11Equation Chapter Section 1kuсhli shо`rlаngаn yеrlаrdа о`rmоnlаr bаrpо еtish istiqbоllаri


Download 55.75 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi55.75 Kb.
#1655258
  1   2
Bog'liq
KUСHLI SHО`RLАNGАN YЕRLАRDА О`RMОNLАR BАRPО ЕTISH ISTIQBОLLАRI maqola

111Equation Chapter 1 Section 1KUСHLI SHО`RLАNGАN YЕRLАRDА О`RMОNLАR BАRPО ЕTISH ISTIQBОLLАRI



Аnnоtаtsiyа: Ushbu mаqоlаdа Rеspublikаmizdа kuсhli shо`rlаngаn yеrlаrdа о`rmоnlаr bаrpо еtish yо`lidа аmаlgа оshirilаyоtgаn ishlаr, сhiqаrilаyоtgаn hukumаt qаrоrlаri vа ulаrning ijrо dоirаsi, kеlаjаkdаgi rеjаlаr muhоkаmа еtilаdi.
Kаlit sо‘zlаr: Shо`rlаnish, о`rmоnсhilik, fоnd, mеxаnizm, qаrоr, tеxnоlоgiyа.


Аннотация: В данной статье рассматриваются проводимые в стране работы по созданию лесов на засоленных территориях, решения правительства и масштабы их реализации, планы на будущее.
Ключевые слова: засоление, лесное хозяйство, фонд, механизм, решение, технология.


Annotation: This article discusses the work being done in the country to establish forests in the saline areas, the decisions of the government and the scope of their implementation, future plans.
Keywords: salinity, forestry, fund, mechanism, decision, technology.


KIRISH
Umumjahon dehqonchiligining konseptual asosi sifatida barqaror rivojlanish paradigmasi tan olingan bo‘lib, u ekologik xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy maqsadga muvofiqlik kabi masalalar yechimiga asoslangandir.
Daraxtlar sayѐramizdagi eng baland va uzoq yashovchi o‘simliklar bo‘lib, yerning ulkan tabiiy resurlaridan biridir. Ular nafaqat manzarali o‘simlik sifatida, balki atmosferaga kislorod ishlab chiqarishda, havo ifloslanishini kamaytirishda, suv sifatini yaxshilashda, tuproq yemirilishini oldini olishda hamda oziq-ovqat, qurilish materiallari, ѐqilg‘i va boshpana bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Dunyodagi kimѐviy energiyaning ko‘p qismi bevosita va bilvosita daraxtlar orqali ishlab chiqariladi. Yog‘och hamda ko‘mir, neft va gaz kabi qazilma ѐqilg‘ilar million yillarcha oldin yashagan o‘simlik qoldiqlaridan paydo bo‘lgan bo‘lib, hozirda kundalik elektr energiyasi va issiqlik iste’molining asosiy manbaidir.
Daraxtzorlarni ko‘paytirish atmosferadagi ortiqcha SO2 (karbonat angidrid) gazlarni kamaytirib, global isish ta’sirini bartaraf etishning eng samarali yo‘llaridan biridir. Daraxtzor va o‘rmonlarning kamayishi atrof-muhit barqarorligiga asosiy xavflardan biridir. Shu sababli daraxtzor va o‘rmonlarni qayta tiklash va kengaytirish, tuproq sho‘rlanishi va degradasiyasini oldini olish, mavjud resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Oldingi yillarda bajarilgan ishlar: Xorazm viloyatida keyingi yillarda Orol dengizi quriyotgan, hamda Amudaryoning gidrologik rejimi yomonlashayotgan bir sharoitda vujudga kelayotgan global ekologik vaziyatda yer va suv resurslaridan samarali, barqaror foydalanish muammolarining yechimlarini izlash, ularni ilmiy asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilish borasida bir qator ilmiy izlanishlar o‘tkazilgan (Lamers, Eshchanov, Ibrogimov, Pulatov, Vlek, 2006; Egamberdiyev 2005; Forkusa, Shirokova, 2006; Ibragimov, Eshchanov, Jabborov, 2006; Ibrakhimov, 2004).


Bir qator olimlar tomonidan Xorazm viloyatining sizot suvlari yaqin, sho‘rlangan tuproqlar sharoitida o‘rmonzorlar barpo qilish bunday tuproqlarning ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan (Xamzina, Botman, Lamers, 2005).
Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida o‘rmonzorlar barpo etish birinchi bor amalga oshirilmoqda.

Maqsad: Xorazm viloyati asosiy tuproqlar sho‘rlanishini yangi uslublar qo‘llash orqali tadqiq qilish, degradasiyaga uchragan yerlarga mos, biodrenaj rolini bajaruvchi daraxt turlarini tanlash va o‘rmonzorlar barpo qilish asosida tuproq unumdorligi oshirish, yer va suv resurslaridan barqaror foydalanishning agroekologik asoslarini ishlab chiqish.


Ushbu maqsad tajriba o‘tkazish usuli bilan amalga oshiriladi va dyegradasiyaga uchragan, sizot suvlari sathi yaqin joylashgan va yuqori mineralizasiyalashgan tuproq sharoitlarida biodrenaj rolini bajaruvchi daraxt turlarini tanlab ekiladi hamda ularning biodrenajlik ta’siri orqali yerlar unumdorligini tiklashi o‘rganiladi. Dyegradasiyaga uchragan tuproqlarni o‘rmonzorlar barpo qilish, ularning biodrenajlik rolini oshirish orqali bu tuproqlarning meliorativ va ekologik holatini yaxshilashning ilmiy asoslari ishlab chiqildi.

Vazifalar: Bir yillik va ko‘p yillik mahalliy hamda chetdan keltirilgan navlarni qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamliligini hamda yashash davrini aniqlash maqsadida tuproqi turli mexanik tarkibli ikkita maydonga ekiladi.


Nihollar 1 x 3,5 m masofada ekiladi. Egatlar chuqurligi 40 sm va eni 70 sm qilib olinadi, sizot suvlari sathi balandligi va ildizlarni gorizontal o‘sishi sababli, bir-biriga halaqit berishining oldini olish maqsadida egatlar orasidagi masofa 3,5 m qilib belgilanadi. Tadqiqot maydoni tuzilishi tasodifiy shaklda bo‘lib, ikkita turdagi tuproqda 10 turdagi daraxtdan ekiladi va u olti marta takrorlanadi. Har bir maydon ikkita qatordan iborat bo‘lib, tartibsiz ravishda ekilgan 25-30 ta daraxt o‘stiriladi.

Quyidagi izlanishlar olib boriladi:

Agrokimyoviy izlanishlar

Tuproq eritmasi tarkibini aniqlash uchun tuproq suv bilan 1:5 nisbatda aralashtirilib, eritma tayyorlanadi. Xloridlar miqdori titrimetrik usulda aniqlanadi. Natriy va kaliy miqdori fotometrik usulda mos filtrlar yordamida aniqlanadi. Tuproqdagi organik moddalar miqdori Tyurin usulida [99] aniqlanadi. Azot miqdorini aniqlashda Keldal usulidan foydalaniladi. O‘zlashtiriladigan fosfor miqdori kolorimetrik usulda ammoniy karbonat bilan aniqlanadi.


Agrofizikaviy izlanishlar
Tuproq Kachinskiy usuliga muvofiq quyidagi diametrli yettita qismga-mexanik zarrachalarga ajratiladi: 0.25, 0.1, 0.05, 0.01, 0.005, 0.001 va <0.001 mm.
Tajriba maydonlari sifatida tuproq mexanik tarkibi bo‘yicha farqli ikkita maydon tanlanadi. Maydonda tuproq kesmalari qaziladi va genetik qatlamlardan tuproq namunalari olinadi. Namunalarda tuproqning mexanik tarkibi, umumiy agrokimyoviy xossalari O‘zPITI (Metodы agroximicheskix, agrofizicheskix, mikrobiologicheskix issledovaniy oroshayemыx pochv, SoyuzNIXI, 1963) usulnomasiga binoan aniqlanadi. Unda tuproq strukturasi, hajmiy og‘irligi va zichligi, azotning umumiy miqdori, kaliy va fosforning o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan miqdori, organik moddalar va tuproq eritmasi (rN) aniqlanadi.
Biometrik izlanishlar
Biometrik parametrlar va moslashish me’yori. Daraxtlar balandligi, eng balandini ekilgandan 2 haftadan keyin va mavsum oxirida o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Daraxtlar poyasining eni poya asosidan 5 sm yuqorisidan mavsum boshida va oxirida o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Moslashishni aniqlash uchun mavsum boshida va oxirida nobud bo‘lmagan daraxtlar soni hisoblanadi.

Download 55.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling