142.Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishdan maqsad? Kartografiya-geodeziya davlat kadastri - O‗zbekiston Respublikasi hududida bajarilgan geodezik va kartografik ishlar materiallari, geodezik tayanch tarmoqlar punktlarining yer osti markazi va yer usti belgilari, ularning miqdor va sifat tavsiflari to‗g‗risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir. Quyidagilar O‗zbekiston Respublikasi hududida Kartografiyageodeziya davlat kadastrini ro‗yxatga olish ob‘ektlari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi barcha hududlarining turli masshtablardagi topografik haritalari; O‗zbekiston Respublikasi shaharlari, shaharchalari va qishloq aholi punktlarining topografik planlari; O‗zbekiston Respublikasining raqamli elektron haritalari; O‗zbekiston Respublikasining navbatchi ma‘lumotnoma haritasi; O‗zbekiston Respublikasi hududini aerofoto va kosmik suratga olish materiallari; O‗zbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmoqlari va zichlash tarmoqlari punktlari, reperlari va ularni yer usti belgilari; yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari; barcha geodezik tarmoqlar punktlari, reperlari hamda chegara belgilari koordinatlari va balandliklari kataloglari; geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish sanasi ishlarni bajaruvchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, bajarilgan ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |