Qadimgi Misr va Bobilda matematik bilimlar Misr matematikasi
Download 415 Kb.
|
2 5407038224193291145
Qadimgi Misr va Bobilda matematik bilimlar Misr matematikasi Reja: Misrliklarning sanoq sistemasi Arifmetik amallar Misr matematikasida kasrlar "AXA" ga doir masalalar Progressiyalar Misrda geometriya Qadimgi bobil matematikasi Bobilliklarning sanoq sistemasi Arifmetik amallar Arifmetik masalalar Algebraik usullar Kvadrat tenglamalar Bobilliklar gеomеtriyasi XULOSA. Misrning mashhur piramidalari qadimgi podsholik davri (e.o. 3600-2700) da qurilgan. Bu piramidalarning ostiga Misr shoh (firavn)larining maqbaralari joylashgan. Bu piramidalar o'sha qadimgi davrda ham, Misrda matematika ancha yuqori darajada bo'lganligidan dalolat beradi, chunki bunday qurilishlar anchagina murakkab arifmetik amallarni va geometrik o'lchashlarni talab qiladi. Bundan tashqari, tarixdan o'sha davrda Misrda kanallar, to'g'onlar va suv omborlari qurilganligi haqida ma'lumotlar bor, ular ham quruvchilardan katta matematik ma'lumot talab etar edi. Podshoh o'z dehqonlariga yerlarni bo'lib berardi, demak uning maxsus tanobchilari bor edi. O'sha yerlarga mos qilib, ulardan o'lpon olishardi, demak, hisobchilar darkor edi. Dehqonchilik ishlarini yaxshi olib borish uchun yaxshi tuzilgan taqvim (kalendar) lozim edi. Bu talab astranomiyani, shu bilan birga matematikani rivojlantirishni talab qiladi. Shunday qilib, qadimgi Misrda matematika bilim ancha yuqori darajada bo'lgan deyish mumkin. Bizgacha qadimgi Misrning arxitektori, me’mori va matematigi Imxotepning nomi yetib kelgan. Ammo bu davrdan faqat sonlarning yozilishi, ba'zi bir o'lchovlargina saqlanib qolgan. Biz Misrning qadimgi podsholigi davri matematikasi haqida ana shular bo'yicha hukm chiqaramiz. Download 415 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling