy davrga bo'lish mumkin? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 O'zbekistonda milliy parlament tarixiy taraqqiyotining birinchi davri qaysi yillarni qamrab oladi? A) 1991-1994-yillar B)1994-2004-yillar C) 1990-2005-yillar D) 1991-2000-yillar O'zbekistonda milliy parlament tarixiy taraqqiyotining ikkinchi davri qaysi yillarni qamrab oladi? A) 1991-1994-yillar B) 1995-2004-yillar C) 1990-2005-yillar D) 1991-2000-yillar O'zbekistonda milliy parlament tarixiy taraqqiyotining uchinchi davri nechanchi yildan boshlangan? A) 2000-yil B) 2002-yil C) 2004-yil D) 2005-yil Hozirgi kunda Oliy Majlisda jami necha nafar deputat hamda senator faoliyat yuritib kelmoqda? A) 150 nafar B) 250 nafar C) 220 nafar D) 100 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida necha nafar deputat faoliyat yuritmoqda? A) 150 nafar B) 120 nafar C) 135 nafar D) 100 nafar Oliy Majlis Senati tarkibida necha nafar senator faoliyat yuritib kelmoqda? A) 100 nafar B) 84 nafar C) 120 nafar D) 135 nafar Oliy Majlis Senatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan necha nafardan a'zo saylanadi? A) 12 nafar B) 2 nafar C) 6 nafar D) 8 nafar Konstitutsiyaga muvofiq, el-yurtda obro‘-e'tibor qozongan kishilardan necha nafar kishi O'zbekiston Prezidenti tomonidan Senat a'zosi sifatida tayinlanadi? A) 14 B) 12 C) 6 D) 16 Download 25.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling