11-sinflarda kimyo fani bo’yicha yil davomida o‘tkaziladigan nazorat ishlari haqida umumiy ma’lumot
Download 59.52 Kb.
|
11 sinf nazorat
7-Nazorat ishi
Mavzu: Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy muvozanat Kimyoviy muvozanat konstantasi haqida tushuncha Kimyoviy muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar. Le-Shatelye prinsipi. Nazorat shakli :yozma ish I variant 1)Quyidagi muvozanatdagi N2+H2↔NH3 sistemada moddalarning muvozanat konsentratsiyalari [N2]=0,2 mol/l, [H2]=0,3 mol/l, [NH3]=0,4 mol/l bo’lsa, azot va vodorodning boshlang’ich konsentratsiyalari (mol/l) qanday bo’lgan? 2)Sirka kislota va etil spirtining o’zaro reaksiyasida muvozanat qaror topganda,moddalar konsentratsiyalari [CH3COOH]=0,4mol/l, [C2H5OH]=0,4 mol/l, [CH3COOC2H5]=0,6 mol/l, [H2O]= 0,6 mol/l bo’lgan reaksiyaning konstantasini aniqlang. 3)Quyidagi NO+O2↔NO2 reaksiyasida muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari (mol/l)[NO]=0,80; [O2]=0,26; [NO2]=0,20 bo’lsa,shu reaksiyaga kirishgan moddalarning dastlabki konsentratsiyalari yig’indisini toping. 4)Quyidagi reaksiyalarning qaysilarida bosimning oshirilishi muvozanatni o’ng tomonga siljitadi? Javobingizni asoslang. 1.C3H8(g)+O2(g)↔CO2(g)+H2O(g) 2.CH4(g)+S(q)↔CS2+H2S(g) 3.CO(g)+Cl2(g)↔COCl2(g) 4.N2H4(g)+O2(g)↔N2(g)+H2O(g)
1)Ammiakning oksidlanish tenglamasi NH3+O2↔NO+H2O (g) bo’yicha sodir bo’ladigan jarayon muvozanat holiga kelganda,moddalar konsentratsiyalari [NH3]=0,9mol/l, [O2]=2 mol/l, [NO]=0,3mol/l ga teng bo’lgan.Muvozanat holatidagi suvning ,ammiak va kislorodning boshlang’ich konsentratsiyalarini toping. 2.Quyidagi ma’lumotlar asosida X+Y↔Z+Q reaksiyaning muvozanat konstantasini toping. [X]=0,48 mol/l, [Y]=0,96 mol/l, [Z]=0,96 mol/l, [Q]=0,9mol/l. 3) Quyidagi HCl+O2↔H2O+Cl2 reaksiyasida muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari (mol/l)[HCl]=0,015; [O2]=0,03; [H2O]=0,01,[Cl]=0,01 bo’lsa,shu reaksiyaga kirishgan moddalarning dastlabki konsentratsiyalari yig’indisini (mol/l) toping. 4)Quyidagi reaksiyalarning qaysilarida bosim va haroratning pasayishi muvozanatni chapga tomonga siljitadi? Javobingizni asoslang. 1.HF(g)+N2(g)↔NF3(g)+H2(g)-Q 2.O3(g)↔O2(g)+Q 3.CO(g)+O2(g)↔CO2(g)+Q 4.SO3(g)+NO(g)↔SO2(g)+NO2(g)-Q Download 59.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling