118 guruh kursanti Berdiboyev Muhriddin. Savollar


Download 19.27 Kb.
Sana13.11.2020
Hajmi19.27 Kb.
#144849
Bog'liq
FPK Berdiboyev M 4 mavzu


118 guruh kursanti

Berdiboyev Muhriddin.

Savollar

  1. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar boyicha qayta ko’rish uchun asoslar qaysi?

  2. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qaromi yangi ochilgan holatlar boyicha qayta ko’rish uchun ariza berish tartibi va muddati qancha?

  3. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar boyicha qayta ko’rish to’risidagi arizani ko’rib chiqib qanday ajrim chiqaradi?

  4. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar boyicha qayta ko’rishni apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ish yuritishdan farqini ayting.

Javoblar

1. Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi (FPKning 437-moddasi):

1) arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, agar ular ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lsa.

2)sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan holatlar, ya’ni guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar.

3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudya-larning mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yohud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari.

4)sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi.

2. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.

3. Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.

4. Yuridik adabiyotlarda sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish institutini sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rishning keng va qulay yo‘li deb e’tirof etiladi. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish sud qarorlarini kassatsiya va nazorat tartibida qayta ko‘rishdan o‘zining mazmun-mohiyati va qayta ko‘rish asoslari bilan farq qiladi. Bundan tashqari, sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud qarorlarini tekshirilishlari uchun oddiy va qulay sharoitlar yaratib beradi. Kassatsiya va nazorat tartibida ish yuritishdan farqli ravishda sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish bosqichida ishtirok etuvchi shaxslarning ishti-rok etishi ularning o‘z huquqlarini amalga oshirish istaklaridan kelib chiqadi.

Bu bosqichda ish yuritishda ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asoslardan biri arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bulishi mumkin bo‘lmagan holatlardir. Xos’atan, qonun bo‘yicha meros mol-mulkni merosxo‘rlarga bo‘lish haqidagi sudnig qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng, meros mol-mulki merosxo‘rlardan birining foydasiga vasiyat qilib qoldirilganligini ma’lum bo‘lishi shular jumlasidan bo‘lib, bunday holatlar ko‘p uchraydi.

Sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari bir qator umumiy belgilarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

Birinchidan, yangi ochilgan holatlar fuqarolik ishlari hal kilinayotgan vaqtdagi mavjud yuridik faktlardir. Sud qarori qabul qilinganidan keyin paydo bo‘lgan holat yangi ochilgan holatga kirmaydi. Xususan, ish holatlarining sud qarori chiqarilganidan keyin o‘zgarganligi uning noto‘g‘riligidan dalolat bermaydi, balki yangi da’vo uchun asos bo‘ladi.

Ikkinchidan, yangi ochilgan holatlar keyinchalik bularning arz qilgan tarafga ma’lum bo‘lmaganligi va ma’lum bo‘lishi mumkin emasligi talab etiladi. Bu esa mazkur holatlar sudga ham ma’lum bo‘lmaganligini bildiradi.

Uchinchidan, yangi ochilgan holatlar ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi, ya’ni hal qiluv qarorining mazmunini o‘zgartirishga olib kelishi lozim. Aks holda sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishga asos bo‘lmaydi.

Shunday qilib, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari shunday yuridik faktlardirki, ular ish ko‘rilayotgan vaqtda mavjud bo‘lsa-da, arizachiga ma’lum bo‘lmagan, ishning hal etilishida esa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faktlardir.

FPKga muvofiq hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin. Shunisi ham borki, muqaddam amalda bo‘lgan FPKga ko‘ra sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risida sudning chiqargan ajrimi ustidan shikoyat berilmas edi. Biroq Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra, hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda xususiy shikoyat bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin (FPKning 444-moddasi).

Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘riladi.



Bajardi_________________________Berdiboyev M.
Download 19.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling