139.Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari qaysilar?
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo‗llanish; barcha ob‘ektlar bo‗yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
140.Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma‘lumotlar bazasiga kiritish uchun qanday axborotlar taqdim etiladi?
Bosh kadastr markazi har yili Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun hisobot yilidan keyingi yilning 1 martigacha "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga zarur kadastr axborotlarini taqdim etadi. Kadastr ma‘lumotlarini taqdim etish shakli va ularning hajmi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan va "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |