5-Nazorat ishi
Mavzu: Eruvchanlik.Eritma konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari. Foiz konsentratsiya. Foiz konsentratsiya, eritma massasi, hajmi va zichligi orasidagi bog‘lanish. Molyar konsentratsiya. Konsentratsiyalar o‘rtasidagi bog‘lanish
Nazorat shakli : Yozma ish.
I variant
1)Zichligi 1,611 g/sm3 bo’lgan 70% li sulfat kislota eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang.
2)Gipertoniya kasalligini davolashda magniy sulfatning 25%li eritmasi qo’llaniladi.Shunday eritmaning 10g miqdorini tayyorlash uchun necha g tuz va suv talab etiladi?
3)Sirka kislotaning 6%li eritmasi ()oshxona sirkasi,80%li eritmasi (p=1,07 g/ml) esa sirka essensiyasi deyiladi.500 sm3 oshxona sirkasini tayyorlash uchun necha milliliter sirka essensiyasi kerak bo’ladi?
4)15 0C da to’yingan 405 g eritmada necha g ammoniy xlorid bo’ladi? Tuzning shu temperaturadagi euvchanligini toping.
5) 100 0C dagi CaBr2 ning 408 g to‘yingan eritmasi 250C gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 0C)=66; S (100 0C)=104)
II variant
1)Natriy gidroksid eritmasining konsentratsiyasi 40%li bo’lsa,uning molyar konsentratsiyasi qanday bo’ladi? (p=1,2 g/sm3)
2)17%li 10 g eritma tayyorlash uchun necha l (n.sh.) ammiak talab etiladi?
3)Glyukozaning 20% li 200 g ,50% li 100 g va 65%li 300 g eritmalari aralashtirildi.Hosil bo’lgan aralashmadagi glyukozaning massa ulushini % da aniqlang.
4)Kaliy dixromatning 20 0Cdagi eruvchanligi 12,5g ni tashkil qiladi.Shu moddaning 400 g suv bilan hosil qilgan eritmasining massasi qancha bo’ladi?
5) 100 0C dagi CaCl2 ning 785 g to‘yingan eritmasi 25 0C gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 0C)=35; S (100 0C)=57)
Do'stlaringiz bilan baham: |