113-modda. Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Download 19.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 114-modda. Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
- 115-modda. Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish
113-modda. Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish Temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘yish, shuningdek temir yo‘lni, ihota daraxtlarini va qor to‘sish g‘ovlarini hamda boshqa yo‘l obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish va chorva mollarni haydab o‘tish, chorva mollarni temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 114-modda. Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish Zarurat bo‘lmay turib, o‘zboshimchalik bilan poyezdni to‘xtatish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Yuk poyezdlarida o‘zboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi 115-modda. Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 1.Temir yo’l transiportida harakat xavfsizligini buzish ma’muriy javobgarlik ko’deksining nechanchi moddasi? 113-modda 114-modda 116-modda 2.Temir yo’llarni belgilanmagan joyidan kesib o’tish uchun qancha miqdorda jarima to’lanadi? BHM ning 1/20 baravari BHM ning 1/15 baravari BHM ning 1/10 baravari 3.Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzganlik uchun fuqarolarga qancha jarima yuzaga keladi? BHM ning 1/5 qismidan 1 baravarigacha BHM ning 1/10 qismidan 1/5 qismigacha BHM ning 1/10 qismidan ½ qismigacha 4. Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qancha jarima yuzaga keladi? 1/5 qismidan 1 baravarigacha ½ qismidan 1 baravarigacha 1/10 qismidan 1 baravarigacha 5.Temir yo’l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish MJTK ning nechanchi moddasi? 141-modda 441-modda 114-modda 6.Yuk poezdlarida o’zboshimchalik bilan yurish,vagonlarnong zinapoyalari va tomlarida ketish uchun qancha jarima qo’llaniladi? BHM ning 1 baravaridan 2 baravarigacha BHM ning 2 baravaridan uch baravarigacha BHM ning ½ baravaridan 2 baravarogacha Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling